Solijon Sharipov
Koinotni zabt etgan o`zbek o`g`loni
O`zbek fazogiri Solijon Sharipov ilk parvozida
koinotni mo`jiza deya ta`riflagan edi. Solijon Sharipov 1964-yilda
Qirg`izistonning O`sh viloyati, O`zgan shahrida o`zbek oilasida dunyoga kelgan.
1987-yilda aviatsiya bilim yurtini tugatib, murabbiy uchuvchi bo`lib ishlagan.
1994-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan. Kosmosga ilk parvozi
1998-yil 23-yanvardan 31-yanvargacha davom etgan. 2004-yilda esa kosmosga
ikkinchi marta parvoz qilgan.
Fazogir
do`stlari bilan Shimoliy qutb safarida bo`lgan Solijon Sharipov O`zbekiston
bayrog`ini u yerga o`rnatdi. U o`z intervyularida O`zbekiston bayrog`ini
o`rnatish shaxsiy tashabbusi ekanligini aytib o`tadi.
Kosmonavt Rossiya Federatsiyasi va Qirg`iziston
qahramoni hisoblanadi hamda O`zbekiston Respublikasining "Buyuk xizmatlari
uchun” va "Amir Temur” ordenlari bilan taqdirlangan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.