Sanoat va atrof-muhit
Sanoat - atrof-muhitni
ifloslantiruvchi asosiy tarmoqdir. U geografik qobiqning barcha qatlamlariga
faol salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Sanoat-ishlab chiqarishning salbiy ta’siri,
asosan, ikki yo`nalishda amalga oshmoqda: 1) tabiiy boyliklar (mineral, yer,
o'rmon, okean resurslari kabilar)ni o'zlashtirish mobaynida; 2) ishlab
chiqarish jarayonida.
Tog'-kon sanoati mineral tabiiy boyliklarni o'zlashtiruvchi asosiy
tarmoqdir. U turli yer osti boyliklarini qazib chiqarish va ularni dastlabki
qayta ishlash jarayonida atrof-muhitga eng ko'p zarar keltiradi. Masalan, 90-yillarda
birgina sobiq Ittifoq hududida tog`-kon sanoati korxonalari egallagan jami
maydon hajmi 2,3 mln.ga. dan ziyod edi. AQSHda bunday maydonlar undan ham katta
edi.
Tabiiy resurslarni o'zlashtirish
jarayonida gidroenergetika sanoati tufayli ham atrof-muhitga salbiy ta’sir
ko'rsatilmoqda. U elektroenergetika sanoatining boshqa tarmoqlariga nisbatan
«toza»roq hisoblansa-da, to'gon, suv omborlari qurilishi natijasida tabiiy
muvozanatni buzilishiga aholi yashab kelgan yoki o'rmondan iborat katta
maydonlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo'ladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi, ayniqsa,
sanoat tarmoqlarining ish jarayonida juda ham kuchli kechadi.
Jahon energetikasining asosiy
tarmog'i hisublanadigan issiqlik elektroenergetika tarmog'i yerning tuproq,
atmosfera va suv qobiqlarini sulfat gazi (S02), azot oksidi (NO),
uglerod oksidi (CO), benzopin, millionlab tonna qattiq moddalar bilan ifloslash
xususiyatiga ega. Ayniqsa, ko'mir yoqilg‘isi asosida ishlaydigan issiqlik
elektr stansiyalarining bu boradagi «xizmat»lari juda ham katta. Masalan, ma`lumotlarga
ko'ra bunday IES lar neft mahsulotlari asosida ishlaydigan stansiyalarga nisbatan
atrof-muhitni sulfat gazi bilan 2 barobar tabiiy gaz asosida ishlaydigan
stansiyaga nisbatan esa 100 barobar ko`proq ifloslaydi. Bundan tashqari, bu
gazlar va havoga chiqarib yuboriladigan katta miqdordagi chang va aerozol
chiqindilar qon-tomir, bronxit, ekzema, rak kabi kasalliklarni keltirib
chiqaradi. Juda kam kuzatilsa-da, AES larda bo‘lib turadigan falokatlar,
ayniqsa, Chernobildagiga o‘xshash falokatlar, tom ma’noda dunyoviy ekologik
xavfni keltirib chiqaradi. Eng muhimi, sanoatning tobora rivojlanib borishi
planetar darajada atrof-muhit ifloslanishining kuchayishiga sabab bo'lmoqda. Bu
muammolar esa so‘nggi vaqtlarda ularga alohida munosabatda bo‘lishni taqozo
etmoqja Ularning ijobiy yechimi: 1) tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan
samarali sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish; 2) sanoat
tarmoqlarini joylashtirishda ularning xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni
«iflos» sanoat tarmoqlarini aholi zich yashaydigan joylardan holi hududlarda
joylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.