loading...

O‘rta Osiyoning geologik тuzilishi. Geologik vaqt hisobi 

9012

O‘rta Osiyo yer yuzasining hozirgi ko‘rinishi uzoq davom etgan geologik davrlar mobaynida yer ichki va tashqi kuchlarining birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan.

Geologik sana. Geografik qobiqning hozirgi holatini, uning ayrim qismlarining kelib chiqishini tushunib olish va izohlab berish uchun yerning geologik tarixini bilishimiz kerak. Yer po‘stining hosil bo‘lishi va o‘zgarib, hozirgi holatga kelguncha ketgan vaqt geologik vaqt deyiladi. Geologik vaqt hisobi geologik sana deyiladi. Geologik sana yirik bosqich — eonlarga (kriрtozoy, fanerozoy),  eralarga (arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy)  va har bir era davrlarga bo‘linadi. Har bir era va davrda Yer yuzasining relyefi, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi o‘ziga  xos  xususiyatga ega bo‘lgan.
Geologik vaqt davomida Yer po‘stida sodir bo‘lib turadigan harakatlar natijasida turli xil yoriq va siniqlar hosil bo‘lgan. Ana shu yoriq va siniqlar orqali mantiyadan magma oqib chiqib, Yer yuzasiga lava sifatida yoyilgan, natijada, Yer po‘stining qalinligi asta-sekin oshib borgan. Magma Yer po‘stining yoriq va siniqlarida qotib, turli xil tog‘ jinslarini hosil qilgan. Suv havzalari ostida (okean, dengiz, ko‘l, daryo) va quruqlikning past joylarida o‘simlik va hayvonot qoldiqlari aralashgan cho‘kindi tog‘ jinslari qatlami vujudga kelgan. Yer geologik tarixining har bir davrida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan tog‘ jinslarining ma’lum bir turlari vujudga kelgan.

Тog‘ jinslarining nisbiy yoshi. Cho‘kindi tog‘ jinslarining asosiy xususiyati ularning qatlam-qatlam bo‘lib yotishidir.

Shunday qatlamlarning yotish tartibini va ular tarkibidagi toshga aylangan o‘simlik va hayvon qoldiqlarini o‘rganish natijasida qaysi qatlamlar oldin, qaysilari keyin paydo bo‘lganini, ya’ni ularning nisbiy yoshini aniqlash mumkin. Тog‘ jinslari qatlami buzilmasdan qat-qat bo‘lib yotgan bo‘lsa, pastda yotgan qatlam oldin, yuqorida yotgan qatlam keyin paydo bo‘lgan bo‘ladi. Eng ustki qatlam eng yosh qatlam hisoblanadi. Тog‘ jinslari tarkibidagi qadimgi o‘simlik va hayvonot qoldiqlarini o‘rganish Yerning rivojlanish tarixidagi asosiy bosqichlarini, ya’ni era hamda davrlarni ajratishga imkon beradi.

Тog‘ jinslarining mutlaq yoshi. Ma’lum bir tog‘ jinsining hosil bo‘lganidan hozirgacha o‘tgan vaqt uning mutlaq yoshi deb ataladi. Тog‘ jinslarining yoshi hozirgi paytda, asosan, radiologik usul bilan aniqlanmoqda. Bu usul radioaktiv elementlarning uzoq vaqt davomida parchalanishiga va natijada boshqa kimyoviy elementlarning hosil bo‘lishiga ketgan vaqtni aniqlashga asoslangan. Masalan, uran vaqt o‘tishi bilan bir xil tezlikda parchalanib, geliy va qo‘rg‘oshin hosil bo‘ladi. Geliy tarqalib ketadi, ammo qo‘rg‘oshin tog‘ jinslari tarkibida qoladi. Uranning parchalanish tezligini bilgan holda tarkibida uran bo‘lgan tog‘ jinslari yoshini hisoblab chiqish mumkin. 100 g urandan 74 mln yil davomida 1 g qo‘rg‘oshin hosil bo‘ladi. Shu yo‘l bilan turli xil tog‘ jinslarining yoshi aniqlanadi. Тarkibida uran bo‘lmagan tog‘ jinslarining yoshi boshqa usullar, masalan, kaliy-argon, uglerod usullari bilan aniqlanadi. Тog‘ jinslarining yoshini aniqlab va o‘simlik hamda hayvonot dunyosining rivojlanishi uchun ketgan vaqtni hisoblab, olimlar geo- xronologik jadval tuzishgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив