loading...

Nima uchun ayollar erkaklarga nisbatan uzoq umr ko'radi? 

4685

Antropologlar ibtidoiy jamoa tuzumi va qadimgi tosh davrlarini insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan shu bilan birgalikda keksaliksiz o'tgan jamiyat sifatida ta'riflashadi. Tadqiqotlar bu davrda kishilarning o'rtacha umr ko'rishi 20-34 yoshdan oshmaganligini ko'rsatadi. Keyinchalik esa inson ongi tafakkuri rivojlanishi, sivilizatsiyaning yaratilishi Sharq va G'arb ilm fan sohalarining taraqqiy etishi insonlar umrini ham birmuncha uzaytirdi. XV asrda bu ko'rsatkich 40 yoshgacha , XVIII asrda 43 48, XIX asrda 57, XX asrda esa 71 yoshgacha o'sdi.

Qarilik haqida bir qancha nazariyalar ilgari surilgan. Gerantologlarning fikricha, bu moddalar almashinuvining buzilishi ya'ni organizmning tashqi muhitga moslanish qobiliyatining susayishidir Normal fiziologik qarish sekin-asta yuz beradi. Bunda dissimilyatsiya jarayoni assimilyatsiya jarayoniga nisbatan jadal kechadi va a'zolardagi asosiy to'qimalar atrofiyaga uchraydi. Ya'ni nobud bo'ladi bu jarayon, avvalo miyadan boshlanadi undagi 17-22% to'qimalar qisqara boradi. Bir o'zi 5 xil funktsiyani bajaruvchi jigarda 12-14% to'qimalarda atrofiya boshlanadi. Natijada insonlarning funktsional va reaktiv imkoniyatlari pasayadi. Tadqiqotlarga ko'ra, odam aslida 100-120 yoshda fiziologik qariy boshlaydi. Biroq bugungi kunda bu holat deyarli kuzatilmaydi. Yildan yilga ko'payib borayotgan turli kasalliklar va epidemiyalar, narkomaniya, alkogalizm, kashandalik ekologiyaning buzilishi, shuningdek boshqa ko'plab ijtimoiy faktorlar ta'sirida insonlarda keksalik alomatlari ancha erta paydo bo'lmoqda.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra erkaklarga nisbatan ayollarning ko'proq umr ko'rishi tasdiqlangan. Qizig'i shundaki, bu nafaqat insonlarda balki hayvonlarda ham kuzatilgan ekan. Erkaklar atreskleroz, yurak va miya qon tomirlarining faoliyati buzilishi nisbatan ertaroq boshlanadi. Ularning infarkt, miokardga chalinish ehtimoli ayollarga qaraganda 40-49yoshda, 50-59 yoshda va 60 yoshdan keyin ikki barobar ortadi Buni jinsiy garmonlar bilan ham izohlash mumkin. Ayollar organizmida faqat estrogenlarni, erkaklar organizmida esa ko'proq androgenlarni sintez qiladi.

Estrogenlar o'z navbatida organizmni turli xastaliklardan himoya qilish xususiyatiga ega. Bundan tashqari vaqtida yig'i orqali chiqarilib tashlanmagan hissiy kechinmalar gipertoniya, yurak kasalliklari, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichaklarda yuzaga keluvchi kasalliklarga sabab bo'ladi. Ayollarga «yig'loqi»ligi bu jihatdan foyda keltiradi. Xulosa qilib aytganda, sog'lom, baxtli va uzoq umr ko'ray desangiz zararli odatlardan voz keching va o'zingizga katta e'tibor bering. 
Dilora Dehqonova

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash