loading...

X.Makinder va A.Mexenning geosiyosiy qarashlari 

9596

  Geosiyosiy g‘oyalarning rivojlanishida ikki yo‘nalish muhim o‘rin egallaydi. Birinchi yo‘nalish Angliya-Amerika yo‘nalishi deb ataladi. Mazkur yo‘nalishda asosiy e’tibor dunyoviy (global) geostrategik konsepsiyalar tuzishga qaratiladi. Mazkur konsepsiyada dengiz va quruqlik hududlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va aloqalar, ularning tarkibi va imkoniyatlari tahlil qilinadi.
  Ikkinchi yo‘nalish — kontinental (quruqlik) yo‘nalishi deb ataladi. XX asrning 40-50-yillarida Germaniya va Fransiya o‘zining eng yuqori darajadagi rivojlanish nuqtasiga yetdi. Mazkur yo‘nalish Yevropa-sentrizim, regional (mintaqaviylik) xususiyatlari bilan ajralib turadi va Yevropa davlatlari ichidagi integratsiya muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor beradi.
  Birinchi dunyoviy (global) model Angliyada X.Makinder (1861—1947) tomonidan ishlab chiqilgan. U 1914-yilda Buyuk Britaniya Qirollik geografiya jamiyatida «Tarixning geografik o‘qi» deb nomlangan ma’ruzasida «jahon siyosatining o‘q mintaqalari» g‘oyasini ilgari surdi.
  Davlat uchun eng qulay geografik o‘rin o‘rtada, markazda, planetar nuqtayi nazaridan esa dunyo markazida joylashganligi bilan asoslanadi. Dunyo markazida Yevrosiyo kontinenti mavjudligi ilmiy jihatdan isbotlab berilgan. Yevrosiyo jami dunyo ustidan nazorat qilish uchun juda qulay kontinentdir.
  Makinder o‘zining 1919-yilda nashr qilingan «Demokratik ideal va reallik» nomli kitobida «o‘qmintaqa»ni Xartlend deb atadi. Bu «o‘q mintaqa»ga Rossiyani, g‘arbda Sharqiy va Markaziy Yevropa, sharqda esa Tibet va Mo‘g‘ulistonni kiritdi.
  Makinder fikriga ko‘ra, dengizning kuch-qudrati jahondagi kuch­lar balansida juda katta ahamiyatga ega bo‘lsa ham, quruqlik va havodagi kommunikatsiyalarning rivojlantirilishi dengiz kuch-qudrati samaradorligining pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham Makinder: «Dunyoga hukmdorlik qilishda kontinental (quruq­lik) davlatlarning imkoniyatlari behisobdir», - deb ta’kidlagan.
  AQSHning qudratli davlatga aylanishi Makinder konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqishga va «Atlantizm» geosiyosat g‘oyasining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bunda A.Mexen (1840-1914) g‘oyalari hal qiluvchi ahamiyatga egadir. U «Tarixda dengiz kuchlari» va boshqa qator asarlarida «dengiz kuchlari» tushunchasi asosida geosiyosat konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bunda erkin den­giz savdosi bilan shug‘ullanish A. Mexen g‘oyasining asosini tash­kil qiladi. A. Mexen AQSH «dengiz taqdiri»ga ega, buning nati- jasida u avval Amerika qit’asida, keyinchalik esa butun dunyoda hukmdorlik qiladi, deb hisoblagan.
  A. Mexenning geosiyosiy g‘oyalari to‘liq holda XX asr mobaynida AQSHda hayotga tatbiq etildi va yuqori darajada o‘zining samarasini berdi. 

Eslab qoling!
«Tarixning geografik o‘qi» — eng muhim va yirik davlatlar hududlari chiziqlar (yoki Xartlend).

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash