Shuhrat Zokirov
Zokirov Shuhrat Solihovich
Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston
Milliy universiteti geografiya
fakulteti tabiiy
geografiya va geografiya ta’limi metodikasi kafedrasi dotsenti
Sh.S.Zokirov tabiiy geografiya va landshaftshunoslik sohasi
bo’yicha O’zbekiston va chet ellarda taniqli olim. Uning o’ndan ortiq kitoblari,
150 dan ortiq ilmiy maqolalari tabiiy geografiya va landshaftshunoslik sohasida
samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan. Muallif mazkur ishlarida tabiiy geografiya fanidagi ilmiy-nazariy qarashlarni
yanada rivojlantirgan. Umumiy mehnat staji 45 yil. Mazkur lavozimda 1980-yildan buyon ishlab kelmoqda.
Olim respublikamiz universitetlarining geografiya fakultetida o’qitiladigan
"Landshaftshunoslik asoslari”, "Tabiiy geografiyaning asosiy muammolari” fanlarining
namunaviy o’quv dasturlarini tuzdi. Uning hammualliflikda yaratgan "Agroklimaticheskiye
usloviya selskogo xozyaystva Uzbekistana” monografiyasi, "Landshaftshunoslik asoslari”, "Antropogen va
amaliy landshaftshunoslik”, "Kichik hududlar tabiiy geografiyasi” kabi kitoblaridan
oliy o’quv yurtlarida o’quv qo’llanma sifatida foydalanilmoqda.
So’nggi 5 yil davomida u 8 ta ma’ruzalar matni, 20 ga yaqin ilmiy maqolalar,
undan 4 ta xalqaro va 16 ta respublika ilmiy anjumanlari tezislarini
yaratdi. Hozirda ulardan mamlakatimiz va qo’shni davlatlar oliy ta’lim tizimida
landshaftshunoslik va tabiiy geografiya yo’nalishi
bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi
mutaxassislar keng foydalanilib kelmoqdalar.
Uning rahbarligida 2 ta nomzodlik, 100 dan ortiq bakalavrlik ishlari tayyorlangan.
Ayni kunda 1 ta aspirant va 2 ta magistr ilmiy tadqiqot ishlarini Sh.Zokirov rahbarligida olib bormoqdalar.
Hozirgi kunda Sh.S.Zokirov rahbarligida Orolbo’yi regionini tabiiy geografik
rayonlashtirish va tabiiy geografiya sohasi bo’yicha monografiya yaratish ustida
ish olib bormoqda.
Mustaqillik yillarida yangi ochilgan 10 ga yaqin magistratura mutaxassisliklarining
Davlat ta’lim standartlari, namunaviy o’quv rejalari va fanlarning namunaviy dasturlari
O’zMUda Sh.Zokirov rahbarligida ishlab chiqilgan.
U o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari
asosida zamon ruhi va milliy g`oya tamoyillari bilan uyg`unlashgan holda talabalarga saboq beradi.
Sh.Zokirov O’zbekiston Geografiya jamiyatining
axboroti ilmiy jurnali redkollegiyasi a’zosi, himoya kengashi qoshidagi ilmiy seminar
a’zosi sifatida jamoat ishlarini sidqidildan bajarib kelmoqda.
Sh.Zokirov kamtarinligi, insonparvarligi, vatanparvarligi, ayni kunda fidoyi,
jonkuyar olim va ilmiy–ijodkorlik qobiliyati bilan respublikamiz ziyolilari orasida hurmat qozongan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.