loading...

Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi, boshqa kunlari esa yog’maydi? 

7862

Osmonga boqqanimizda, ko’zimiz og’irkarvon bulutlarga tushishi bilanoq, yomg’ir yog’sa kerak, degan xayolga boramiz. Biz buni yomg’ir  yog’ishi uchun zarur bo’lgan birdan-bir narsa, deb o’ylaymiz. Ammo aslida yomg’ir uzoq va murakkab jarayon natijasidir. Yomg’ir yog’ishi uchun Quyosh, Yer va atmosfera bir-biriga o’zaro ta'sir etishi kerak. Bu jarayon Quyosh Yerni qizdirishidan boshlanadi. Qizish natijasida okean, dengiz, ko’l va daryolardagi suvlar bug’lana boshlaydi. Suv bug’i havo bilan aralashadi. Bu jarayon bug’ hosil bo’lishi deb ataladi. Yuqoriga ko’tarilayotgan issiq havo atmosferaga suv bug’ini olib keladi. Yuqoriga ko’tarilgan bug’ sovib, undan bulut hosil bo’ladi. Bu jarayon kondensatsiya deb ataladi. Bulut ichidagi uvoqqina tomchilar kattalashib, tobora ko’proq namni yig’a boradi. Nihoyat, tomchilar kattalashib, havo oqimlari tutib qololmaydigan darajaga yetadi va yerga yomgir bo’lib yog’adi. Endi nega yemg’irning hosil bo’lishi jarayoni faqat ma'lum bir vaqtda kechishini aniqlaylik. Bu jarayonning birinchi bosqichi – bug’ hosil bo’lishi doimo kunduzi, Quyosh chiqib turgan payt ro’y beradi. Ammo ko’rinmas bug’  har kuni ham o’ta mayda zarralardan tarkib topgan va ko’zga ko’rinadigan bulutlarga aylanavermaydi. Buning sababi bug’  kondensatsiyalanishi uchun ma'lum bir yuza kerak bo’ladi. Agar  havoda chang zarrachalari oz bo’lsa yoki, umuman, bo’lmasa, kondensatsiya yuz bermaydi. Tomchilar paydo bo’lishiga muz va Qorning mayda kristallari  ham yordam berishi mumkin. Odatda, yomg’ir yog’ishi uchun issiq havo massasining sovuq  xavo massasi tomon yoki aksincha harakati talab etiladi. Issiq havo massasi tarkibida bulut va namlik bor, ular sovuq  havo massasi ta'sirida sovigach, suv tomchilari hosil bo’ladi va yerga yomg’ir bo’lib yog’adi. Bir yomg’ir tomchisi hosil bo’lishi uchun 100 000 000 donaga yaqin o’ta mayda tomchilar kerak bo’ladi. Bulut hosil bo’lishi uchun esa bunday tomchilardan million-millionlari talab etiladi. Bunday eni, bo’yi va balandligi 1 km bo’lgan bulut tarkibida, taxminan, 790 tonna tomchi, taxminan, 7940 tonna bug’  holidagi suv bor.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash