loading...

Toshkent teleminorasi 

8895

 Toshkent teleminorasi Oʻrta Osiyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 375 metrdir. Rasmiy tilda Toshkent teleminorasi H-375m obyekti deb ataladi. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bitilgan. 1985-yilning 15 yanvarida ishga tushirilgan.
 Ishga tushirilayotgan paytida Toshkent teleminorasi jahonda balandligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan. O‘shanda u Toronto, Moskva, Nyu-York va Tokiodagiinshootlar qatorida dunyoning buyuk minoralari xalqaro federatsiyasining a’zosiga aylangan. Bugungi kunda u Markaziy Osiyoning shu xildagi yagona va eng baland binosi hisoblanadi. MDH davlatlari teleminoralari ichida esa, Ostankinodan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Tarixi.
  XIX asrning 60-yillariga kelib televideniye va radio O‘zbekiston madaniy hayotida mustahkam joy egallay boshladi. 1957-yilda bunyod etilgan 180 metrlik birinchi O‘zbekiston telemarkazi 4 millionlik poytaxt va Toshkent viloyati aholisi ehtiyojini yetarlicha qondirish, televizion ko‘rsatuvlarni ko‘paytirish va tog‘li tumanlarga dasturlarni yetkazishga ojizlik qilib qoldi.
  1971-yilning 1-sentabrida O‘zbekiston Aloqa vazirligi (hozirgi Respublika Aloqa va axborotlashtirish agentligi) tasarrufida Toshkent radiotelevizion uzatish markazi qurilishi direksiyasi tashkil etildi. Qisqa fursat ichida yangi teleminora loyihasini tayyorlashga kirishildi. Loyiha juda sinchkovlik bilan o‘rganildi, qayta-qayta sinovlardan o‘tkazildi. Chunki bunday balandlikdagi inshoot qurilishi hali tajribada bo‘lmagandi. 1978-yilda teleminora qurilishi boshlandi.
  Har qanday inshootning mustahkamligi albatta poydevoriga bog‘liq. Teleminoraning to‘rt tayanchi va unga tutashgan uchta oyoqlari 11 metrlik chuqurlikdan ko‘tarilib chiqilgan, bir-biri bilan bog‘lanmagan temir-beton asoslarga tayangan bo‘lib, muvozanatini o‘ta yuqori darajada ushlab turishga qodir klassik tizim yaratildi.
  Teleminora qurilishi "11-Balandqurilish” boshqarmasi quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. 1984-85-yillardagi qahraton qish sharoiti, balandlik va muntazam shamol, tobora yuqorilab borayotgan qurilmalar nishab o‘lchovini to‘g‘ri olish oson kechmadi. Qurilishda Rossiyalik mutaxassislar ham faol ishtirok etishgan. Minora qurilishi 25 tonna yukni 240 metr balandlikka ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan maxsus kran yordamida amalga oshirilgan. 
 1985-yil 15-yanvarda Poytaxtning Yunusobod tumani Bo‘zsuv yoqasida Toshkent teleminorasi qad rostladi, inshootning eng baland nuqtasida bayroq hilpiray boshladi.
Teleminora raqamlarda 
  Balandligi-375 m. (14 ta to‘qqiz qavatli uy va yana bitta bir qavatli uyning umumiy balandligi bilan teng) Poydevor chuqurligi-11 m Qurilmaga tirgak bo‘lib turgan po‘lat oyoqlar uzunligi-93 m. Po‘lat oyoqlar poydevori diametri-15 m Teleminora qurilish materiali-yaxlit payvandlangan po‘lat Minoraning og‘irligi (jihozlarsiz)- 6000 tonna. (Bu 6192 dona „Neksiya" avtomobilining jamlangan og‘irligiga teng.)
Teleminoraga chiqish uchun Shveytsariyaning uchta "Shindler” lifti o‘rnatilgan bo‘lib, ularning tezligi 1 soniyada 4,8 metrni tashkil qiladi. 

Minora qoʻllanishi 

 Toshkent teleminorasining asosiy vazifalari tele va radiouzatuvdir. Signal Toshkent shahri, Toshkent viloyati, qisman Sirdaryo viloyati hamda Qozog'iston janubiga uzatiladi. Bundan tashqari gidrometeorologiya xizmati ham oʻtaladi.  

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash