loading...

Yer yuzasidagi g‘ayrioddiy obyektlar 

5654

 Biz o‘zga olamlarning tushuntirib bera olmaydigan o‘ziga xosliklari haqida ko‘p  o‘ylaymiz. Lekin bilmaymizki sayyoramizda ham o‘z geologik tarixiga ega obyektlar mavjudki ularning qanday paydo bo‘lganligini tushuntirib berish qiyin.

 

1.Maunt-Boldi qumtepaliklari
  Michigan ko‘lining janubiy qirg‘og‘idagi eng baland qumtepalik. Uning balandligi – 37 m. Bu qumtepalik sayyohlar orasida "tirik" attraksion sifatida mashhur. Chunki u har yili bir yoki ikki metrga siljiydi. Qumtepalikni tomosha qilish uchun kelganlar uni ushlab turgan o‘tlarni bosib tashlaydilar. Buning hech bir ajablanarli jihati yo‘q – harakat shamol tufayli sodir bo‘ladi. Biroq olimlar qumtepalik bolalarni yutib keta olishi sababini topish ustida bosh qotirmoqdalar.
  2013-yil iyul oyida olti yoshli Natan Uossner qumtepalikda kutilmaganda paydo bo‘lgan uch metrlik chuqurga tushib ketadi. Uch soatdan so‘ng bolakay chuqur ichidan sog‘-omon chiqarib olindi. Bir oydan so‘ng qumtepalikda yana bir teshik paydo bo‘ldi. Qumtepaliklar ichida bo‘shliqlar paydo bo‘lishi mumkin emas, chunki ularga tezlik bilan qum to‘lib qoladi. Geologlarning fikricha, bu o‘rganilmagan yangi hodisa. Qumtepalik ichida daraxrlar bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan ular chirigan va teshik hosil bo‘lgan. Qachonlardir bu yerdan shisha ishlab chiqarish uchun qum olingan. Shunday ekan bu hodisa inson aralashuvi tufayli sodir bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.
 
2. Sahroi kabir ko‘zi  
 "Sahroi kabir ko‘zi" – bu sahro o‘rtasidagi kengligi 30 km bo‘lgan aylana bo‘lib, u havorang tusga ega va kosmosdan yaxshi ko‘rinadi. Uzoq vaqt davomida "Sahroi kabir ko‘zi" krater deb hisoblanib kelingan. Lekin so‘nggi tadqiqolar shuni ko‘rsatmoqdaki, u krater emas. Meteorit zarbasining issiqligi va kuchi har doim bir hil kimyoviy birikma hosil qiladi. Lekin bu aylanadan mazkur birikma topilmagan.
 Ayrim insonlar "Sahroi kabir"ni Platon yozib qoldirgan Atlantidaga o‘xshatishadi va aynan shu yerda qadimda afsonaviy shahar qad ko‘targan deb hisoblashadi. Agar atlantlar tamadduni qachonlardir mavjud bo‘lgan deb hisoblasak, bu shakl tahminan 100 mln yil avval tabiiy ravishda shakllanganligini tahmin etish mumkin.
Boshqa tahminga ko‘ra, bu shakl vulqon uchu hisoblanadi. Bu yerda avval yemirilish yuz bergan degan tahmin ham bor. Lekin uning nuqsonsiz aylana shaklimazkur "Ko‘z” qanday shakllanganligi hamon sirligich qolmoqda. 
 
3. Sahro kuyugi (qaqiri) 
 Cho‘llardagi toshlar ko‘pincha yupqa, och-sariqdan qora ranggacha tusda tovlanuvchi modda bilan qoplangan bo‘ladi. Qadimda shu qatlamni o‘yib unga petrogliflar chizishgan. Bu holni dunyoning deyarli barcha sahrolarida ko‘rish mumkin, lekin ushbu sahro kuyugining paydo bo‘lish sababi ma'lum emas.
 Kuyuk (qaqir) asosan loy, temir va marganetsdan tashkil topgan. Xususan, qaqirdagi marganets konsentratsiyasi atrofdagi landshaftga nisbatan 50 marotaba katta bo‘lishi mumkin. Laboratoriya tajribalari shuni ko‘rsatadiki, bu elementning shakllanishiga mikroorganizmlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ayrim tadqiqotchilar bu moddaning qoyalardagi ishqorli yuvilishi, yoki samodan tushuvchi chang tufayli hosil bo‘ladi deb hisoblaydilar.

4. Uturunku  
 Uturunku – Boliviyaning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan balandligi 6000 m bo‘lgan vulqon bo‘lib stratovulqonlar toifasiga kiradi. Oxirgi  marotaba u 300 000 yil avval uyg‘ongan. So‘nggi 20 yil ichida sun'iy yo‘ldoshdan olib borilgan kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, vulqon o‘chog‘i uyg‘onganda undan bir soniyada bir kub metr magma otilib chiqar ekan. Natijada vulqonning 70 km atrofidagi yerlar har yili bir necha santimertlarga ko‘tariladi.
 Vulqonga oid javobsiz savollarning birinchisi: bu jarayon qanchadan beri davom etib kelayotganidir.
 Yana bir savol: kelajakda Uturunkuga nima bo‘ladi? Oregon shtati Universitetida faoliyat olib boruvchi olim Shan de Silva vulqonni 2006-yildan buyon o‘rganib kelmoqda.U Uturunku supervulqon bo‘lishi mumkin degan fikrda. Boshqa geologlar esa buni tasdiqlovchi dalil yo‘q ekanligini aytmoqdalar.

5. Xiller ko‘li 
 Xiller – dunyoda eng kam o‘rganilgan pushti rangli ko‘ldir. U 1802-yilda Avstraliya cho‘lining ekologik toza hududida kashf etilgan. Xillerni faqatgina osmondan tomosha qilish mumkin. Bu chora ko‘l atrofidagi yovvoyi tabiatni muhofaza qilish maqsadida ko‘rilgan. Shuning uchun ham ko‘l hanuz yaxshilab o‘rganilmagan.
 Ko‘l rangi "pushti saqich" rangini eslatadi. Uning suvi juda sho‘r bo‘lib, unda suzish xavfsiz. Boshqa ko‘llarni o‘rganish natijasida olingan hulosalarga ko‘ra ko‘l suvining noodatiy rangda bo‘lishini uchta sababini keltirish mumkin.
 G‘arbiy Avstraliyadagi pushti ko‘l rangi bilan Xillerdan qolishmaydi.Bu ko‘lda krevertkalar va galobakteriya deb nomlangan mikroorganizmlar yashaydi va ko‘l rangining pushti bo‘lishi ular bilan bog‘liq. Bundan kelib chiqib Xiller ko‘lida ham haqiqiy bakteriyalar va galobakteriyalar yashaydi deb tahmin qilish o‘rinli.
 Senegaldagi Retba ko‘li ham pushti rangda. Uning suvi ham juda sho‘r, lekin uning pushti rangda bo‘lishi suv o‘tlari bilan bog‘liq.
 Va nihoyat, Xiller ko‘li kimyoviy reaksiyalar sababli pushti rangda bo‘lishi mumkin. Suv tarkibidagi tuz ko‘ldagi boshqa modda bilan reaksiyaga kirishishi mumkin.
Yana bir sababi – optik illyuziya. Lekin bu sabab rad etilgan, chunki Xiller ko‘lidan olingan suv shisha idishda ham pushtilighicha qolaveradi.

6. Gavayi qangay shakllangan? 
 Gavayi orollari zanjiri – "qaynoq nuqta" da shakllangan orollardan iborat. Qaynoq nuqtalar – shunday mintaqalarki, ularda magma yuzaga ko‘tariladi va o‘n millionlab yillar davomida bir joyda turadi. Natijada vulqon orollari zanjiri paydo bo‘ladi, ular ichidagi eng kichik orolda vulqon harakatda bo‘ladi. Ular tekronik plitalardan uzoqda joylashgan vulqonlarning 5% ni tashkil etadi.
 Qaynoq nuqtalarning paydo bo‘lish sababi – geologiyadagi eng katta sirlardan biri. Nazariyaga ko‘ra, qaynoq magma shleyfi 3000 km chuqurlikdan yer mantiyasi va ichki yadro oralig‘idan o‘tadi. Bu nazariya "mantiya plyumi" nomini olgan. Biroq mantiya plyumi aslida mavduj ekanligi noma'lum. Laboratoriya tajribalari va nazariy modellar mazkur nazariya to‘g‘ri bo‘lishi mumkinligidan darak bermoqda.
 2011-yilda Massachusets Texnologiya Universitetining bir guruh olimlari o'tkazgan tajribalari natijasida bunday plyum nomiga "nomzod"ni aytib o'tdilar. U Gavaya orollarigan 725 km g‘arbda joylashgan issiqlik anomaliyasi bo‘lib, 800 km chuqurlikda joylashgan.

7. Grand-Kanyon necha yoshda? 
 Grand-Kanyon – Yer yuzidagi eng mashhur va ko‘p o‘rganilgan obyektlardan biridir. Bunga qaramay, uning yoshi to‘g‘risida aniq ma'lumot yo‘q. Bir guruh olimlar uning yoshi tahminan olti mln yil desalar, boshqalari 70 mln yil deb ta'kidlaydilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash