Dunyoning o‘rtacha yosh ko‘rsatgichi bo‘yicha eng yosh mamlakatlarini bilasizmi?
Dunyoda aholisining o‘rtacha yoshi eng past davlatlar asosan Afrikada. Nigerda o‘rtacha yosh atigi 15 deb baholangan. Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘rtacha yosh 20 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lsa, Yevropaning Kosovo, Albaniya va Islandiya aholisining o‘rtacha yoshi eng past davlatlar qatoriga kiradi, ularda aholining o‘rtacha yoshi mos ravishda 32, 36 va 38 yoshni tashkil qiladi.
Aksincha, aholining o‘rtacha yoshi eng baland bo‘lgan Yaponiya, Italiya, Ispaniya va Germaniya kabi davlatlarda, aholining o‘rtacha yoshi 47 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lib, ular mehnatga layoqatli aholi sonining qisqarishi bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.
Dunyodagi 21 ta eng yosh davlatlarning barchasi Afrikada: Uganda, Angola va Malida ham o‘rtacha yosh 16 yoshni tashkil qiladi. Afrikadan tashqari, yana Falastin, Afg‘oniston va Papua-Yangi Gvineya eng yosh aholiga ega, ularda o‘rtacha yosh 19 yoshdan 22 yoshgacha.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.