Tuya suvsizlikka qanday chiday oladi?
Hali mashina, samolyot kabi texnikalar kashf etilmasdan ilgari, juda qadim zamonlardan boshlab odamlar Osiyo va Afrika cho‘llarini tuyalarda kesib o‘tganlar. Shu sababli ham tuyalar ko‘pincha "sahro kemalari” deb atalgan. Tuyaning o‘rkachi uzoq vaqt ovqat yemasdan va dam olmasdan yurishga imkon yaratadi.
Agar o‘rkachda hech vaqo bo‘lmasa xuddi bo‘sh qopga o‘xshab osilib qoladi. O‘rkachda suyaksiz, faqat yog‘ va mushak to‘qimalaridan iborat. Uni oziq moddalar ombori deb atash mumkin.
Katta safarlarga chiqishdan oldin tuyani yaxshilab boqishgan. Shu sababli uning o‘rkachi "o‘sish”ni boshlagan va 45 kg gacha yukka ega bo‘lgan. Yog‘ qatlami tufayli tuya bir necha kun oziqlanmay yashashi mumkin.
Tuyalar suvni ham zaxira qilib oladilar. Yo‘l oldidan 57 litrgacha suv ichgan. Birdaniga shuncha suyuqlikni qanday qilib icha oladi deb hayron bo‘lishingiz mumkin. Axir qalovini topsa qor ham yonadi-ku. Buning siri shundaki, avval tuyaga ozgina tuz berishgan. Keyin u shunaqangi kuchli chanqoqni his qilganki, 60 litga yaqin suvni ko‘rdim demagan.
Tuyada uchta oshqozon bor. Birinchisida chala-yarim chaynalgan o‘simliklar, ikkinchisida suyuqlik bo‘ladi, uchinchisida esa yeyilgan o‘simliklar hazm qilinadi. Birinchi va ikkinchi oshqozonlarda suv saqlanadigan xaltalar joylashgan. Ular to‘lgach mushak to‘qimalari bilan mustahkam berkitiladi. Jonivor suvsagan paytdagina xaltachalar ochiladi va ehtiyojga yarashasi ishlatiladi.
Tuya suvsizlikka qanday chiday oladi? Yuqorida tushuntirganimizdek aslida u hech qachon suvsiz qolmaydi. Johil ko‘chmanchi qabila odamlari ham tuyalarni bo‘lar-bo‘lmasga o‘ldirmaganlar. Chunki ular suvni tuyaning oshqozonida saqlaganlar. Shu sababli eng qiyin vaziyatlardan qutulib chiqqanlar.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.