loading...

Ekologik maslahatlar 

8241

 Bugungi kunda atrof-muhit qanchalik betob bo‘lib qolganini veb-saytnining ekologiya bo`limi bilan tanishish davomida bilib olasiz. Avvalo, har birimiz qo’limizdan kelgangancha atrof-muhitni tiklash uchun yordam ko’rsatishimiz kerak. Tabiiy muhitni himoya qilishimiz kerak. Bu ishga bel bog`laganlar uchun bir necha maslahatlar beriladi. Buning uchun quyidagilarga amal qiling: 
Birinchi maslahat.
  • Agarda siz atrof-muhitni himoya qilishga "Men qo’shadigan ulush arzimagan bo'ladi" deb o‘ylasangiz, xato qilasiz!
  • Hech narsa qilmagandan ko‘ra, oz bo`lsa ham ulush qo‘shgan ma’qul. Yodingizda bo‘lsin, yer yuzida sizga o’xshagan millionlab kishilar bor.
Ikkinchi maslahat.
  • Agarda bugundan boshlab umumiy ishga o‘z hissangizni qo‘shmoqchi bolsangiz, atrofingizga yaxshilab qarang, o‘shanda qilinadigan ish juda ko‘pligiga amin bo‘lasiz.
  • Axlat chelagini bo‘shating, kitob javoni va yozuv stolidagi changlami artib chiqing, polni tozalang, gullarga suv quying. Yodingizda bo`lsin, siz bu harakatlaringiz bilan xonadoningizdagi ekologik vaziyatni yaxshilagan bo`lasiz.
  • Belkurakni olib hovlidagi daraxtlar tagini yumshating, ularning umrini uzaytirgan bo`lasiz. Agarda tagi yumshatilib turilmasa har qanday navqiron daraxt ham qurib qoladi.
  • Kir yoyish uchun yosh nihollarga arqon bog`lash ma’qul emasligini qo‘shningiz va boshqalarga tushuntiring.
  • Do‘stingiz bilan qushlar donlaydigan yemakxona yasang, o‘shanda har kuni tongda sizni qushlarning quvnoq sayrog’i uyg‘otadi.
  • Vodoprovod jo‘mraklarining ahvoliga qarang va kattalar yordamida ularni ta’mirlang, shunda siz toza ichimlik suvini tejab qolish uchun o‘z hissangizni qo‘shgan bo`lasiz.
Uchinchi maslahat.
  • Eski daftar, kitob, ro’znoma va jumallami axlatga tashlab yubormang, ularni alohida yig‘ing va makulatura qabul qiladigan shoxobchalarga topshiring, o‘shanda siz o’rmonlarni saqlab qolishga yordam bergan bo`lasiz.
To ‘rtinchi maslahat.
  • Ekologik shanbaliklarda qatnashing!
  • Yodingizda bo`lsin, agarda har birimiz maktab hovlisini, uyimiz atrofini tozalab, daraxtlar ekib qo‘ysak, sayyoramiz yanada musaffo va yashil bo`ladi.
Beshinchi maslahat.
  • Uyingiz oldidan oqib o‘tadigan ariq va kanallar tozaligiga e’tibor bering. Ularga axlat tashlamang, kir va idish yuvilgan iflos suvni oqizmang.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash