loading...

Chukotka qirg’oqlaridan bahaybat “dengiz ilonlari” topildi 

3194

Chukotka yarimorolining janubiy qismi aholisi ko’rinishi ulkan ilonni yodga soluvchi bahaybat "jonzotlar” haqida xabar berishdi. Olimlar esa ushbu "ilon”lar Tinch okeanining AQSH qirg’oqlarida o’suvchi dengiz o’ti ekanligini aniqladilar. Mahalliy aholi vakillari o’tlarni dengiz iloni va mahluq deb o’ylashgan. 
 
Dengiz o’tlari qirg’oqdagi kuchli toshqinlardan so’ng quruqlikka chiqib qolgan. Ayrimlar ularning ulkan qurt, yana ayrimlar mahluq ekanligini tahmin qilishgan. Uning dengiz o’ti bo’lishi mumkinligi esa hech kimning hayoliga ham kelmagan. 

Eslatib o’tamiz, bu turdagi dengiz o’tining nomi Lyutke nereotsitis bo’lib, ularning uzunligi odatda 25 metrgacha yetishi mumkin. O’tlar fevral-mart oylari davomida o’sishni boshlab, dekabrga yaqin ildizidan uziladi va okean bo’ylab suza boshlaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash