loading...

Rangli metallurgiya 

12575

  Rangli metallurgiya: a) rangli metallami qazib chiqarish; b) boyitish; d) eritish; e) qotishmalar ishlab chiqarishni o‘zida birlashtiradi. Rangli metallurgiya mamlakatni elektrlashtirish, uning mudofaa qudratini mustah- kamlash, atom texnikasi, samolyotsozlik, raketasozlikni rivojlantirish, umuman, mashinasozlik va kimyo sanoati uchun juda zarurdir.
 Rangli metallar bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Bu bo‘linish asosida rangli metallurgiya — og‘ir metallar metallurgiyasi, yengil metallar metallurgiyasi va boshqalarga bo‘linadi.
  Ilgari 0‘zbekistonda faqat qimmatbaho metallar qazib chiqarilgan. Endilikda og‘ir metallami ham, qiyin eruvchi metallami ham ishlab chiqa­rish yo‘lga qo‘yilgan. Ulami olishda juda ko‘p elektr energiya sarflanadi. Bunday ishlab chiqarishlar ko‘p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deyiladi.
Mamlakatimizda oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden, xrom va boshqa rangli hamda nodir metall mdalarining zaxirasi ko‘p. Faqat mis konlarining o‘zi 15 tadan ortadi.
 Angren-Olmaliq kon sanoati rayoni mamlakatimiz rangli metallurgiya sanoatida alohida ahamiyatga ega. Mis rudasi tarkibida molibden, oltin, kumush kabilar birga uchraydi. Bu yerda mis eritish zavodi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishlab turibdi. Kombinat Qalmoqqirkon, Qo‘rg‘oshinkon konlari, qo‘rg‘oshin-mx boyitish fabrikasi, elektr stansiyasi va bir qancha yordamchi korxonalardan iborat. Konchilaming obod shahri - Olmaliq kon o‘zlashtirilishi jarayonida barpo bo‘lgan. 
 Boyitish fabrikasi — rudaning keraksiz qo‘shilmalarini chiqarib tashlash yoki yangi moddalar qo‘shish yo‘li bilan foydali sifatlarini orttiruvchi korxona.
 Rangli metallurgiyaning mahsulotlari - volfram va molibden ishlab chiqarish tez rivojlanmoqda. Volframning erish harorati juda yuqori (3370°C). Yuqori haroratli pechlaming qizdiradigan elementlari va elektr lampochkaning qiziydigan simlari volframdan yasaladi. Chirchiq vodiysidagi qiyin eriydigan qattiq qotishmalar zavodi mamlakatdagi nihoyatda muhim korxonalardan hisoblanadi. Bu korxona mahsulotidan elektrotexnika, mashinasozlik, asbobsozlik va boshqa sanoat tarmoqlarida keng foydalaniladi.
  Rangli metallar qimmatli xususiyatlarga ega. Ulaming ba’zilari (qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel) zanglash (korroziya)ga chidamli, boshqalari (titan, volfram) issiqqa bardoshli yoki elektr tokini yaxshi o‘tkazadi (aluminiy, mis, kumush, oltin).
  Ohangaron ko‘mir havzasida aluminiy xomashyosi - kaolin gilining ulkan zaxirasi mavjud. O‘rta Chirchiq plavik shpat kombinatida esa aluminiyni elektroliz usulida olishda ishlatiladigan plavik shpat tayyorlanadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив