loading...

Birlashgan millatlar tashkiloti tizimi 

8180

BMT Nizomiga ko`ra uning oltita organi mavjuddir.
1.Bosh assambleya
  U BMTning bosh maslahat idorasidir. U a’zo bo`lgan har bir davlatning vakillaridan iborat bo`lib, ularning har biri bir ovozga egadir. Quyidagi o`ta muhim masalalar: tinchlik va xavfsizlik, yangi a’zolarni qabul qilish, byudjet masalasi bo`yicha qarorlar 2/3 ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Boshqa masalalar esa oddiy ko`pchilik ovoz berish yo`li bilan hal etiladi. Bosh Assambleya o`z sessiyasiga yilda bir marta to`planadi. Odatda sessiya har yilning sentyabr oyidan boshlanib dekabrning o`rtalarigasha davom etadi va o`z ishini yangi yil oldidan tugallaydi. Ayrim hollarda sessiya ishida tanaffus qilinib, uning ishini boshqa vaqtga ko`chirish hollari ham bo`lib turadi. Bunday holda sessiya ikki qismdan iborat bo`ladi. Har sessiya chaqirilganda u o`ziga yangi rais va uning 21 ta muovinini hamda 7 ta qo`mitaning raislarini saylaydi.
  Bundan tashqari Nizomga ko`ra, Xavfsizlik Kengashi taklifiga binoan, BMTga a’zo davlatning ko`pchiligi yoki alohida bir a’zo davlatlarning taklifi ko`pchilik davlatlar tomonidan ma’qullanganida maxsus sessiya yoki favqulodda maxsus sessiyalar ham chaqirilishi mumkin.
2.Qo`mitalar
1-qo`mita. Qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik qo`mitasi
2-qo`mita. Iqtisodiy va moliyaviy masalalar qo`mitasi
3-qo`mita. Ijtimoiy va gumanitar masalalar hamma madaniyat masalalar qo`mitasi
4-qo`mita. Ijtimoiy-siyosiy masalalar, mustamlakashilikni tugatish qo`mitasi
5-qo`mita. Ma’muriy va byudjet masalalari qo`mitasi
6-qo`mita. Huquqiy masalalar qo`mitasi
  Qo`mitalar o`z majlislarida ko`rilgan masalalar yuzasidan oddiy ko`pchilik ovoz berish yo`li bilan qarorlar qabul qiladi.
  Shunday qilib, BMTning faoliyati barcha a’zo davlatlardan tashkil topgan Bosh Assambleya tomonidan idora etiladi.
3.Xavfsizlik kengashi
  Xavfsizlik Kengashi - barcha a’zo-davlatlar nomidan ish ko`ruvchi BMTning markaziy siyosiy organi bo`lib, unga xalqaro tinchlik va xavfsizlik uchun asosiy javobgarlik yuklatilgan. BMT Xavfsizlik Kengashi to`xtovsiz ish olib boradi va direktiv vakolatga ega, uning chiqargan qarorlarini bajarish barcha a’zo-davlatlar uchun majburiy.
  Xavfsizlik Kengashi a’zolari sonining 1965-yili 11 tadan 15 taga yetganini hisobga olmasa, u asos solingan kundan boshlab, qariyb 57 yil davomida deyarli o`zgarishsiz qolmoqda.
  Beshta davlat Xavfizlik Kengashining doimiy a’zosi: Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH va Fransiya. Unta doimiy bo`lmagan a’zolar Bosh Assableya tomonidan ikki yillik muddatga saylanib, ular birdaniga ikki marta saylanish huquqiga ega emas.
4.Iqtisodiy va ijtimoiy kengash
  Iqtisodiy va ijtimoiy kengash asosiy iqtisodiy idora hisoblanadi. BMTning iqtisodiyotga tegishli barcha masalalarini ko`radi va tartibga soladi. Kengash 54 ta a’zodan iborat bo`lib, uch yil muddatga saylanadi va ularning har biri bir ovozga egadir. Ko`rilgan masalalar oddiy ko`pchilik ovoz berish yo`li bilan hal etiladi. Kengash BMTning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi faoliyati uchun javobgardir.
  Kengashning asosiy vazifasi xalqaro miqyosda iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish va davlatlar uchun tegishli tavsiyanomalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish yo`l-yo`riqlarini ko`rsatishdan iborat.
  Iqtisodiy va ijtimoiy Kengash bir yilda bir marta o`zining sessiyasini o`tkazadi. Sessiya navbati bilan besh hafta davomida Nyu-York va Jeneva shaharlarida ishlaydi. Sessiyalar orasida uning qo`mitalari va komissiyalari muntazam ish olib boradilar va Kengash sessiyasiga hisobotlar, ma’ruzalar va tegishli hujjatlar tayyorlaydilar. Kengash tarkibida uning yordamchi idoralari sifatida 9 ta: statistika, aholining joylanishi va rivojlanishi, sotsial ishlar bo`yicha, giyohvandlik ishlari bo`yicha, jinoyatning oldini olish va jinoyat qonunchiligi, fan va texnika kabi komissiyalar faoliyat ko`rsatadi.
5.Xalqaro sud
  Xalqaro sud Gaaga (Niderlandiya) shahrida joylashgan. Uning statusi, ya’ni vazifasi va huquqlari Nizomda belgilangan. Unga a’zo davlatlar va a’zo bo`lmagan davlatlar ham murojaat qilishlari mumkin. Sharti shuki, har bir davlat uchun Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga binoan Bosh Assambleya ruxsat berishi kerak. Sudga jismoniy shaxs, ya’ni yakka tartibda fuqarolar murojaat qila olmaydilar. Xavfsizlik Kengashi va Assambleya har qanday huquqiy xarakterdagi masala yuzasidan tushunchalar, sharxlar olishi mumkin.
Xalqaro sud 15 ta saylangan a’zolardan iborat. Ular mutaxassisliklariga ko`ra Assambleya va Xavfsizlik Kengashlari tomonidal 9 yil muddatga saylanadilar va qayta saylanishlari mumkin. Har uch yilda ularning uchdan bir qismi yangidan saylanib turadi.
6.Kotibiyat
  Kotibiyat turli davlatlar vakillaridan tashkil topgan bo`lib, Nyu-York va boshqa a’zo davlatlarning shaharlarida ham ish yuritadi. Vazifasi BMTning siyosatini, iqtisodiy, ijtimoiy faoliyatini joylarda amalga oshirishdan iborat. Kotibiyat juda ko`pchilikni tashkil etadi. Ular 170 dan ortiq mamlakat vakillaridan, 14000 kishidan iborat. Bularning barchasiga Bosh kotib rahbarlik qiladi. U Xavfsizlik Qo`mitasi tavsiyasiga binoan Assambleya tomonidan 5 yil muddatga saylanadi, qayta saylanishi mumkin. Bosh kotiblik lavozimiga tajribali, dono siyosatchi, diplomat shaxs saylanadi.
BMT Bosh kotiblari.
1. Trogve Li (Norvegiya)- 1945-1953 yillar.
2. Dag Xammarvilev (Shvetsiya)-1953-1961 yillar.
3. Tan (Birma)-1961-1971 yillar.
4. Kurt Volf Xaym (Avstriya)-1972-1981 yillar.
5. Xaver Peres de Kuyelyar (Peru)-1982-1991 yillar.
6. Butros Butros Foliy (Misr)-1992-1997 yillar.
7. Kofi Annan (Gana)-1998-2006 yillar.
8. Pan Gi Mun (Janubiy Koreya)-2007 yildan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash