loading...

Eng, Eng, Eng… (geografik qobiqlar bo`yicha) 

134597

Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) 
Eng katta materik – Yevrosiyo. Maydoni – 54 600 000 km.kv. Geografik o`rni ancha qulay, shimolda Shimoliy Muz, sharqda Tinch, janubda Hind, g`arbda Atlantika okeanlari o`rab turadi. Materik o`zida Osiyo va Yevropa qit`alarini birlashtiradi. Shuningdek, materik bir qator ko`rsatkichlar bo`yicha dunyoda "rekordsmen” yoxud "super materik” hisoblanadi.
Eng kichik materik– Avstraliya. 7 659 000 km.kv. Avstraliya sharqda Tinch okeani va g`arbda  esa Hind okeani bilan chegaradosh. Materikda yagona davlat Avstraliya Ittifoqi joylashgan.
Eng sernam materik – Janubiy Amerika. Materikning sernam bo`lishida Atlantika okeanidagi Braziliya va Gviana iliq oqimlarining olib kiradigan yog`ingarchilik miqdori katta. Namgarchilikning ko`p saqlanib qolishining yana bir sababi materik qalin o`rmonzorlar bilan qoplanganligidadir.
Eng issiq materik – Afrika. Materikka bunday nom berilishining sababi, geografik o`rniga (ekvator chizig`ida joylashganligi), havo bosimi, havo massalari, okean oqimlari va relyefiga bog`liq. Yuqoridagi unsurlarning barchasi Afrikadagi issiq iqlimining tarkib topishiga sababchi bo`lgan.
Eng qurg`oqchil materik – Avstraliya. Ushbu eng kichik materikda bunday iqlim xususiyatining tarkib topishida tropik iqlim mintaqasi hukmronlik qilishidadir. Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog`in yog`adi. Yog`ingarchilikning asosiy qismi Katta Suvayirg`ich tizmasining sharqiy qismiga tushadi.
Eng sovuq materik – Antarktida. Ushbu muzli materik geografik o`rniga mos ravishda muz va qor bilan qoplangaligi boisdan unda sovuq iqlim xususiyatlari tarkib topgan. Bu yerda dunyodagi eng sovuq harorat kuzatilgan.
Eng baland materik – Antarktida.
Eng katta qit`a – Osiyo. Maydoni – 44 000 000 km.kv. Qit`a Yevrosiyo materigining sharqiy qismidagi katta hududlarni egallaydi. Yevropa qit`asidan Ural tizmasi orqali bo`linib turadi.
Eng kichik qit`a – Yevropa. Maydoni - 10 000 000 km.kv. Qit`a Yevrosiyo materigining g`arbiy qismidagi hududlarni egallaydi. Osiyo qit`asidan Ural tizmasi orqali bo`linib turadi.
Eng katta orol– Grenlandiya. Maydoni – 2 175 600 km.kv. Orol Tabiiy geografik jihatdan Shimoliya Amerika materigi hududining bo`lagi hisoblanadi. Siyosiy-ma`muriy jihatdan Daniyaga qarashli. Aholisi soni 57 000 kishi. Poytaxti – Nuuk shahri.
Eng katta daryo oroli – Morajo. Ushbu orol Amazonka daryosining Atlantika okeaniga quyilish qismida joylashgan.
Eng katta yarimorol – Arabiston. Janubiy-g`arbiy Osiyoda joylashgan. Maydoni - 3 250 000 km.kv. Yarimorol hududida 7 mamlakat hududi joylashgan.
Eng katta arxipelag – Malayya. Maydoni - 2 000 000 km.kv. Arxipelag tarkibida  10 000 orol mavjud. Eng yirik orollari: Kalimantan, Sumatra, Sulavesi, Yava v.b. Shuningdek, Kanada Arktikasi arxipelagi ham eng katta arxipelag sifatida e`tirof etiladi.
Eng uzun tog` tizmasi – Janubiy Amerika materigidagi And tog` tizmasi. Uzunligi – 9 000 km. Shimoliy Amerika materigidagi Kordilera tog’ tizmasi ham And tizmasining uzunligi bilan deyarli teng. Har ikkala tog` tizmasi ham meridianal yo`nalishda joylashgan.
Eng baland cho`qqi – Everest (Jamolungma). Bu cho`qqi Xitoy va Nepal davlatlarining chegarasida joylashgan. Dengiz sathidan balandligi 8848 metr. Cho`qqini ilk bor 1953 yil 29 mayda Norvegiyalik Edmund Xillari va Nepallik Tensing Norgey, O’zbekistonliklardan esa birinchi bo`lib, 1998-yilda Rustam Rajabov zabt etgan.
Eng baland suvlik va quruqlikdagi tog` – Gavayi orollarida joylashgan. Mauna-Loa nomi bilan ataladigan vulkanik-tog` Everestdan ham balandligi bilan ajralib turadi. Uni Tinch okeani tubidagi qismi bilan qo`shib hisoblaganda umumiy balandligi 10205 metrni tashkil etadi. Shundan 4205 metrlik qismi suv ostida joylashgan.
Eng baland harakatdagi vulqon – Janubiy Amerika materigidagi Lyulyaylyako vulqonidir. Balandligi - 6723 metr.
Eng katta tekislik– Amazonka. Maydoni – 5 000 000 km.kv. Janubiy Amerikaning shimoliy qismida, asosan Amazonka dayosining havzasini egallaydi.
Eng katta cho`l – Sahroi Kabir. Afrikaning shimoliy qismida joylashgan bo`lib, materikning 30% hududini egallaydi. G`arbdan sharqqa 4 800 km ga, shimoldan janubga 800-1200 km masofaga cho`zilgan. Maydoni 8 600 000 km.kv. Cho`l hududida 11 mamlakat joylashgan.
Eng katta qumli va baland cho`l – Takla-makon. Xitoyning g`arbida joylashgan. Maydoni – 300 km.kv. G`arbdan sharqqa 1000 km, shimoldan janubga 400 km masofaga cho`zilgan.
Eng katta dara – Kolorado kanyoni. Chuqurligi 2 km, uzunligi 320 km.
Eng katta yer yorig`i – Buyuk Afrika yer yorig`i. Afrikaning Akoba qo`ltig`idan Zambezi daryosining quyi oqimigacha davom etib, uzunligi 6500 km. Kelajakda Buyuk Afrika yer yorig`idan sharqdagi hududlar Afrikadan ajralib ketadi.
Eng uzun g`or – Flint Mamont. Uning uzunligi 565 metr. G`or AQSHning Kentukki shtatida joylashgan.
Eng chuqur g`or – Jan Bernar. Fransiyaning Alp tog` tizmasida joylashgan. Chuqurligi – 1535 metr.
Eng chuqur joy – O`lik dengiz yaqinida joylashgan. Ushbu hudud Isroil va Iordaniya hududida joylashgan. Dengiz sathidan chuqurligi –405 metr.

Eng, Eng, Eng… (Gidrosfera bo`yicha)
Eng uzun daryo – Nil. Uzunligi – 6671 km. Daryo Sharqiy Afrika tog`liklaridan boshlanib (Kagera daryosidan) shimolga tomon harakatlanadi va O`rta dengiziga quyiladi.
Eng qisqa daryo – 17,7 metrni tashkil etadi. Ushbu dunyodagi eng qisqa daryo AQSHning Montana shtatidagi Greyt-Fols degan manzilidan oqib o`tuvchi va Missisipi daryosiga quyiluvchi Rou-River daryosining bir irmog`i aynan shu uzunlikdagi masofaga ega xolos.
Eng sersuv va katta havzali daryo – Amazonka. Janubiy Amerikada joylashgan. Havzasi maydoni 7 180 000 km2. Uzunligi – 6400 km. Suv sarfi sekundiga 220 000 m.kub.  Suv hajmi 340 ming m.kub gacha yetadi. Daryoning 500 irmog`i mavjud va daryo Peru, Braziliya davlatlari hududidan oqib o`tadi.
Eng katta ko`l – Kaspiy. Maydoni 371 000 km.kv va suv hajmi 78 200 km.kub. Kaspiy ko`li shimoldan janubga 1200 km ga, g`arbdan sharqqa 435 km ga cho`zilgan. O`rtacha sho`rlik darajasi 13‰. Ko`l atrofida quydagi davlatlar joylashgan: Rossiya, Qozog`iston, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon.
Eng chuqur ko`l – Baykal. Bu ko`l dunyodagi eng chuqur ko`l bo`lib, Tinch okeani flotining gidrogeografiya xizmati 1974-yili o`lchash ishlarini olib borganda eng chuqur joyi 1637 metrni tashkil etgan.
Eng sho`r ko`l – O`lik dengiz. Sho`rlik darajasi 270 ‰.Eng balanddagi yirik ko`l – Titikaka. Peru va Boliviya davlatlari o`rtasida, dengiz sathidan 3812 metr balandda joylashgan. Maydoni 8,3 km.kv, chuqurligi 304 metr.
Eng baland vulqonli ko`l – Tyanchi deb nomlanadi. Ko`l Xitoyning Chayboyshan tog`ida joylashgan bo`lib, balandligi 2744 metrni tashkil etadi
Eng katta muzlik (Antarktidasiz) – Grenlandiya. Maydoni – 2 175 600 km.kv. 
Eng katta harakatdagi muzlik – Lomberto. Uzunligi 470 km, eni 64 km.
Eng katta tog`-vodiy muzligi – Fedchenko. Pomir tog` tizmasida.
Eng katta vodiy muzligi – Alyaska. Uzunligi 145 km.
Eng baland sharshara – Anxel sharsharasi bo`lib, balandligi 1054 metrga teng. Sharshara Venesuelladagi Orinoko daryosining irmog`i Churunda joylashgan. Sharsharani ilk bor AQSHlik uchuvchi Jeyms Eynjela 1933-yili aniqlagan.
Eng ko`rkam sharshara – Niagara. Balandligi – 51 metr. AQSH va Kanada chegarasida joylashgan. Sharsharaning maftunkorligini ko`rish uchun yiliga 10 mln sayyoh boradi.
Eng sersuv sharshara – Kongo Demokratik Respublikasida joylashgan Bayoma sharsharasidir. Suv sarfi sekundiga 17 000 metr.kub.
Eng katta delta – Nil daryosining O`rta Yer dengiziga quyilish joyida. Maydoni - 24 000 km.kv.
Eng katta suvosti deltasi – Hind okeanida joylashgan.
Eng katta okean – Tinch.  Shuningdek,  okean  dunyodagi   eng keksa, eng issiq, eng ko`p baliq ovlanadigan, eng kuchli shamollar esadigan, biomassaga eng boy, orollari eng ko`p, suv tubi vulkanlari eng ko`p okean ham hisoblanadi. Maydoni – 178 700 000 km.kv, suv hajmi esa 710 400 000 km.kubga teng. Okean Dunyo okeanining 50% maydonini egallaydi. Eng chuqur cho`kmasi – Mariana.
Eng kichik okean – Shimoliy Muz. Okean maydoni – 14 100 000 km.kv, suv hajmi 18 000 000 km.kub, ya`ni shu nisbatga ko`ra u eng kichik okean hisoblanadi. Shuning bilan birga eng sovuq, eng sayoz, eng yirik oroli bor okean hisoblanadi. Shimoliy Muz okeani Yevrosiyo va Shimoliy Amerika materiklarining shimoliy qismida joylashgan. Eng chuqur cho`kmasi – Grenlandiya dengizi yonida.
Eng sho`r okean – Hind. Okeanga quyiladigan daryolar sonining kamligi sababli u sho`rligi yuqori.  Bundan tashqari Hind okeani dunyodagi eng issiq ko`rfazi mavjud, cho`kindi jinslari eng qalin, o`simlik va hayvonlarga eng kambag`al, neft-gaz zaxirasiga eng boy okean hisoblanadi. Maydoni – 76 170 000 km.kv, suv hajmi 282 700 000 km.kub ga teng. Eng chuqur joyi – Zond cho`kmasi.
Eng uzun okean – Atlantika. Okean shimoldan janubga 12 ming km masofaga cho`zilgan. Maydoni – 91 700 000 km.kv, suv hajmi 330 000 000 km.kub. Okean bir qator ko`rsatkichlariga ko`ra ham takrorlanmas hisoblanadi. Masalan, qirg`oqsiz dengizi bor, ichki dengizlari eng ko`p, eng sersuv daryolar quyiladi, eng baland suv qalqishlari kuzatiladi, dunyo suv transportida birinchilikni egallaydi va h.k. Eng chuqur joyi – Puerto-Riko cho`kmasi.
Eng chuqur okean – bu Tinch okeanidir. Okeanning o`rtacha chuqurligi 3960 metr. Eng chuqur joyi – Mariana cho`kmasi, 11022 metr. Fransuz tadqiqotchisi Jan Pikar batiskafi 1960-yil Mariana cho`kmasini "zabt” etgan.
Eng ko`p dengizli okean – Tinch. Ushbu okeanda 26 ta dengiz mavjud. Ular quyidagilar: Bering, Oxota, Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy, Janubiy Xitoy, Filippin, Suluv, Sulavesi, Maluk, Xolmaxer, Seram, Yava, Bali, Flores, Savu, Banda, Yangi Gvineya, Solomon, Marjon, Fidji, Koro, Tasman, Ross, Amundsen, Bellinsgauzen. 
Eng katta dengiz – Tinch okeanidagi Filippin dengizidir. Maydoni 5 mln 726 ming km.kv.
Eng katta qirg`oqsiz dengiz – Atlantika okeanidagi Sargasso dengizi. Maydoni 7 mln km.kv ga yaqin.
Eng katta ichki dengiz – Atlantika okeanida, Yevrosiyo va Afrika materiklari o`rtasidagi O`rta dengiz.
Eng kichik dengiz – Osiyo va Yevropa qit`alari oralig`idagi Marmar dengizi. Maydoni 11,5 km.kv.
Eng sho`r dengiz – Hind okeanidagi Qizil dengizdir. Suvining sho`rlik darajasi 42 ‰. Dengiz suvining sho`rligi yuqori bo`lishiga sabab unga hech qanday daryo quyilmaydi. Bu esa o`z-o`zidan ma`lumki sho`rlik darajasining ortishiga sabab bo`ladi.
Eng issiq dengiz – Qizil dengiz.
Eng yosh dengiz – Qora dengiz. Bu dengiz materikning ichkarisida bo`lganligi uchun kech shakllangan.
Eng katta qo`ltiq (ko`rfaz) – Bengaliya. Maydoni - 2 191 000 km.kv. Qo`ltiq Yevrosiyo materigining janubiy qismida Hindiston yarim orolining sharqida va Andaman dengizining g`arbiy qismida joylashgan. Eng chuqur joyi 4519 metr.
Eng uzun bo`g`oz – Mozambik. Bo`g`oz 950 km uzunlikka ega, u Afrika materigi va Madagaskar oroli oralig`ida joylashgan.
Eng keng bo`g`oz – Dreyk. Mazkur bo`g`oz Janubiy Amerika va Antarktida materiklari oralig`ida joylashgan. Tinch va Atlantika okeanlarini birlashtirib turadi. Kengligi 820 km. Bog`oz nomi Frensis Dreyk sharafiga qo`yilgan.
Eng serqatnov bo`g`oz – La-Mansh bo`g`ozidir. Bog`ozdan sutkasiga 500 dan ortiq kema o`tadi.
Eng baland suv qalqishi – Atlantika okeanidagi Fandi qo`ltig`ida kuzatilgan. Suv to`lqinining balandligi 18 metrga yetgan.
Eng uzun iliq oqim – Golfstrim. Oqim Meksika qo`ltig`idan boshlanib to Shimoliy Yevropagacha davom etib, 10 000 km masofani o`z ichiga oladi.
Eng uzun sovuq oqim – G`arbiy shamollar oqimidir. Ushbu oqim Antarktida materigi atrofida joylashgan. Kengligi 1000 km, uzunligi 30 000 km ga  teng.

Eng, Eng, Eng… (Atmosfera bo`yicha)
Eng issiq hudud – Tripoli shahri yaqinidagi Al-Aziziyada +58o C li harorat kuzatilgan.
Eng quruq joy – Chili davlati hududidagi Atakama cho`li. Yillik yog`in miqdori 50 mm ga teng. Ba`zida yog`in miqdori bundan ham kam bo`lishi mumkin.
Eng sovuq hudud – Antarktida materigining Rossiyaga qarashli Vostok stansiyasi. Bu hududda 1960 yil -89,2o C li manfiy harorat kuzatilgan.
Eng sovuq odam yashaydigan hudud – Oymyakon. Bu yerdagi eng past harorat -71 C ni tashkil etgan. Qish oylarida o`rtacha havo harorat -40o va undan ham past bo`lishi mumkin.
Eng seryog`in hudud – Hindistonning Cherrapunji hududi. Yillik o`rtacha yog`in miqdori 12 665 mm. Yog`ingarchilikning ko`p miqdorda bo`lishida Hind okeanidan keladigan musson oqimining hissasi katta. Cherrapunjida 1860-yil 1-avgustdan 1861-yil 31-iyulgacha 22 987 mm li rekord darajadagi yog`in tushgan.
Eng sertuman hudud – Shimoliy Amerikadagi Nyufaundlend oroli.
Eng kuchli shamol – Tornado. Shimoliy Amerikada ko`p kuzatiladi va tezligi soatiga 600 km ga yetadi. 

Eng, Eng, Eng… (Biosfera bo`yicha)
Eng katta o`rmon – Tayga.
Eng uzun daraxt – Avstraliya evkalipti.  Balandligi 155 m.
Eng yengil daraxt – Balsa. Uning 1 m.kub bo`lagining og`irligi 120 grammga teng.
Eng semiz daraxt – Baobab. Diametri 4-10 metrgacha bo`ladi. Balandligi 20 metrgacha yetishi mumkin. Asosan Afrikada o`sadi.
Eng uzoq umr ko`ruvchi daraxt – Sekvoyya. Daraxt Simoliy Amerikada o`sadi. 5000 yilgacha umr ko`radi.
Eng zaharli o`simlik – Strixnos.
Eng katta gul – Raffleziya – Arnoldi bo`lib, uning aylanasi, ya`ni diametri  1 metrni tashkil etadi. Indoneziyaning Sumatra orolida o`sadigan ushbu gulni ilk bor botaniklar – Raffleziya va Arnoldi uchratganligi sababli ularning nomi berilgan.
Eng kichik gul – Volffiya.
Eng qadimiy gul – Xrizantema. Gul tarixi 2500 yilga borib taqaladi.
Eng katta qush – Tuyaqush.
Eng kichik qush – Kolibri. Og`irligi 2 gramm.
Eng katta in quradigan qush – Burgut.
Eng tez uchadigan qush – Qora lochin.
Eng baland uchadigan qush – Qora g`oz.
Eng ko`p quyon – Avstraliyada uchraydi.
Eng katta maymun – Gorilla. Og`irligi 200 kg.
Eng katta ayiq – AQSHning Alyaska shtatidagi Kadyak orolida yashovchi qo`ng`ir ayiq, uning og`irligi 680 kg.
Eng katta quruqlikdagi hayvon – Fil.
Eng katta suvlikdagi hayvon – Ko`k kit.
Eng katta sut emizuvchi hayvon – Kit.
Eng uzun bo`yli hayvon – Jirafa.
Eng chopqir hayvon – Gepard. Soatiga 140 km masofani bosib o`tishi mumkin.
Eng baqiroq hayvon – Timsoh.
Eng uzoq umr ko`ruvchi hayvon – Toshbaqa.
Eng sovuqqa chidamli hayvon – Pingvin.
Eng tili uzun hayvon – Jirafa. Tilining uzunligi 60 sm.
Eng katta kemiruvchi – Kobibara.
Eng chuqurga sho`ng`iy oladigan hayvon – Kashalot. U 1248 metrgacha suv tubiga tushishi mumkin.
Eng katta pingvin – imperator pingvindir. Og`irligi 40 kg, boyi 1,17sm.
Eng katta qurbaqa – Golliaf. Uzunligi 30 sm, og`irligi 3,5 kg.
Eng katta kaltakesak – Indoneziyaning orollarida yashaydigan Komod echkemarlari dunyodagi eng katta kaltakesak hisoblanadi. Uning uzunligi qariyb 4 metrga, og`irligi 160 kg ga teng. U ba`zan odamlarga ham tashlanib turadi.
Eng katta baliq – Kit-akula, uning uzunligi 14 metr, og`irligi 12 tonnani tashkil etadi.
Eng yirtqich baliq – Piraniya. U Amazonka daryosida uchraydi.
Eng uzun ilon – Anakonda.
Eng tez sudralib yuruvchi – qora mamba iloni hisoblanadi. U soatiga 21 km yo`l bosadi.
Eng zaharli ilon – Avstraliyada yashovchi Taypan iloni bo`lib, zahrining dozasi 100 odamni o`ldirishga yetadi.
Eng uzoq umr ko`ruvchi o`rgimchak – Tarantul.
Eng zaharli o`rgimchak – Braziliyadagi "sayohatchi” o`rgimchakdir.

Madiyar Abdullayev
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani
22-umumiy o`rta ta`lim maktabi
geografiya fani o`qituvchisi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash