Olimlar: Chumolilar o‘zlarining oynadagi aksini taniy oladi
Belgiyalik entomologlar Mari-Kler va Rojer Kammer tadqiqot natijalarini 2015-yilda chop etgan edi. Tajribalar malla chumolilarda o‘tkazildi.
O‘ntacha hasharot ichida oyna bo‘lgan lotokka solib qo‘yildi. Uning qarshisida turgan chumolilar boshlarini va murtlarini qimirlatib, o‘z aksiga tegishga urinar edi.
Chumolilarning ikkinchi guruhi esa shaffof devor bilan bo‘lingan idishga solindi. Bu holda chumolilar shisha to‘siq hamda uning ortidagi boshqa chumolilarga hech qanday e’tibor qaratmadi.
Tajribalarning ikkinchi qismida olimlar hasharotlar boshining oldi qismi — klepiusga buyoq surtdi. Boshida ko‘kish dog‘ni ko‘rgan hasharotlar uni o‘chirishga urindi. Buyoq rangi xitin qobiq singari malla rangda bo‘lsa yoki boshning orqa qismida joylashsa, hasharotlar uni o‘chirishga urinmadi.
Shuningdek, ko‘k buyoq surtilgan hasharotlarga ularning qavmdoshlari hujum qilishi kuzatildi. Bundan olimlar chumolilar qavdoshlarini faqat xemoretsepsiya yordamida emas, balki yuzidan ham tanishi haqida xulosa qildi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.