loading...

Geoekologiya 

7348

  Ekologiyaning yuqori bosqichidagi ekotizimlar (geotizimlarni), shu jumladan, biosferani ham tadqiq etuvchi bo‘limi. Geoekologiya landshaft ekologiyasi, biogeotsenologiya deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar — o‘simlik, hayvonot dunyosi va odamning atrof-muhit bilan munosabatlari fan va texnika taraqqiyotining jadallashuvi tufayli borgan sari keng miqyosda sodir bo‘lib, avvalgi tabiiy muvozanat ayrim joylarda buzilish arafasida, ba’zi o‘lkaiarda esa u butunlay buzilib, xavfli, hatto halokatli ekologik vaziyat tarkib topmoqda. Inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir kelib chiqishi jihatidan aslida, ekologik muammo hisoblanadi, lekin u ma’lum makonda, turli miqyosda va tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy geografik qonuniyatlar asosida ro‘y bergani sababli geografik muammo ham hisoblanadi. Shu jihatdan qaraganda, ekologik muammoni qisqacha qilib «geoekologik muammo» deb qarash mumkin.
  Geoekologik muammo muntazam ravishda o‘zgaruvchi va rivojlanuvchi, ko‘p tizimli, ko‘p sonli oddiy muammolar majmuasidir.
  Insonning tabiatga ko‘rsatgan ta’siri me’yordan ortib ketishi bilan, tabiatning aks ta’siri unga bo‘lgan ta’sir hajmidan bir necha barobar oshib ketishi mumkin. Bunga Orol bo‘yida sodir bo‘layotgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini misolga keltirish mumkin.
  Orol dengizining qurib borayotganligi eng yirik geoekologik muammo hisoblanadi. Dengizning qurigan qismida tuz to‘planishi tezlashib borayapti.
  Orol dengizi sathining pasayib borishi, Amudaryo va Sirdaryo deltalariga suvning muntazam kelmay qo‘yganligi, eng dahshatlisi suv sho‘rligining muntazam ortib borishidir, shu bilan birga zaharli chiqindilar bilan ifloslanishi tufayli Orol bo‘yi hududlarida cho‘llashish jarayoni kuchayib borishidir. Daryo bo‘ylarining asosiy o‘simlik turlari - to‘qaylar quriy boshladi. Qurigan to‘qaylar o‘rnida yulg‘unzorlar paydo bo‘ldi.
  Tabiiy muhitning, xususan daryolar suvining ifloslanishi, iqlimning o‘zgarishi, aholining yashash sharoitini murakkablashtirmoqda. Orol muammosi ko‘p qirrali muammo, u yirik mamlakatlarni ya’ni Markaziy Osiyo hududini o‘z ichiga olgani uchun ham, uning yechimi Amudaryo va Sirdaryo hududlaridagi yer-suv masalalarini ijobiy hal qilish bilan bog‘liqdir. Bu muammo o‘ta qaltis va fojiali ekanligi uchun uni tez va ijobiy hal qilish kerak. Buning uchun faqatbizning respublikamiz emas, balki ko‘pgina davlat tashkilotlari, bir qator kengash va yig‘ilishlarning maqsadi Orol dengizi havzasida vujudga kelgan tang vaziyatni normallashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish yuzasidan choralar ko‘rishga, Orol bo‘yidagi, og`ir ahvolga tushib qolgan aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berishdan iboratdir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash