O'zbekiston ekologik harakati
Resurslardan oqilona
foydalanish sohasidagi qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning
ijro etilishi ustidan jamekologiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish
mexanizmlarini rivojlantirish Ekoharakatning asosiy vazifalaridan biridir.
O'zbekiston ekologik harakati va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
deputatlari guruhi "Sog'lom muhit — inson salomatligi” g'oyasini asosiy shiori,
deb biladi va atrof-muhit muhofazasi, aholi salomatligini mustahkamlash
sohasida rejali asosda keng qamrovli ishlarni bajarmoqda. Atrof-muhitni
muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to'g'risidagi qonun
hujjatlarini takomillashtirishda bevosita ishtirok etish, qonun hujjatlari va
davlat miqyosidagi boshqa qarorlar markazda hamda joylarda to'liq ijro
etilishiga samarali ta'sir o'tkazishda Ekoharakatning O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi vakillari muhim o'rin egallamoqda.
Ekoharakatga ushbu
imkoniyatlar mamlakatimizning demokratik rivojlanish yo'lidagi faoliyatini
yanada jadallashtirish hamda kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga
qaratilgan normalarni o'zida ifoda etgan bir qator qonun hujjatlarining, shu
jumladan, 2008 yilning 25 dekabrida qabul qilingan "Saylov to'g'risidagi qonun
hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining
ayrim qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning
qabul qilinishi bilan yaratildi.
Mazkur Qonun bilan
Konstitutsiyaga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi
deputatlik o'rinlari sonini bir yuz yigirmatadan bir yuz elliktaga
ko'paytirishni nazarda tutuvchi o'zgartish kiritildi. Shulardan o'n beshta
deputatlik o'rni ekologiya va sog'liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan
olimlarni, mutaxassislarni, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini
birlashtirgan jamoat tashkiloti — O'zbekiston ekologik harakati vakillari uchun
ajratildi. Mamlakatimizning Asosiy Qonuni hamda tegishli boshqa qonun
hujjatlari takomillashtirilishi saylov to'g'risidagi qonun hujjatlarini
bosqichma-bosqich liberallashtirish va demokratlashtirish yo'lidagi navbatdagi
muhim qadam bo'ldi.
Ta'kidlash joizki,
O'zbekiston ekologik harakati siyosiy tashkilot hisoblanmaydi. Uning asosiy
maqsadi mamlakatning barcha aholisi manfaatlari uchun birdek daxldor bo'lgan
atrof-muhit muhofazasi va inson salomatligini saqlash masalalari bilan
shug'ullanishga yo'naltirilgan. O'zbekiston ekologik harakatiga kvota asosida
15 nafar deputatni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylash huquqining
berilishi davlatimiz tomonidan O'zbekiston fuqarolari hamda kelajak avlodning
qulay atrof-muhitga bo'lgan huquqini kafolatlash, aholi salomatligini
yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona
foydalanishni ta'minlash yo'lida amalga oshirilayotgan izchil choralardan
hisoblanadi.
"O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to'g'risida”gi Qonunga ko'ra, O'zbekiston
ekologik harakatidan Qonunchilik palatasining o'n besh nafar deputati mazkur
harakatning oliy organi (Konferentsiya) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi
belgilaydigan muddatlarda saylanadi. O'zbekiston ekologik harakatidan
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko'rsatish va ularni saylash
tartibi ham Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. O'zbekiston
ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga deputatlar sayloviga tayyorgarlik
ko'rish va uni o'tkazish ochiq hamda oshkora amalga oshiriladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.