Suv bor joyda hayot bor!
Tabiatda eng ko‘p tarqalgan
moddalardan biri suvdir. U kislorod va vodorod elementlaridan tashkil topgan.
Suv yerdagi hayotning manbai, uni odamlar, hayvonlar, o‘simliklar ehtiyojlari
uchun iste’mol qiladilar. Bundan tashqari odam undan turli maqsadlarda, ya’ni
qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, maishiy turmushda va boshqalarda
ishlatadi.
Inson
ovqatsiz bir oygacha yashashi mumkin, lekin suvsiz bir necha kundan ortiq
yashay olmaydi.
Insonning
keyingi davrlarda chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda
o‘rtacha yillik suv sarfi dunyo bo‘yicha 3,5 ming km.kubni tashkil
etadi. Yer yuzidagi daryolarning yillik oqimi 50 ming km.kub. Ichimlik
uchun yaroqli suv nihoyatda oz. Ular ham asosan doimiy qutb muzliklari
hisoblanadi.
Bizning
Vatanimizda aholi jon boshiga o‘rtacha suv bilan ta’minlanishi 350-350 litr
tashkil etadi. Toshkent shahri aholisi taxminan 700-800 litr sutkasiga suv
ishlatadi. Yoz oylari ushbu ko‘rsatkich 1000 litrgacha etadi.
Ichimlik
suviga yildan-yilga talabning ortib borishi bilan birgalikda uning ifloslanishi
ham ortib bormoqda. Sanoat va maishiy turmush chiqindilari, zaharli moddalar
bilan daryolar ifloslanmoqda. Sanoat ishlab chiqarishi har yili 60 km.kub yaxshi tozalanmagan oqova suvlarni daryolarga chiqaradi. Natijada daryolarning
10% hatto rivojlangan davlatlarda 30% ortiq qismini ifloslanishiga sababchi
bo‘ladi.
0‘zbekistonda foydalaniladigan suvning 85% qishloq xo‘jalik maqsadlari
uchun sarflanadi. Sug‘oriladigan
yerlardan chiqadigan (mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar bilan ifloslanadi)
suvlarning daryolarga qo‘shilishi ularni ichishga yaroqsiz holga keltirib
qo‘ymoqda.
Chorvachilik
fermalari, maishiy xizmat korxonalari, keyingi yillarda yer osti va yer usti
suvlarini ifloslanishiga katta ta’sir etmoqda.
O‘zbekistonda hozirda
ifloslangan oqova suvlarni tozalovchi 600 dan ortiq turli inshootlar ishlab
turibdi. Daryo suvlarining awalgidek, musaffo va chuchuk bo‘lishini
ta’minlashning muqobil yo‘li ularga tushayotgan oqova suvlarni kamaytirish va
butunlay to‘xtatish kerak. Shuningdek, chuchuk suvdan tejab-tergab, oqilona
foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.