loading...

Muqaddima 

9347

Inson dunyoga kelishi bilanoq sayohat qilishga oshiqadi va butun umri davomida shunga intilib yashaydi. Agar endigina atak-chechak qilib yura boshlagan gudakka nazar solsak, u doimo uydan tashqariga chiqishga intiladi. Chunki dunyoqarashi hali shakllanib ulgurmagan bola nazdida uydan ko`chaga chiqish ham bir sayohat-da!

Kamolga yetgani sayin insonda sayohat qilishga bo`lgan intilish ham kuchayib boradi. U o`z sayohatlari davomida olgan taassurotlarini yaqinlari bilan o`rtoqlashadi, ba’zilar esa ko`rgan kechirganlarini qog`ozga tushirib, keng omma bilan baham ko`radi. Sayohat davomida olingan taassurotlar esa kishining xotirasida bir umrga muhrlanib qolishi shubhasiz. Hatto, insonning kelgusi hayoti mazmunini belgilashda ham muhim rol uynaydi. Bunga insoniyat tarixida amalga oshirilgan geografik kashfiyotlar misolida ko`plab dalillar keltirish mumkin.

Darhaqiqat, dunyo tarixida amalga oshirilgan sayohatlar va ular natijasida yuzaga kelgan asarlar insoniyat rivojining turli davrlardagi yo`nalishlarini belgilab bergan desak, xato bo`lmaydi. Chunki O`rta asrlarga kelib astronomiya, matematika, geografiya, geo­deziya, kartografiya, biologiya va boshqa qator fanlarning rivojla- nishi, dengizchilikning taraqqiy etishi dunyoning Osiyo va Yevropadan boshqa qismlarining kashf qilinishiga zamin yaratdi.

Tarixdan ma’lumki, XV asrning o`rtalariga qadar amalga oshi­rilgan aksariyat sayohatlar savdo karvonlari yordamida Yevropa va Osiyo hududlari doirasida amalga oshirilgan. Bunda qadimiy «Buyuk ipak yo`li» muhim rol o`ynaganini ta’kidlash joiz. Dengizda esa Yevropa, xususan, Italiya savdogarlari birmuncha oddiy kemalarda uncha uzoq; masofalarga suzmasdan, Faqat Shimoliy va U rta dengiz oralig`ida o`z savdo ishlarini yuritishgan.

Yevropada dengiz kemachiligidagi sezilarli rivojlanish dunyoning boshqa qismlarini uzlashtirishga bo`lgan urinishlarni kuchaytirgani, shubhasiz. Buning natijasi ularoq amalga oshiriladigan qit`alararo sayohatlarning maqsad va mohiyati ham tubdan o`zgardi. Miloddan keyingi dastlabki 15 asr davomida amalga oshirilgan sayohatlarning asosiy maqsadi savdo-sotiq uchun yangi bozorlarni qidirib topish va ushbu o`zaro savdo aloqalarni rivojlantirishga yo`naltirilgan edi. Ammo XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab amalga oshirilgan sayohatlar turli hududlardagi resurslarning o`zlashtirilishi va savdo-sotiqning o`sishi bilan bir qatorda mustamlakachilikning rivojlanishiga, boylik orttirish maqsadida yangi kashf etilgan yerlarning ayovsiz talanishiga, qulchilikning rivojlanishiga ham yo`l ochib bergan.

Turli davrlarda amalga oshirilgan sayohatlarning barchasida kashf etilgan yerlarni hamisha ilmiy jihatdan o`rganish va tasvirlash masalasi dolzarb bo`lgan. Bu esa o`z navbatida turli fanlarning rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi ham. Ilgarigi nazariy bilimlaru taxminlarga asoslangan geografik va kartografik ma’lumotlar sayohatlar davomida olib borilgan kuzatishlar natijasida amalda o`z tasdig`ini topgan. Ushbu tadqiqotlar sayyoh olimlar yaratgan ko`p sonli asarlarda o`z aksini topib, dunyoning ko`plab tillariga tarjima qilingan.

Dunyo tarixida amalga oshirilgan buyuk geografik kashfiyotlarning aksariyati I.Magidovich hamda V. Magidovichning «Geo­grafik kashfiyotlar tarixidan ocherklar» («Ocherki po istorii geograficheskix otkritiy») nomli besh jildli asarida birmuncha umumlashtirilgan xolda tasvirlangan. Ammo dunyo tabiiy fanlari taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan va qator sayohatlarni amalga oshirib, qimmatli esdaliklarni yozib qoldirgan sayyoh olimlarning geografik merosi to`g`risida o`zbek tilida chop etilgan asarlar sanoqli. Dunyoning turli qismlarini kashf etgan buyuk sayyohlar hayoti va ijodi, yozgan asarlari, amalga oshirgan sayohatlari davo­mida boshidan kechirgan qiziqarli vokea hamda sarguzashtlarni o`z ichiga olgan o`zbek tilidagi yaxlit manba deyarli yo`q, deyish mumkin.

Shu o`rinda O`zbekistonda geografiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan olimlar talaygina ekanini ta’kidlab o`tish kerak. Mazkur risolada ularning barchasini nomma-nom sanab o`tishning ilojini topa olmadik. Ammo J. Babushkin, N.Dolimov, O. Poslavskaya, N. Kogay, R. Raximbekov, A. Rafiqov, JI. Alibekov, R. Hodiyev, A. Xisomov, A. Soatov, P. Yeulomov, Sh. Zokirov, A. Zaynitdinov va boshqa ustoz olimlarimiz O`rta Osiyoning, shu jumladan, O`zbekistonning cho`lu yaylovlarini hamda tog`u-toshlarini kezib chiqishganini ta’kidlash o`rinli. Ular bu hududlarning tabiiy geografik xususiyatlari, resurslari va kelgusi rivojlanishining istiqbollari haqida O`zbekistonda geografiya fani taraqqiyotida katta rol o`ynagan ilmiy asarlar yaratishgan.

Ammo haqiqiy jahongashta sayyoh olim sifatida geografiya fanlari doktori, professor H. Hasanovni tilga olsak, mubolag`a bo`lmas. Ustoz o`z umrini geografiya faniga, uning O`rta Osiyoda rivojlanishi tarixini o`rganishga bag`ishlagan va o`zbek geograf olimlari ichida birinchi bo`lib butun dunyoni kezib chiqqan. Uning «O`rta Osiyolik geograf va sayyohdir», «Sayyoh olimlar», «Bobur  sayyoh va tabiatshu- nos», «Maxmud Qoshg`ariy» kabi kitoblari O`rta Osiyoda geografiya fani rivojiga katta hissa qo`shgan sayyoh olimlar hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan muhim asarlardan sanaladi. Ayniqsa, uning 1980-yilda chop etilgan «Sayyoh olimlar» asarida qirqqa yaqin o`rta osiyo­lik olimlarning hayoti va ijodi, ularning geografik merosi haqida batafsil hikoya qilinib, yigirmadan ziyod olimlarning sayohatlari va yozgan geografik asarlari haqida qisqacha aytib o`tilgan. O`zbekistonda iqtisodiy geografiyaning rivojlanishiga katta hissa qo`shgan va bu fanning mamlakatimizdagi otaxonlaridan biri geografiya fanlari doktori, professor Z.Akramov ham dunyoning ko`plab mamlakatlariga qilgan sayohatlari davomida olgan taassurotlarini yozib qoldirgan. Jumladan, ustoz «Ispaniya sayohatidan lavhalar», «Yevropa bo`ylab», «Ispaniya yo`llarida», «Mustaqil Mag`rib mamlakatlarida (Tunis, Jazoir, Marokash)» va «Hindiston lavhalari» kabi ilmiy ommabop asarlar muallifi hamdir.  Professor R. Raximbekovning asarlarida O`rta Osiyoda ekologik va geografik tadqiqotlarning tarixi yoritilgan. A. Irisov, A. Nosirov va I. Nizomiddinovlarning 1961-yilda chop etilgan «O`rta Osiyolik qirq olim» risolasida ham mintaqamiz tuprog`ida yashab ijod qilgan ba’zi sayyoh olimlar to`g`risida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi. Ammo O`zbekiston tuprog`ida tug`ilib, ijod qilgan olimlar bilan bir qatorda Yer sharining turli qismlarini kashf etish, ularni turli fanlar nuqtai-nazaridan tadqiq qilishga katta hissa qo`shgan. G`arb va Sharqning boshqa mamlakatlarida yashab o`tgan sayyoh olimlarning hayoti hamda faoliyati haqidagi ma’lumotlar o`quvchilarni befarq qoldirmasa kerak, deb o`ylaymiz. Vaholanki, XV-XVI asrlarda amalga oshirilgan buyuk geo­grafik kashfiyotlar dunyoning O`sha vaqtdan keyingi rivojlanishini o`zgartirib yuborgan sayohatlar edi, deb aytish mumkin. Ma’lumki, geograflar, sayyohdar, olimlar uzoq vaqt davomida o`z tadqiqotlariyu sayohatlarini amalga oshirish uchun milodiy I—II asrlarda yashab o`tgan yunon olimi K. Ptolomeyning nisbatan aniq, ammo baribir ba’zi xatoliklardan xoli bo`lmagan Dunyo xaritasidan foydalanishgan.

X.Kolumb, A.Vespuchchi, F.Magellan, Vasko da Gama, A.Tasman, J.Kuk, F.Bellinsgauzen va boshqa ko`pgina sayyohlarning amal­ga oshirgan geografik kashfiyotlari natijasida Yer yuzining o`sha vaqtlargacha noma’lum bo`lgan qismlari o`rganilib, natijada Dunyo xaritasi hozirgi ko`rinishini olgan. Shuningdek, Ibn Battuta, V.Rubruk, D.Livingston, M.Polo, A.Vamberi, A.Gumboldt va N.Prjevalskiylarning geografik tadqiqotlari turli materiklarning ichki qismlari o`rganilib, o`sha hududlarni keng miyosda o`zlashtirishning boshlanishiga turtki bo`lgan.

Ana shu maqsadda dunyo fani rivoji nuqtai-nazaridan muhim ahamiyatga ega bo`lgan geografik tadqiqotlarni amalga oshirgan Sharq hamda G`arb mamlakatlarining taniqli sayyoh olimlari hayoti va ijodiga oid qiziqarli lavhalarni bitta risolaga to`plab, kitobxonlar e’tiboriga xavola etishni lozim topdik. Mazkur to`plamga 50 dan ortiq sayyoh olimlar, shu jumladan, O`zbekiston Milliy universitetida uzoq  yillar yoshlarga geografiya fani sirlaridan saboq bergan sayyoh ustozlardan ba’zi birlari to`g`risidagi lavhalarni ham kiritdik.  Risolada keltirilgan O`rta Osiyoda yashab o`tgan sakkizta olimning (Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Zamaxshariy, HofiziAbru, Abdurazzoq Samarqandiy va Zaxiriddin Muhammad Bobur) geografik merosini yoritishda ustozimiz H.Hasanovning «Sayyoh olimlar» risolasidagi ma’lumotlardan foydalandik. Sayyoh olimlarga oid ma’lumotlar hozirgi zamon nuqtai-nazaridan sharxlanib, ularning hayotidagi qiziqarli tafsilotlar yoritildi. Kitobdagi lavhalarni sayyoh olimlarning yashab o`tgan vaqti bo`yicha xronologik tartibda keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallab bayon qilishga harakat qildik. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив