loading...

Chang muammolari 

6876


Uyingizni endi tozalab chiqasizda, stolingiz ustiga yana chang o'tiradi - bu hol bilan hamma tanish. Uyga chang qayerdan kirib keladi?

Ushbu savolga ekologiya borasida ilg’or bo’lgan Germaniyalik olimlar javob berishga harakat qilishdi.

Germaniyaning Sog‘liqni saqlash Federal tarmog’i qoshidagi suv havzalari, tuproq va atmosfera gigiyenasi institut mutaxassislari Berlindagi 400 ta xonadonda tajriba o’tkazishdi. Ular har bir xonadonga plastmassa stakanchalar o‘rnatib chiqishdi. Bir yildan so’ng bu stakanchalarga tushgan chang o’rganib chiqildi. Ma’lim bo’lishicha, bir kujbda bir kvadrat metrga 0,27 mg.dan 173,7 mg.gacha, o‘rta hisob bo‘yicha esa 7,6 mg. chang o'tirar ekan. Shunday qilib, bir yilda har metrda uch gramm chang yig'ilar ekan.

Chang eski uylarda ko’p bo‘ladi. Gilam yozilgan uydan ko‘ra polga hech narsa to’shalmagan xonadonlarda chang ikki barobar ko‘proq uchib yuradi. Bunga ajablanmasa ham bo ‘ladi, chunki gilamlar chang yig ‘adi.

Yana bir qiziq kuzatuvga e’tibor bering: qishloqdagi uylarda shahardagilarga qaraganda chang ko'proq bo‘ladi. Ammo uning tarkibi zararsizroqdir, chunki changda mayda qum zarrachalari shaklidagi kalsiy ko‘p.

Shahar atrofidagi tumanlarda chang ancha kam bo‘ladi. Biroq, chang tarkibida sanoat korxonalarining chiqindilari, kadmiy va qo‘rg‘oshin kabi zaharli elementlar ko‘p miqdorda bo‘ladi.

Changlarda aniqlangan elementlarning umumiy ro‘yxati Mendeleyevning kichik jadvaliga o‘xshaydi: alyumin va bariy, temir va kaliy, litiy va magniy, marganets va mis, natriy va nikel, fosfor, xrom, stransiy va hokazo.

Ushbu elementlarning ayrimlari o‘ta zaharlidir, ammo salomatligimiz uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi, chunki ularning zichligi juda kam.

Chang bilan birga xonadonimizda zarari yo‘q "noorganik” moddalar, salomatligimiz uchun zararli bo‘lgan mikroorganizmlar, mog’or zamburug‘lari, chang kanalari "uchib” yuradi.

Sog`lom kishi uchun po‘panak zamburug‘lari xavfli emas. Lekin ular ko‘payib ketsa, ayrim kishilar ushbu "xonadoshlaridan” aziyat cheka boshlaydilar. Mog‘orning oqsil moddalari xavflidir. Ular mayda chang bilan birlashib, allergiya keltirib chiqaradi. 

Mog‘orning ayrim turlari uyda o’zlari uchun qulay sharoit topadi, boshqalari esa uy jonivorlari orasida yashashni istaydi. Gul tuvaklarida ham mog‘or ko‘p uchraydi. Shuning uchun og‘ir bemorlarga tuvaklardagi o‘simliklarni sovg‘a qilish tavsiya etilmaydi.

Xonalarning nam devorlari va ularni kam shamollatib turish zamburugiar uchun qulay sharoit yaratadi.

Agarda devorda dog‘ga aylangan qora nuqtalar paydo bo‘lsa - bu mog‘orli zamburug‘dan darakdir. Gulqog‘oz yelimlari, bo’yoq, qog‘oz va boshqa organik materiallar ularga oziq bo‘lib r xizmat qiladi. Namlik esa ularning achishiga sabab bo’ladi. Agarda zamburug‘lar hali o‘rnashib olmagan bo'lsa, ularni denaturat spirti yordamida yo‘q qilish mumkin. Agarda "dushman” sizning devoringizga yaxshilab o‘rnashib olgan bo‘Isa, unda qo‘llash ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilgan holda kuchli vositalardan foydalanish kerak. Shuni inobatga oling: siz ishlatgan vosita qanchalik kuchli bo‘Isa uning inson uchun zarari ham ko'proq bo`ladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash