Dunyoning markazi
Xitoy mamlakati hududida qadimiy sivilizatsiya bo'lgan yoki u yerga kosmosdan o'zga sayyoraliklar kelib turishgan degan taxminlar bor.
Negaki ko'plab qadimiy narsalarni topilishi olimlarni shunday xulosaga kelishiga sabab bo'lmoqda. Xitoyliklar o'z vatanlarini dunyoning markazi deyishadi, chunki ko'p narsalar Xitoyda ixtiro qilingan.
Quyidagilar shular jumlasidandir: Kitob, qalam, ruchka, siyoh, eng qadimiy yozuv, rivoyat, ertak, she'r, bog', hayvonot bog'i, kema, chinni tayyorlash, kompas, raketa, porox davolash usullari, ushu sporti, jarrohlik operatsiyasi to'g'risidagi dastlabki kitob, yer qimirlash epitsentrini aniqlovchi seysmakom, dengiz fermalari, (farmakologiya kitobi, taqvim, meridian uzunligini o'lchash usuli, choy va boshqalar.
Xitoy qo'yidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi: sholi, bug'doy, paxta, chuchqa boqish, sabzavot, piyoz, poliz mahsulotlari, ko'mir qazib chiqarish, ip, gazlama matolar to'qish. Eng ko'p aholi, eng qiyin til, eng qiyii yozuv, Osiyodagi eng uzun daryo, eng katta kanal, eng baland Budda haykali, eng baland va uzun devor, eng uzun er osti arig'i (karriz). Eng uzun ko'prik (35 km).
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.