Nosirov Mars Abdumahammedovich
Nosirov Mars Abdumahammedovich
(1932-2002)
1957-yilda O’rta Osiyo universitetining geografiya
fakultetining "Quruqlik gidrologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. Shu yildan
boshlab 1966-yilgacha u O’zbekiston Fanlar akademiyasining geologiya va geofizika
ilmiy tadqiqot instituti glyatsiologiya laboratoriyasida faoliyat ko’rsatgan. M.A.Nasirov
1966-1969-yilllar davomida professor O.P.Sheglovaning
ilmiy rahbarligida aspiranturada tahsil
oladi.
Yosh mutaxassis 1969-yildan boshlab Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zMU) quruqlik
gidrologiyasi kafedrasida pedogogik faoliyatini boshaydi. M.A.Nosirov 1966-yilda
"Zarafshon havzasining tog` muzlanishi mavjudligining tabiiy geografik omillari”
mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qiladi. Uning ilmiy ishi rasmiy apponent akademik M.V.Kotlyakov
tomonidan yuqori baholangan.
M.A.Nosirov o’zining sermazmun ilmiy-pedogogik faoliyati davomida "Zarafshon
havzasi muzliklari" (1968-yil) risolasini, "O’rta Osiyo ko’llari” (1969-yil) atlasini, "Gidrometeorologiyadan
o’quv-dala amaliyotini o’tkazish uchun uslubiy ko’rsatmalar” (1978-yil) va o’nlab ilmiy,
ilmiy-uslubiy maqolalarni meros qilib qoldirgan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.