loading...

Kelajak geosiyosiy vaziyatiga bir nigoh 

5267

   Darhaqiqat, O`zbekiston tanlagan yo`l kelajakda o`zining samarasini berishi hech kimga shubha tug`dirishi mumkin emas. O`zbekiston qabul qilgan yo`l – ro`shnolikka olib chiquvchi yagona yo`ldir. 
  Bunday vaziyatda asosiy muammo O`zbekistonning boshqa yo`l va siyosatga ega bo`lgan davlatlar o`rtasida o`zini qanday tutishiga bog`liqdir. Bu muammolar yechimi to`g`risidagi savolga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida aniq javob berilgan.  "Markaziy Osiyoda siyosiy-geografik jihatdan markaziy o`rinda turgan O`zbekiston kuchlar tengligi va muvozanatini ta`minlash imkoniyatlariga ega. O`zbekiston hududi o`zining mavjud va potensial tabiiy va xomashyo zaxiralari bilan hozirdayoq jahonning siyosiy va iqtisodiy xaritasida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
  Mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan, katta ma`naviy va madaniy kuch qudratga ega bo`lgan O`zbekiston bugungi kunda qo`shni davlatlar – Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg`oniston o`rtasida bog`lovchi halqa vazifasini o`taydi. O`zbekiston bilan faol hamkorlik qilish orqali butun Markaziy Osiyo mintaqasida manfaatli munosabatlar o`rnatish imkoniyati ochiladi”.
  Bozor iqtisodiyoti yo`lidan borayotgan har qanday davlat o`zining ijtimoiy-siyosiy munosabatlarini avvalo ikki tomonlama shartnomalar, shuningdek, ko`p tomonlama teng huquqli shartnomalar asosida tuzishi va amalgam oshirishi lozim. Faqat mana shunday obyektiv yo`lgina O`zbekiston Respublikasiga haqiqatan ham mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash