loading...

Qaysi davlatlar poytaxtlari nomlari o`zgargan? 

5875

Yillar davomida turli mamlakatlar o`z poytaxtlarini o`zgartirishgan, deya xabar qildi News.day.az nashri. Nafaqat poytaxtning o`zi, balki uning nomlari ham vaqt o`tib o`zgartirilgan. Quyida ularning ba`zilari bilan tanishish mumkin:

Bishkek, Qirg`iziston poytaxti. 1878-yili tashkil etilgan. Qadimda Pishlek deb atalgan.

Anqara, Turkiya poytaxti. Avvalboshda Ankira, 1073-yildan esa Engyuryu deyilgan.

Xelsinki, Finlyandiya poytaxti. 1550-yilda tashkil topgan. Bir zamonlar shahar Gelsingfors (Helsingfors) deb nomlangan.

Vilnyus, Litva poytaxti. 1918-yilgacha Vilnya deb yuritilgan.

Ulan-Bator, Mo`g`uliston poytaxti. 1639-yilda Orgoo sifatida tashkil etilgan. 18-asrda Ix-xuree deb atalgan. 1911-1924-yillarda Niyslel-xuree deb nomlanib, 1924-yildan Ulan-Bator deb atalib kelinadi.

Jakarta, Indoneziya poytaxti. Bir vaqtlar bu shahar o`rnida Sunda-Kelapa aholi punkti bo`lgan.

Nur-Sulton, Qozog`iston poytaxti. 2019-yil Qozog`iston Respublikasi Parlamenti palatalari qo`shma majlisida Qozog`iston poytaxtiga mamlakatning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboevning nomini berish to`g`risidagi qaror qabul qilindi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.