loading...

Hayratomuz dalillar (2-Qism) 

3738

Inson uchun qurbon kanareykalar
  Bir necha asrlar mobaynida Britaniya tog‘-kon qonunchiligida shaxtalarda gazni aniqlash uchun kanareykalar ushlab turish shartli ravishda qo‘llanilgan. Konchilar ushbu jonivorlardan 1986-yilgacha foydalanganlar. 1995-yilgacha esa mazkur usul qonun doirasida havfsizlik chorasi sifatida qoldirilgan.
 Bu talabning mohiyati shundaki, hidsizzaharli gazlar konchilarning hayotiga havf solguncha qadar, kanareykalar zaharlanib o‘lar edi. Ular tinimsiz sayroqi bo‘lgani uchun,ishchilar qushlar jimib qolganidan ushbu yerda zaharli gaz borligini darhol sezganlar.
Eng uzun nomga ega poytaxt
  Faqat xorijliklargina Tailand poytaxtini Bangkok deb atashadi. Bangkok shahrining tai tilidagi to‘liq rasmiy nomi quyidagicha: Krungtep Maxanakon Amorn Rattanakosin Maxintara Yudtaya Maxadilok Pop Noparat Ratchatani Burirom Udomratchneves Maxasatarn Amorn Pimarn Avaltarnsatit Sakatattiya Visanukram Prasit. Tay tilida u 152 ta harfdan iborat bitta so‘z bilan ifodalanadi.
  Bu nomni «Farishtalar shahri, samoviy marvaridlarning buyuk xazinasi, ulug‘ va pokiza yer, qirolliklar ichida asosiy va tengsiz, shohona va mo‘’jizakor poytaxt, to‘qqizta javohirga ega, jannatmonand maskanlarni eslatuvchi baland qirollik saroylaridan iborat, ilohiy go‘sha va qayta tirilgan jonlar makoni».
Enaga ilonlar
  Enagalar xizmatidan faqat odamlar emas, masalan boyo‘g‘li qushi ham foydalanishini bilasizmi? Shimoliy Amerikada yashovchi boyo‘g‘lilar enaga sifatida kichik og‘izli ilonlardan foydalanadilar. Bu ilonlar o‘ta kichik bo‘lib, odatda yer ostida yashaydilar. Boyo‘g‘lilar ularni ohista yerdan kovlab olib, inlariga olib boradilar va qo‘ng‘iz va boshqa hashorot lichinkalari bilan boqadilar. Ilonchalar o‘z navbatida minnatdorchilik izhor qilib, qushlarning inini boshqa yirtqichlardan himoya qiladilar. Jajji bo‘lgani bilan ilon baribir ilon-da!i.
Nozikta’b Qirol
  Lyudovik Qirol – Quyosh nomi bilan mashhur fransuz shohi Lyudovik XIV o‘ta ta’sirchan odam bo‘lganini bilasizmi? U tabiatni juda sevgan, Versalda hatto uning tomorqasi bo‘lib, ba’zida shoh u yerda ertadan kechgacha mehnat qilgan.
  Biroq, Qirol so‘lib borayotgan atirgullarni yoqtirmagan. Monarxning ko‘ngli buzilmasligi uchun, Versal qarorgohi bog‘bonlari kechalari bog‘ni so‘lib borayotgan gullardan tozalab chiqishgan.
  Ertalab tabiat go‘zalligidan bahra olishni yaxshi ko‘rgan Lyudovik nigohiga so‘lib qolgan gul tashlanmasligi uchun, bog‘bonlar 1738 gektardan iborat bog‘ni doimo yaxshi holatda ushlab turishga majbur bo‘lganlar.
Gladiatorlar
  Qadimgi Rim aholisi yoki imperatorlar gladiatorlarni o‘limga hukm qiluvchi «barmoqni pastga burish» ishorasini mutloq ishlatmaganini bilasizmi? Rimliklar umuman «barmoqni pastga burish»ni qo‘llamaganlar. Bordiyu, gladiatorning o‘lishi lozim bo‘lsa, tomoshabinlar bosh barmog‘ini yuqoriga ko‘targanlar. Bu ishora «yalang‘ochlangan qilich» ramzini anglatgan. Agar, gladiatorga yashash ijozati berilganda, odamlar bosh barmog‘ini kaft ichiga olishgan, ya’ni musht holatini ko‘rsatishgan. Bu «qilich qin ichida» degan ma’noni anglatgan.
  Hozirgi odamlarning gladiatorlar taqdiri borasida yanglish tasavvurga ega bo‘lishiga XIX asrda yashab ijod etgan fransuz rassomi Leon Jeromning «Pollice verso» kartinasi sabab bo‘lgan. Suratda tasvirlangan rimlik gladiator o‘lim jazosini kutib turgani tasvirlangan. Tarixchilar yalpi ovoz bilan rassom lotinchadagi «police verso» so‘zlarini «pastga qaratilgan barmoq» tarjimasida tushunganini ta’kidlaydilar. Aslida ushbu ibora «yuqoriga qaratilgan barmoq» ma’nosini anglatadi.
Egasini boyitgan kabutarlar
  "Kim ma’lumotga ega bo‘lsa, o‘sha olamga hukmdorlik qiladi” degan mashhur ibora muallifi Rotshildlar oilasi ekanini bilasizmi?
  Bu voqea 1815-yilda, Napoleonnning "yuz kunlik” zafarli yurishi vaqtida yuz bergan. Jamg‘arma birjalari Vaterloodagi hal qiluvchi janglar natijasini kutardi. Aka-uka Rotshildlar esa, Natan – Londonda, Yakob – Parijda o‘z kaptarxonalarini kengaytirganicha, jangni kuzatishdi.
  Jang boshida g‘alaba mutlaq Napoleon armiyasi tomonida edi, bu haqda londonliklar xabar topadilar. Ammo "kuzatuvchilar” Vellington armiyasiga Blyuxerning madadga kelishini kutishdi. Napoleon mag‘lub bo‘ldi. Rotshildlarning maktubli kaptarlari zudlik bilan yo‘lga tushdi. Xabarni olgan Natan tongda o‘zining barcha aksiyalarini sotib yubordi. Yakob ham Parijda shunday yo‘l tutdi. Birjalarda tahlika ko‘tarildi: yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabar topuvchi Rotshildlar qimmatbaho qog‘ozlarini sotib yuborishmoqda! Mamlakatdagi badavlat kishilar o‘z aksiyalarini sota boshladilar.
  Ana shu taxlitda ingliz, avstriya, pruss qimmatli qog‘ozlari qadrsizlanadi. Bu paytda Rotshildlarning ayg‘oqchilari aksiyalarni arzimagan narxda sotib olishni yo‘lga qo‘yadilar. Ikki kundan keyingina Napoleonning mag‘lub bo‘lgani ayon bo‘ldi. Odamlar esankirab qolishadi.
 Hiylakor Rotshildlar bir kunda 40 million funt sterling ishlab, Britaniya iqtisodining ulkan qismini qo‘lga kiritganlar.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash