loading...

Sayyoramizdagi yolg`iz jonivorlar 

4946

  Dunyoda shunday jonivorlar borki, ularning o’z juftlarini topishga mutlaqo imkoniyatlari qolmagan, deb yozmoqda xabardor.uz. Tanishing, yolg`izlikka mahkum jonivorlar.
 
Mangaraxar sixlidasi (Ptychochromis insolitus) 
  Bu judayam chiroyli va kamyob baliqchalar Londondagi hayvonot bog`ida yashashadi. Ammo ularning orasida urg`ochi baliqcha yo’q. Yaqin-yaqingacha bu baliqchalarning urg`ochilari qirilib ketgan, deb hisoblanardi. 2013 yilning dekabrida Madagaskar orolida 18 dona baliqcha topildi. Ularning orasida urg`ochilari ham borligi ma’lum bo’ldi. Hozirda bu nodir baliqchalar Madagaskardagi xususiy baliqchilik xo’jaligida parvarish qilinmoqda. 
 
Abingdon fil toshbaqasi (Chelonoidis nigra abingdonii) 
  2012-yilda Galapagos arxipelagidagi Santa-Krus orolida Tanho Jorj laqabli fil toshbaqasi o’lganida butun dunyo zoologlari qayg`uga botishgandi. Yel universiteti olimlari keyinroq 17 ta ulkan toshbaqada Tanho Jorjning DNKsi borligini aniqlashdi. Hozirda ular fil toshbaqasining nasli davom etishiga umid qilishmoqda.

Yangi Zelandiya moviy o’rdagi (Hymenolaimus malacorhynchos) 
 G`arbiy Susseksdagi qushlar qo’riqxonasida esa bir dona moviy o’rdak yashaydi. Uning avlodi davom etishi gumon ostida qolgan.

Yumshoq tanali svayno toshbaqasi (Rafetus swinhoei)  
  Uch tirnoqlilar oilasiga mansub yumshoq tanali toshbaqalar yer yuzida atigi to’rt dona qolgan. Ulardan biri Vetnamdagi ko’lda yashaydi. Қolganlari esa Xanoy va Xitoy hayvonot bog`larida asrab kelinmoqda. Olimlar hozir ularni bir joyga to’plab, nasl olish niyatidalar. 
 
Shimol oq karkidoni  
  1980-yildan buyon Kaliforniya shtatidagi San-Diyego hayvonot bog`ida yashayotgan Angalifu laqabli erkak karkidon o’lgach, butun dunyo bo’yicha atigi beshtagina bo’lgan urg`ochi shimol oq karkidonlari erkaksiz qolishdi. Angalifu uzoq vaqt davomida Nolu laqabli urg`ochi karkidon bilan birga yashagan bo’lsa-da, ular tutqunlikda ko’paya olishmadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash