loading...

Suv haqida yana bir bor 

5673

  Suv haqida sizlarga yana bir bor gapirib bermoqchimiz. Vodoprovod jo‘mraklaridan oqadigan toza suv haqida emas, balki xonadonlarimizda, sanoat korxonalarida, ekin erlarida ishlatilgan suv haqida.
  Ishlatilgan suv o‘z nomiga ega - u "oqava” suv deyiladi. Oqava suvlar turli xil bo‘ladi.
Xonadonlar, idoralar, maktab yuvinish xonalari va hojatxonalardan chiqqan suv maishiy oqava suv deb ataladi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida yoki qazilma boyliklami (ко ‘mir, neft, kon va h.k.) qazib olish paytida foydalanilgan suv - ishlab chiqarish oqava suvi deb ataladi.
 Sho'rlangan ekin erlarini yuvishda ishlatilgan oqava suv - kollektor-drenaj suvi deyiladi. Chunki ular erai yuvib o‘tib, maxsus kollektorlarga yig‘iladi.
  Oqava suvlarning yana bir turi - atmosfera suvlaridir. Ular yomg‘ir yog’ganda va qorlar eriganda shahar ко’chalarini yuvib anhorlarga qo’shiladi. 
 Ishlab chiqarishdagi oqava suvlar ifloslangan va toza suvlarga bo‘linadi. Albatta, ikkinchisini shartli ravishda toza deb atashadi.
  Iflos oqava suv texnologik jarayondan keyin tashkil bo‘ladi va turli aralashmalardan iborat bo ‘ladi. Ulaming tarkibi ishlatilgan xom ashyo va texnologik jarayonlarga bog‘liqdir.
 Iflos suvda turli aralashmalar miqdori judayuqori bo’ladi. Agai'da ifloslangan suv tozalanmasdan daryolarga oqizilsa, ular nafaqat daryodagi baliq va mikroorganizmlami o'ldiradi, balki daryoning "o'lishiga” ham sabab boiadi, ya’ni daryo tubi qumlanib, qirg‘oqlari buziladi.
  Zavod va fabrikalarning ifloslanmagan oqava suvlari bunday buzish kuchiga ega emas, ularning tarkibida iflos aralashmalar juda oz miqdor bo’ladi, lekin ular doimiy ravishda yomonlashadi va suvdagi jonzot turlarining o‘zgarib ketishiga olib keladi.
Maishiy oqava suvlami ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri daryolarga oqizib boimaydi, chunki ular daryo suvini bakteriya va mikroblar bilan ifloslantiradi. Maishiy oqava suvlarda azot va fosfor ko‘p. Ular mikroorganizm va suv o‘tlari o‘sishini tezlashtirib yuboradi, bu esa suvning "gullashiga” olib keladi.
  Daryo uchun atmosfera suvlari ham falokatli bo’lishi mumkin, chunki yomg’ir suvi yo’ lida uchragan texnika moyi va neft qoldiqlarini yuvib keladi. Suvdagi neft dog'lari daryo jonzotlari uchun zarur boigan kislorodga to'sqinlik qiladi, oqibatda ular halok bo‘lishi mumkin.
  Daryolarni oqava suvlardan himoya qilish uchun ularning tozalanishini ta’minlash kerak. Oqava suvlarni qanday tozalash kerakligini keyinroq bilib olasiz. Kitobni yopib qo’yishga hali vaqt bor.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.