loading...

Sheglova Olga Petrovna 

3513

 

Sheglova Olga Petrovna
(1911-1981)
  Geografiya fanlari doktori, professor, gidrologiya sohasida taniqli olima. Uning 1960-yilda chop etilgan «Pitaniye rek Sredney Azii» (Toshkent) nomli yirik monografiyasida o’lkamiz daryolarining to’yinish manbalarini aniqlanib, ularni miqdoriy baholash usullarini takomillashtirilgan. Olima shu yillarda tog` muzliklari gidrologiyasiga bag`ishlangan bir qator ilmiy maqolalarni ham chop ettirdi. Ushbu ishlarning o’sha yillarda ilmiy jamoatchilik orasida ijobiy ma’nodagi munozaralar va bahslarga sabab bo’lgani ko’pchilik mutaxassislarga ma’lum. 
 Yuqorida qayd etilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari asosida olima 1963-yilda «O’rta Osiyo daryolarining to’yinish manbalari va ularni miqdoriy baholash» mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Unga 1966 yilda professor ilmiy unvoni berilgan.
  Professor O.P.Sheglovaning 60-yillardan boshlab bajargan ilmiy-tadqiqot ishlari, ayniqsa, «Formirovaniye stoka vzveshennыx nanosov i smiv s gornoy chasti Sredney Azii» (Leningrad, 1972), «Geneticheskiy analiz i kartografirovaniye stoka vzveshennix nanosov rek Sredney Azii» (Leningrad, 1984) kabi yirik ilmiy asarlari gidrologiyada yangi ilmiy yo’nalishga asos soldi. Bu ilmiy yo’nalish «Tog` daryolari muallaq oqiziqlarining genezisi bo’yicha tahlili» deb nomlanib, N.I.Makkaveev, A.V.Karaushev, R.S.Chalov kabi dunyoga tanilgan mashhur olimlar tomonidan e’tirof etilgan.
 Olima o’zining ilmiy asarlarida tog` daryolari suv va muallaq oqiziqlari oqimining hosil bo’lish qonuniyatlarini ochib berdi. Tog`li o’lkalar gidrologiyasi hamda glyatsiologiyasi rivojiga munosib hissa qo’shdi. U hayotining oxirgi yillarida (1976-1981) O’zMU "Quruqlik gidrologiyasi” kafedrasiga rahbarlik qildi. Olimaning rahbarligida 10 dan ortiq o’zbekistonlik yoshlar, shuningdek, Mo’g`iliston Xalq Respublikasining ikki nafar fuqarosi (N.Sampilnorov, N.Dashdeleg) fan nomzodi ilmiy darajasiga erishganlar.
  Olga Petrovna Sheglovaning nomi nafaqat sobiq Ittifoqda, balki uzoq chet ellarda ham yaxshi tanish. Olima o’z ilmiy faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy maqolalar va, yuqorida qayd etilganidek, uchta yirik monografiya chop ettirgan. Hozirgi kunda professor O.P.Sheglova asos solgan ilmiy yo’nalish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini uning shogirdlari davom ettirmoqdalar.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив