loading...

Abituriyentlarning vazifalari, majburiyatlari va huquqlari 

3577

Hurmatli abituriyentlar! Sizlar test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishingiz uchun test sinovlarni o‘tkazish tartib-qoidalarini, test jarayonida o‘zingizning vazifalaringiz, majburiyatlaringiz va huquqlaringizni aniq bilishingiz va test sinovlarini o‘tkazish tartibiga rioya qilishingiz talab etiladi.

Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan kuni bino hududiga soat 8.00 gacha, auditoriyaga soat 8.30 gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan kiritiladi. Test sinovlari boshlangan (soat 8.30)dan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.

Soat 8.30 dan 9.00 gacha abituriyentlar javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozadilar. Bu vaqt test o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.

Test boshlangandan keyin hech kim auditoriyaga kiritilmaydi va test topshiriqlari bo‘yicha abituriyentlar bilan savol-javob qilinmaydi.

Abituriyentjavoblar varaqasi raqami bilan savollar kitobi raqamining bir-biriga mosligini va savollar kitobida fanlar bo‘yicha test savollarida tipografik xato yoki boshqa nuqsonlar yo‘qligini tekshiradi. Agar test savollarida nuqson bo‘lganda darhol bu haqda auditoriya rahbariga xabar beradi.

Abituriyent javoblar varaqasi berilgandan keyin abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joylariga javoblar varaqasi raqamini ko‘chirib yozadi. Shundan so‘ng, titul varaqasida ko‘rsatilgan ta’lim muassasasining kodi, maxsus kod va tanlov kodini javoblar varaqasiga ko‘chirib yozadi va tegishli doirachalarni bo‘yaydi.

Abituriyent tomonidan titul varaqasidan javoblar varaqasiga ko‘chirilgan ta’lim muassasasi kodi, maxsus kod va tanlov kodini abituriyentning ta’lim tili, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim muassasasi, ijodiy va chet tili imtihonlari ballari hamda harbiy imtiyozini belgilovchi yagona ma’lumot bo‘lganligi sababli, to‘ldirilmagan javoblar varaqasi bo‘yicha natija chiqarilmaydi va e’tirozlar qabul qilinmaydi.

Abituriyent javoblar varaqasining 1-blokiga va savollar kitobi muqovasining belgilangan joyiga o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlarni yozib, imzo qo‘yadi. Agar abituriyent tomonidan ushbu ma’lumotlar kiritilmagan taqdirda, ixtiyoriy bosqichda dalolatnoma tuziladi va test sinovi bo‘yicha natija chiqarilmasligiga asos bo‘ladi.

Savollar kitobidagi har bir fan 36 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi.

Abituriyentga test topshiriqlarini bajarish uchun quyidagi vaqt me’yorlari belgilanadi:
72 savolga — 2 soat;
108 savolga — 3 soat.

Har bir savolga 4 tadan («A», «B», «C», «D») javoblar varianti berilgan bo‘lib, abituriyent ulardan faqat bittasini savollar kitobchasida belgilashi (savollar kitobida belgilangan javoblarni o‘zgartirish mumkin), keyinchalik javoblar varaqasining mos fan blokidagi doirachani belgilangan tartibda bo‘yashi kerak (javoblar varaqasida belgilangan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas).

Har bir test savoliga faqat bitta javob belgilanishi shart. Agar javoblar varaqasidagi «Belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta savolga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu javobga ball berilmaydi.

To‘ldirilgan javoblar varaqasi abituriyentning bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldiriladi.

Javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni noto‘g‘ri belgilagan abituriyentlarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.

Javoblar varaqasini to‘ldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me’yoriga qo‘shimcha 20 daqiqa ajratiladi.

Abituriyenttomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo‘lsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, abituriyent test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili tomonidan dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtiriladi.

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 11-iyuldagi 205-sonli  qarorining 2-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18-iyundagi 118-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga yuqoridagi tahrirda o‘zgartirish kiritilgan.

Abituriyentlar diqqat qiling! Avvallari test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyentda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar mavjudligi aniqlansa, ulardan bu vositalar olib qo‘yilgan va o‘zlari binoga kiritib yuborilgan. 2012 yildan boshlab test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abituriyentda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar mavjudligi aniqlansa ular binoga kiritilmaydi va tegishli dalolatnoma tuzilib, test jarayonidan chetlashtiriladi.  

Test sinovi jarayonida abituriyent tomonidan savollar kitobi varag‘i yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi.

Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

Test sinovlarini topshirish vaqtida abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, auditoriyadan chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi, sog‘lig‘ining yomonlashishi va boshqa shu kabi holatlarda test materiallarisiz qavat bo‘yicha vakil kuzatuvi ostida auditoriyadan chiqish hollari bundan mustasno.

Auditoriya rahbari tomonidan testni bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagani va savollar kitobidan javoblar varaqasining mos ravishda fan bloklaridagi doirachalarga bo‘yash uchun qo‘shimcha berilgan yigirma daqiqalik vaqt boshlanganligi e’lon qilinganda abituriyent savollar kitobi bilan ishlashni to‘xtatib, savollar kitobidan javoblar varaqasining mos ravishda fan bloklaridagi doirachalarni bo‘yashni boshlashi, qo‘shimcha ajratilgan vaqt tugagani e’lon qilinganda javoblar varaqasi bilan ishlashni to‘xtatishi shart.

Abituriyent test savollari yoki test sinovlarini o‘tkazish jarayoni yuzasidan e’tirozlari mavjud bo‘lganda, test materiallarini topshirganidan so‘ng, shu kunning o‘zida qabul komissiyasi, Davlat test markazining ta’lim muassasasi yoki bino bo‘yicha vakili orqali Davlat test markaziga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash