loading...

Adxam Rasulov 

4381

 

 

 Rasulov Adxam Raxmatovich

(1942-1997) 
 Geografiya fanlari nomzodi, dotsent A.R.Rasulov 1942-yil 31-avgustda Toshkent shahrida tug`ilgan. 1959-yilda o’rta maktabni, 1965-yilda esa Toshkent davlat universitetini (Quruqlik gidrologiyasi) mutaxassisligi bo’yicha tugatgan. Mehnat faolyatini 1965-yilda O’rta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti (SANIIRI)da muxandislikdan boshlagan. 1966-1968-yillarda harbiy xizmatda bo’lgan.
 A.R.Rasulov 1968-yilda harbiy xizmatdan qaytgach, geografiya fakultetining o’sha yillardagi dekani ustozimiz N.Dolimov maslahati bilan "Quruqlik gidrologiyasi” kafedrasi aspiranturasiga xujjatlarini topshiradi va kirish imtihonlaridan muvoffaqiyatli o’tib, aspiranturaga qabul qilinadi. Shu yildan boshlab A.R.Rasulov Quruqlik gidrologiyasi kafedrasida professor O.P.Sheglovaning ilmiy rahbarligida "Muallaq oqiziqlarni hosil bo’lishi va Ugam daryosi havzasidan yuvilish” mavzuida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi. Bu ishning natijalari 1972-yilda nomzodlik dissertatsiyasi sifatida muvoffaqiyatli himoya qilinib. A.R.Rasulovga 11.00.07 – Quruqlik gidrologiyasi, suv resurslari mutaxassisligi bo’yicha geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi beriladi. Olim erishgan natijalar shu sohaning yirik olimlari, jumladan akademik A.M.Muhamedov, texnika fanlari doktori, professor, A.V.Karaushevlar tomonidan yuqori baholangan.
  Shu tarzda o`zbek millati vakillari orasidan ikkinchi gidrolog – olim yetishib chiqadi. Geografiya fanlari nomzodi A.R.Rasulovga 1977-yilda dotsent ilmiy unvoni beriladi.
  Dotsent A.R.Rasulov gidrologiya va gidrometeorologiya yo’nalishi talabalari uchun darsliklar, o’quv va o’quv - uslubiy qo’llanmalarni o’zbek tilida tayyorlashga alohida e’tibor qaratgan. Hozirgi kunda olimning o’z shogirdlari bilan hamkorlikda yaratgan "Gidrologiya asoslari” (2003, hammualliflar F.H.Hikmatov, D.P.Aytbayev) darsligi, "Umumiy gidrologiya” (1995, hammualliflar F.H.Hikmatov) o’quv qo’llanmasidan mamlakatimizdagi universitetlar va pedogogika oliy o’quv yurtlarining "Geografiya”, "Gidrometeorologiya”, "Ekologiya va tabiatdan foydalanish” kabi yo’nalishlari talabalari va magistrlari keng foydalanilmoqdalar. Uning "Gidrometriyadan kurs ishi bajarish uchun metodik ko’rsatmalar” (1980), "Eroziyashunoslikdan amaliy mashg`ulotlar” (1990, hammualliflar F.H.Hikmatov, G.N.Trofimov) kabi uslubiy ishlari talabalarga katta qulaylik yaratmoqda. Olim rahbarligida ilk bor 5000 ga yaqin terminlarni o’z ichiga olgan "Gidrologiya atamalari va tushunchalarining ruscha-o’zbekcha lug`ati” (1993)  chop etilgan.
  Dotsent A.R.Rasulov yuqorida qayd etilgan ilmiy-uslubiy ishlar bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham faol olib borgan. Olim "Suv eroziyasi, daryo oqiziqlari va ularni miqdoriy baholash”, (1998, hammualliflar F.H.Hikmatov) nomli monografiya hamda 70 dan ortiq ilmiy maqolalar va ilmi-ommabop risolalar muallifidir.
  Dotsent A.R.Rasulov ilm – fan tashkilotchisi ham edi. Olim  ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlash ishiga ham katta e’tibor bergan va 2 ta fan nomzodi tayyorlagan. U suv eroziyasi va o’zan jarayonlari muammolari bo’yicha Moskva Davlat universiteti qoshidagi Oliy o’quv yurtlari aro Muvoffiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi a’zosi bo’lgan. Geografiya fakulteti bazasida 1991 yilda o’tkazilgan Halqaro ilmiy anjumanning bosh tashkilotchisi ham A.R.Rasulov edi. 
  Dotsent A.R.Rasulov bir necha yillar (1973-1985) fakultetning o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini, dekani vazifasida muvoffaqiyatli faoliyat ko’rsatgan. U hayotining so’ngi davri 1994-1997-yillarda esa "Quruqlik gidrologiyasi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
  Shu yillar davomida jonkuyar tashkilotchi, rahbar-olim talabalarning yozgi o’quv-dala amaliyotini o’tishlari uchun mahsus o’quv-tadqiqot bazasini tashkil etishga kirishadi. Shu maqsatda Ugom daryosi sohilida 2 gektarga yaqin yerni ajratishga erishiladi. Bu joyda universitet rahbariyati ko’magida hamda olim va uning hamkasblarining bevosita ishtirokida qurilish obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari jadal suratlarda amalga oshiriladi. Natijada qischqa vaqt ichida ilgari tashlandiq hisoblangan yer o’rnida ajoyib oromgoh bunyod etildi.
 Umuman dotsent A.R.Rasulov o’zining qisqa, lekin sermazmun ilmiy va pedogogik faoliyati davomida yaratgan darsligi, o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalari, monografiya va ilmiy ommabop risolalari bilan o’sib kelayotgan geograflar va gidrometeorologlarga salmoqli meros qoldirgan.
 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив