loading...

Frit’of Nansen 

4269

 

Frit’of Nansen
(1861-1930) 
  Arktikani va muz bilan qoplangan dunyodagi eng yirik orol - Grenlandiyani o`rganishda hamda janubiy qutbni tadqiq qilish usullarini yaratishda norveg sayyohi Fritof Nansenning xizmatlari katta.
  F.Nansen 1861-yilda Norvegiya poytax­ti Oslo shahri yaqinida dunyoga kelgan. Ota-onasi sayohatlar ishqibozi, o`zlarining ko`p vaqtlarini o`rmonlarda va baliq ovi bilan o`tkazuvchi kishilar bo`lgan. Shu bois F.Nansenda yoshligidanoq tabiatga muhabbat va sayohat qilishga ishtiyoq kuchli bo`lgan.
  1880-yili F.Nansen Oslo universitetiga zoologiya mutaxassisligi bo`yicha o`qishga kirgan. Mazkur fan turli ekspeditsiyalarni tashkil etish imkoniyati mavjudligi uchun ham sayyohning e’tiborini o`ziga tortgandi. Ikki yil o`tgach, F.Nansen Arktika tomon yo`l olgan «Viking», deb nomlangan ovchi kemaga ishga yollangan. Ana shu vaqtda Grenlandiyaning jozibador muz tog`larini birinchi marta o`z ko`zi bilan ko`rdi. Xuddi ana shu muz tog`larining go`zalligi, ulardan xosil bo`lgan turli shakllar uni uziga shaydo qilib, Grenlan­diyani piyoda kesib utishga muljallangan birinchi ekspeditsiyani tashkil etishga undagan.
  Sayohat rejasi bo`yicha F.Nansen Grenlandiyaning hech kim yashamaydigan sharqiy qirg`oqlariga iloji boricha yaqin suzib kelib, kemani shu yerda qoldirib, muz tog`lar  osha orolning g`arbiga tomon piyoda o`tishni mo`ljallagandi. 1888-yilning may oyida daniyalik homiy mablag`lari hisobiga sayyoh, besh nafar hamroh bilan Gren­landiya sayohatini boshladi.
  Orolning muz maydonlari bilan qoplangan sharqiy qirg`og`iga yetgach, sayyohlar kemani tark etishgan, ammo muzliklarning bir necha mil janubga siljigani ularni shimol tomonga harakat qilishga majbur qilgan. Bu holat ancha qo`shimcha vaqt talab etib, ekspedisiyaning arktik qish kirgunga qadar orol g`arbiga yetib borish rejasini amalga oshirishni birmuncha qiyinlashtirib yubordi. Bundan tashqari, tog`lar, muzliklar va o`ta past hapopat F.Nansen sayohatini mushkullashtirgan. Shunga qaramay sayyoh va hamrohlari 37 kun yo`l yurib, 1888-yilning sentyabr oyi oxirlarida Grenlan­diyaning g`arbidagi eskimoslar qishlog`iga yetib kelishdi. Bu paytda dengizda navigatsiya mavsumi tugaganligi bois, F.Nansen, guruhi eskimoslar qishlogida majburiy kishlashga qolgan va bu vaqtini sayyoh mahalliy axdpi turmush tarzini o`rganishga bagishlagan.
  O`z tajribasi va eskimoslar hayotini kuzatish natijalarini o`zaro umumlashtirgan holda sayyoh qutblarga changida va itlar kushilgan chanalarda sayohat qilishning klassik uslubini yaratgan. 1889 yilning may oyida F.Nansen ekspeditsiyasi Norvegiyaga qaytib keldi va sayyohlarni vatanida qahramon sifatida ko`tib oldilar.
 Shu yili F. Nansen o`zining Grenlandiyaga sayohati haqidagi taassurotlarini umumlashtirib, 1890-yilda «Grenlandiya orqali bi­rinchi o`tish», 1891-yilda «Eskimoslar hayoti», deb nomlangan ikki asarini yozib tugatdi. Bu orada F.Nansen shimoliy qutbga birinchi bo`lib yetib borish va u yerda quruqdik bormi yoki yo`qligini aniqlash maqsadida yangi ekspeditsiya tashkil etish taraddudiga tushgan. Qutb muzlarida bir necha yildan beri suzib yo`rgan amerikaliklar kemalarining tuzilishini yaxshilab o`rgangach, sayyoh «Fram» («Olg`a»), deb nomlangan va muzning kuchli bosimiga bardosh bera oladigan aylana tubli kema yasattirgan.
  1893-yilning yozida F.Nansen «Fram» kemasida 12 kishilik ekipaj bilan yo`lga otlangan va qutb tomon 450 mil suzgach, muzda tiqilib qolgan. Sayyoh va hamrohlari itlar qo`shilgan chanalarda yo`lni davom ettirishib, qattiq mashaqqatlarga qaramasdan, birin­chi bo`lib 86°13'33" shimoliy kenglik nuqtasiga yetib bordilar.
  «Fram» kemasining qayerdaligini bilmagan holda, qutbshunoslar Frans-Iosif yeri arxipelagida qishlashga qaror qilib, morjlar va oq ayiqlarni ovlab, morj terisidan yasalgan chodirlarda yashashgan. 1896-yil may oyida sayyohdar ingliz kemasini uchratishgach, uning yordamida uzoq suzib, O`sha yili avgust oyida «Fram»ga qaytishga muvaffaq bo`ldilar. O`zining qutb sahrolari osha uch yillik sayohati natijalarini F.Nansen 1897-yilda chop etilgan ikki tomlik «Chekka shimol», deb nomlangan asarida yoritgan.
  XX asrning boshlarida xalqaro miqyosda mashhur qutbshunos olim sifatida nom chiqargan F.Nansen 1906-1908-yillarda Norvegiyaning Buyuk Britaniyadagi birinchi elchisi lavozimida ish olib borgan va bu vaqtda «Shimoliy tumanlar orasida» nomli kitobini yozgan.
  Dunyodagi eng mashhur qutbshunos olim sifatida F.Nansen ingliz sayyohi Robert Skottga uning Janubiy qutb ekspeditsiyasini tashkil etishda maslahatchi bo`lgan. Ma’lumki, F.Nansenning maslahatlariga amal qilmagan va qutbga yurishni poni otlar va motorli chanalarda tashkil etgan R. Skott janubiy qutbni birin­chi bo`lib zabt eta olmagan. Ammo F.Nansenning maslahatlariga va uning «Fram» kemasi tajribasiga qat’iy amal qilgan vatandoshi R.Amundsen 1911-yil oxirida Janubiy qutbga birinchi bo`lib yetib borgan.
  Qutb sayohatlari F.Nansenda okeanga nisbatan mehr o`ygotgan va olim 1908-yildan boshlab Oslo universitetida tashkil etilgan okeanografiya kafedrasiga boshchilik qilgan. Bu vaqtda u «Dengizni tadqiq qilish xalqaro kengashi»ni tuzishda yordam ko`rsatgan, uning laboratoriyalariga rahbarlik qilib, bir necha Arktik ekspeditsiyalarda ishtirok etgan.
F.Nansen 1920-yilda Norvegiyaning Millatlar Ligasidagi bi­rinchi vakili etib tayinlangan. Bu vazifada u Birinchi jahon urushi natijasida asir olingan harbiy tut1unlarni o`z vataniga qaytarish, ochlik yuz bergan mamlakatlardagi aholiga jahon hamjamiyatining xayriya yordamini tashkil etish va turli hududlardagi mojarolarni tinch yo`l bilan hal etishda faol ishtirok etdi. Bu boradagi xizmatlari uchun 1922-yilda tinchlik sohasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
  Buyuk qutbshunos sayyoh, geograf, zoolog, okeanolog va diplo­mat F.Nansen 1930-yilning 17-mayida chang`i sayridan so`ng madori ko`rib, 69 yoshida vafot etgan. Olimning nomi qator geografik ob’ektlarda va xalqaro mukofotlarda abadiylashtirilgan va dunyoning turli mamlakatlarida uning haykallari o`rnatilgan. Jumladan, Oydagi krater, Frans-Iosif yeri arxipelagidagi va Kara dengizidagi orollar, Antarktida, Tyan-Shan tog`lari va Kanadadagi tog` cho`qqilari F.Nansen nomi bilan atalgan. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar ishlari bo`yicha oliy komissari idorasining yillik mukofoti - «Nansen medali» mavjud.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив