loading...

Ilonmi yoki nahang? 

2616

Portugaliyaning dengiz va atmosfera instituti xodimlari Algrave tumani sohillari yaqinida dinozavrlar vaqtida yashagan noyob nahangni tutishga muvaffaq bo'lishdi.
 
Bu nahang Atlantika okeanida 80 million yildan beri mavjud va shu sababli olimlar uni "toshga aylangan tirik mavjudot” deb atashdi.
 
Ushbu dengiz jonzotining 300ta tishi bo'lib, u qadimdan dengizchilarga qo'rquv solib kelgan. Qadimiy nahangning uzunligi 1,5 metrni tashkil qiladi va u ilonga o'xshab harakatlanadi.
 
Ushbu turdagi nahanglar katta chuqurlikda yashaganlari sababli kam o'rganilgan. Ularni Atlantika okeani, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya sohillarida ham uchratish mumkin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash