loading...

Geografik qobiq bo`yicha savol-javoblar 

9892

Gidrosfera
1. Qaysi okean maydoni butun quruqlik maydonidan katta? 2. Qaysi okean suvlari beshta materik qirg'oqlarini yuvib turadi? 3. Qaysi okean suvlari to'rtta materik qirg'oqlarini yuvib turadi? 4. Yer yuzidagi eng chuqur okean qaysi? 5. Okean yotqiziqlari bilan materik yotqiziqlarining bir-biridan qanday farqlari bor? Bu farqlar qanaqa? 6. Yer sharidagi eng katta orol nomini ayting. Uning maydoni qancha? 7. Qaysi orolda aysberglar hosil bo'ladi? 8. Qaysi qo'ltiqda suv, eng balandga qalqib ko'tariladi? 9. Dengiz suvida 27 g tuz bo'lsa, bu suvning sho'rligi qancha, ya'ni necha promillega teng bo'ladi? 10. Qizil dengizning 1 t suvidan qancha tuz olish mumkinligini hisoblab chiqing? 11. Qora dengiz suvining sho'rligi o'rtacha - 18%, Qizil dengiz suvi­ning sho'rligi o'rtacha - 42%. Bu ko'rsatkichlarning farqlanishi sabablarini tushuntirib bering? 12. Qora dengizning 5 m.kub suvidan qancha tuz olish mumkin? 13. Dengiz suvining qalqishiga sabab nima? 14.Okeandagi yuza oqimlar sababi nima? 15. Niagara sharsharasi qaysi ma-terikda joylashgan? 16. Qaysi daryo Pomir toglaridan boshlanadi? 17. Qaysi daryo Yevropada eng uzun? 18. Qaysi daryo G'arbiy Sibir tekisligi bilan O'rta Sibir yassi tog'ligi o'rtasida chegara hisoblanadi? 19. Qaysi daryo Valday qirlaridan boshlanadi? 20. Qaysi daryo Don kanali bilan tutashtirilgan? 21. Qaysi daryo dunyoda eng uzun? 22. Qaysi daryo dunyoda eng katta havzaga ega? 23. Qaysi daryoga Rossiyadagi eng katta GES qurilgan? 24. «Hayot daryosi» deb atalmish Qoraqum kanali qaysi daryodan boshlanadi?

ATMOSFERA
1.Havoning asosiy qismi atmosferaning qaysi qismida to'plangan, uning nomi nima va chegaralari qayerlardan o'tadi? 2.lyul oyida Pomir, Kavkaz va Janubiy Ural tog'lari etaklarida havo harakati +36°, +24°, +20°C bo'lsa, bu tog'lar tepasidagi oylik o'rtacha harorat qancha bo'ladi? 3.Termometr 8 km balandlikda -18°C ni ko'rsatadi. Bu vaqtda Yer yuzasidagi harorat qanchaga teng bo'ladi? 4.Agar tog' etagidagi harorat +26°C, tepasidagi esa -10°C bo'lsa, bu tog'ning balandligi qanchaga teng bo'ladi? 5.Shamol kuchi nimaga bog'liq va u qanday birlik bilan olchanadi? 6.Briz shamoli qayerlarda esadi? 7.Uning yo'nalishi bir kecha-kunduzda necha marta o'zgaradi va nima uchun? 8.Musson shamollari qayerlarda esadi? 9.Bu shamollar o'z yo'nalishini yiliga necha marta va qanday o'zgartiradi? 10.Sinf xonasida hajmi 200 m3 havo bor, uning harorati +20°C bo'lsa, bu havo o'zida necha litr suvni tutib turishi mumkin? 11.To'p-to'p, patsimon va qatlamli bulutlar qanday balandlikda paydo bo'ladi? 12.Bir xil kulrang, osmonni sidirg'a parda kabi qoplovchi va tumanga o'xshab ketuvchi bulutlar? 13.Osmonda har yer-har erda betartib uyilib yotgan paxta to'plari yoki bahaybat tog'larni eslatuvchi bulutlar? 14.Ko'zni qamashtiradigan darajadagi oppoq, ip yoki to'r shaklidagi bulutlar? 15.Jala va momaqaldiroq keltiradigan bulutlar? 16.Havoning gorizontal yo'nalishdagi harakati? 17.Troposferaning muayyan joydagi va ayni vaqtdagi holati? 18.Biz qaysi qobiqning tubida yashaymiz? 19.«Beshinchi okean» nomi bilan ataladigan qobiq? 20.Yerning qattiq qobig'i? 21.Dunyo okeani qaysi qobiq tarkibiga kiradi? 22.Biz qaysi qobiqning ustidan yuramiz? 23.Qaysi qobiq tufayli sayyoramiz qattiq qizib ketmaydi? 24.Qaysi qobiqda Yerning Oy tortishish hodisasi kuzatiladi? 25.Geyzer va vulkanlarning paydo bo'lishi qaysi qobiqning ichki issiqligiga bogliq? 26. Zilzilaning o'chog'i, zilzila sodir qilgan Yer qa'ri, sinish, siljish, uzilish zonasi va epitsentri deb nimaga aytiladi? 27.Palaxsa tog'lar qanday paydo bo'ladi? 28.Tog'lar qanday jarayonlar ta'sirida o'zgaradi? 29.Dyunalarning barxanlardan nima farqi bor? Qanday qilib ular kengayishining oldini olish mumkin? Dyunalar dengiz, daryo sohillarida, barxanlar esa qumli cho'llarda bo'ladi. 30.Orol yarimoroldan nimasi bilan farq qiladi? 31.Odamlar nima maqsadda qanday suv havzalari barpo etadilar?

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash