Daryolar bilan qo`shni davlatlar
Dunyoda davlatlar qo`shni mamlakatlar bilan chegarasi tog`lar, dengizlar, qo`ltiqlar, bo`g`izlar bilan o`tadi. Jahonda shunday davlatlar borki chegaralari
daryolar orqali o`tadi. Masalan, shu natijani materiklar misolida ko`rsak:
Shimoliy
Amerikada AQShning janubiy chegarasi Meksikaning shimoliy-sharqiy qismi Rio-Grande daryosi orqali, Gonduras bilan
Nikaragua davlatlari Koko daryosi orqali
chegaradosh.
Gvatemala bilan Meksika Usumasinto
daryosi orqali shimoliy-g`arbiy tomondan, Janubiy Amerikada esa Peru bilan KolumbiyaAmazonka daryosining Isa irmog`i orqali,
Braziliya janubi-g`arbiy tomondan Boliviya bilan Amazonka daryosining Madeyra irmog`i bilan chegara o`tgan. Parana daryosi Argentina bilan Paragvayni
chegara qilib turibdi. Urugvay daryosi esa
xuddi shu vazifani Urugvay bilan Argentinani orasida chegara vazifasini bajaryapti, qisman janubi-g`arbiy
tomonidan Braziliyani ayirib turibdi.
Afrikada Kongo Demokratik Respublikasi bilan
Kongoni Kongo daryosi Markaziy Afrika
Respublikasi bilan Kongo Demokratik Respublikasini uning Ubangi irmog`i chegara qilib turibdi.
Oranj daryosi Namibiyani janubini JAR bilan chegaralagan, Limpopo esa JARni Zimbabve va Bostvana
bilan ajratib turibdi.
Zambezi daryosi Zambiya
va Zimbabveni, Ruvuma daryosi Tanzaniya
bilan Mozambikni, Senegal daryosi Mavritaniya
bilan Senegalning shimol tomonidan chegaralab tursa, xuddi shu davlatning sharq
tomonidan Mali bilan ajratib turibdi.
Yevrosiyo materigini
esa ikkiga bo`lib o`rgansak, Osiyoning sharqidagi Koreya yarimoroli Xitoy bilanYalutszyan (Amnokkan) daryosi, Rossiya
bilan shimoliy chegarasini Tuminszyan (Tumangan)
daryosi orqali chegaralangan, Laos bilan Myanma Mekong daryosi orqali, janub tomondan chegara o`tkazilgan. Panj daryosi Afg`oniston bilan Tojikistonni
chegaralasa, Araks daryosi Ozarbayjon
bilan Eronni, Armaniston bilan Eronni, Armaniston bilan Turkiyani ajratadi. Samur daryosi Rossiya bilan Ozarbayjonning
shimolini chegaralasa, Tatar bo`giziga kelib quyilayotgan Amur daryosi Rossiyani Xitoy bilan chegaralab turibdi.
Yevropa qit`asidagiDunay daryosi Prut irmog`i Ruminiyani
shimol-sharq tomonidan Moldavani, xuddi shu davlatni shimoli-sharq tomondan Dnestr daryosi Ukrainadan ajratadi. DunayBolgariya bilan Ruminiyani, Ruminiya bilan Ukrainani, shimoliy-sharqiy Serbiyani
Ruminiyadan, Xorvatiya bilan Serbiya orasidagi devor vazifasini o`tab turibdi. Uning Sava
irmog`i Bostvana va Gersogovanani to`liq shimol tomondan Xorvatiya bilan ajratib
turibdi. Dunayning yana bir irmog`i esa
Xorvatiya bilan Vengriyani, Vengriyadan shimoliy-g`arb tomondan kata masofada Slovakiyani
ayirib turibdi. Rossiyani Boltiq dengizidagi qismini (Kaliningrad obl.) esa shimol
tomondan Litva bilan Nyamunos daryosi bog`lab
turibdi.
Finlandiyani Shvetsiya
bilan Muonioeiven daryosi ajratib turibdi,
Finlandiyani shimoliy-sharqdan Norvegiya bilan chegarasi Tenoyoki daryosi orqali o`tadi.
Nurova Dilbar
Navoiy shahar 10-umumiy o`rta ta`lim maktabi
geografiya fani o`qituvchisi
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.