loading...

Eng baland teleminora: “Tokioning osmono’par daraxti” 

9075

 "Ginness rekordlar kitobi” ekspertlari tomonidan dunyodagi eng baland deb tan olingan teleminoraning balandligi 634 metrga teng. Ushbu teleminora Tokiodagi ikkinchi minora bo’lib, Tokyo Sky Tree ("Tokioning osmono’par daraxti”) deb nom oldi.
Minoraning qurilish ishlari 4 yil davom etgan. Yangi teleminoraning qurilishi Tokioning raqamli uzatishga o’tish ehtiyoji bilan bog`liқ. Har haftada quruvchilar tomonidan minoraning har 10 metri qurib borilgan.
Eng baland teleminora qurilishiga 470 mln. AQSh dollar sarflangan. Minora uchun asosiy xom-ashyo sifatida esa maxsus po’latdan foydalanilgan va 40 ming tonna po’lat ishlatilgan. Ayni damda Tokyo Skytree teleminorasida 5 ta xususiy va bitta davlat telekanallari efirga uzatiladi. 
 Eng baland teleminora dunyodagi eng baland Burj Xalifa minorasidan keyingi o’rinda turadi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash