loading...

Ilyos Alimuhammedov 

3475

 

 Alimuhammedov Ilyos Ro`ziyevich
(1936-1990)
  Geografiya fanlari nomzodi, dotsent. Mahalliy yoshlar orasida yetishib chiqqan birinchi gidrolog-olim. 
I.A.Alimuhamedov 1960-yilda Toshkent Davlat universitetini  (hozirgi O`zMU) "Quruqlik gidrologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. Shu yildan boshlab kafedrada o’qituvchi lavozimida faoliyat ko’rsata boshlaydi. Shu bilan bir vaqtda professor V.L.Shuls rahbarligida "Тog` daryolarining oqimining hosil bo’lish qonuniyatlarini o’rganish (Piskom daryosi misolida)” mavzuida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Bu esa tezda o’z samarasini berdi va 1968-yilda I.A.Alimuhamedov Ilmiy Kengashda 11.00.07 – Quruqlik gidrorlogiyasi, Suv resurslari ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi.
  Olim ushbu ishda tog` daryolari havzalarida oqim modulini balandlik bo’yicha ortib borishi qonuniyatlarini Piskom daryosi misolida ilk bor yoritib bergan edi. Bu ish nafaqat ilmiy, balki katta amaliy ahamiyatga ham ega bo’lgan. I.A.Alimuhamedov tomonidan bajarilgan ilmiy ish natijalarining Chorbog` suv omborini loyihalashda e’tiborga olinishi uning yorqin misolidir. Olim o’zining qisqa, lekin sermazmun ilmiy-pedogogik faoliyati davomida 30 ga yaqin ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar yaratdi. Jumladan o’zbek tilida ilk bor tayyorlangan "Umumiy gidrologiyadan amaliy mashg`ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar” (1978) ning mualifi ham I.A.Alimuhamedovdir. 
 Dotsent I.R.Alimuhamedov katta tashkilotchilik qobiliyatiga ham ega edi. U 1971-1973-yillarda geografiya fakultetining o’quv ishlari bo’yicha dekan muovuni, 1973-1976-yillarda esa quruqlik gidrologiyasida kafedrasi mudiri lovozimlarida ishlagan.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив