loading...

Birlashgan millatlar tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD) 

4010

  Birlashgan Millatlar Tashkiloti turli yo’nalishlarda faoliyat yuritayotgan juda ko’plab agentliklarga ega. Shulardan biri - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi, qisqacha BMTTDdir. BMTTD a’zo davlatlarga mamlakat rivoji uchun ishlab chiqilgan dasturlami amalga oshirishda ko‘maklashadi. Ayrim dasturlami ishlab chiqishga yordam beradi, ayrimlarini moliyaviy ta’minlaydi va yana boshqalarini esa amalga oshirish uchun jahon hamjamiyati e’tiborini tortadi.
  Birlashgan Millatlar Tashkilotining 0‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi 1993-yilda ochilgan edi, 1994-yilda esa ayrim dasturlami: xususiy sektor va madaniyatni rivojlantirish, xususiylashtirish, atrof-muhit muhofazasi dasturlarini amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.
  Mamlakat bilan hamkorlik dasturi BMT Taraqqiyot Dasturining har bir mamlakat bilan hamkorlik yo ‘nalishini belgilab beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Mamlakat bilan hamkorlik dasturi hukumat bilian birgalikda ishlab chiqiladi va amaldagi tartibga ko‘ra besh yillik muddatga mo‘ljallanadi. Dastur milliy rejalar va ustuvor yo’nalishlarga asoslanadi, mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari hamda hamkorlikning avvalgi tajribalarini hisobga oladi.
 BMTTD va O‘zbekiston hukumatining qo‘shma dasturi hisoblangan Atrof-muhit dasturi esa 2002 yilning yanvar oyidan amalga oshira boshlandi va 2004-yilning oxiriga qadar davom etadi.
  O’zbekiston mustaqilikka erishganidan so’ng atrof-muhit bo’yicha o’ndan ortiq xalqaro konvensiyalarga qo’shildi. Bu bilan 0‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy xalqaro konvensiyalarga rioya etish majburiyatini oldi. Atrof-muhit dasturi ushbu konvensiyalarning bajarilishida O’zbekistonga ko’mak beradi. Bular iqlim o'zgarishi, ozon qatlaminmg buzilishi, suv havzalarining ifloslanishi, biologik xilma-xillikni saqlab qolish, sahrolanishga qarshi kurash kabilarni o’z ichiga oladi. Atrof-muhit musaffoligini ta’minlash inson faoliyati, ishlab chiqarishjarayoni bilan bog'liqdir. Shuninguchun ham jahondagi va har bir mamlakatdagi ekologik sharoitni faqat insonning o‘zigina yaxshilashi mumkin. Shu tariqa bir mamlakatdagi ekologik vaziyat dunyo miqyosida ahamiyat kasb etishi mumkin. Ayni shu sabab Global Ekologik Jamg‘arma O’zbekistondagi loyihalarni moliyaviy ta’minlar ekan, avvalo muammoning dunyo ahamiyatiga molik ekaniga e’tibor beradi.
  Atrof-muhit dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar O’zbekistonga yordam berar ekan avvalo mamlakatning o’zida ekologik muammolarni yechishga qodir mexanizm yuzaga kelishiga diqqat qaratadi. Atrof-muhit dasturining O’zbekiston Tabiatni muhofa qilish davlat qo’mitasi bilan birgalikda tashkil etilgani ham mamlakat salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
  Natijada O’zbekisaton kelajakda mamlakatdagi mavjud ekologik muammolarni tashqaridan beriladigan yordamsiz hal eta oladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.