loading...

Quyoshga qachon yaqinroq kelamiz? 

12220

Quyosh — osmondagi son-sanoqsiz yulduzlarning biri, Yerga eng yaqin yulduzdir. Quyosh — ulkan yoritkich, qizigan gaz holidagi osmon jismidir. Quyosh nuri har sekundda 300000 kilometr tezlikda tarqalib, Yerga 8,5 minutda yetib kelsa, Yerga yaqin turgan boshqa yulduzning nuri 4,5 yildagina yetib keladi.

Quyosh bilan Yeming oralig‘i 149,5 million kilometr. Bu masofaning kattaligini quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, kishi sutkasiga 30 kilometrdan yo‘l bosa olsa, Qu­yoshga 13 ming yildan keyin yetib borgan bo‘lur edi. Soatiga 100 kilometr tezlikda yuradigan poyezd tinimsiz harakatlansa, 160 yildan keyingina Quyoshga yetib borishi mumkin. Soatiga 500 kilometr tezlikda uchadigan samolyot Quyoshga yetib bo- rish uchun 36 yil uzluksiz uchishi kepak. Yerda turib gapirgan odamning ovozi Quyoshga 14 yildan keyin, kosmik raketa esa besh oyda yetib borishi mumkin.

Quyosh, ta’bir joiz bo‘lsa, qaynab turgan olov maskanidir. Quyosh ichidagi harorat 6000°C ga teng, lekin uning bag‘ridagi harorat 20 million gradusdan ham ziyod. Quyoshda olovli to‘lqinlar o‘zaro to‘qnashib, gazlar chaqnab, olov bir necha ming kilometrlarga sachrab turadi. Demak, Quyosh laqqa cho‘g‘, qizigan gazdan iborat. Quyoshda har qanday modda, hatto temir ham bir lahzada erib, bug‘ga aylanishi mumkin.

Quyosh — juda katta yoritkich. Yer Quyoshga qiyosan bamisoli bir nuqta. Agar Quyoshni o‘rtacha kattalikdagi tarvuz deb faraz qilsak, Yer uning oldida tariq donasiga o‘xshaydi. Quyoshning diametri 1391000 kilometr bo‘lib, Yer diametridan 109 baravar katta. Agar Quyosh ichi kovak shar deb faraz qilinsa, uning ichiga 1300000 ta Yer sharini joylashtirish mumkin bo‘lardi.

Quyoshda butun Quyosh sistemasi massasining 99,86%i mujassamlangan. Quyoshda 66 ta kimyoviy element topilgan, og‘irligi jihatidan Quyoshning 55-70%i vodorod va 29-44%i geliydan iborat. Quyosh o‘z o‘qi atrofidan 25 sutkada bir marta aylanib chiqadi.
Quyoshning faolligi davriy o‘zgarib turadi. Quyosh faolligining o‘rtacha davri 11-12 yilda takrorlanadi. Quyosh faolligining 11-12 yillik davri bilan qaytariladigan maksimumida Yerda ma’lum hodisalar kuzatilishi mumkin.

Olimlaming fikricha, insonning sog‘ligi, ruhiy holati, mehnat qobiliyati ko‘p jihatdan Quyoshning faoliyatiga bog‘liq. Hatto tabiiy ofatlar, baxtsizlik hodisalari va kasalliklar ham Quyosh faoliyatiga bog‘liqligi tajribalar yo‘li bilan isbotlangan. Yer magnit maydonining Quyoshga bog‘liq holda kuchli to‘lqinlanishi ro‘y berganda tutqanoq kasalliklari tutib qoladi, turli baxtsiz hodisalar sodir bo‘ladi.

Quyosh bag‘rida yadro reaksiyalari ro‘y berishi natijasida fazoga uzluksiz ravishda juda katta yorug'lik va issiqlik energiyasi tarqalib turadi. Quyosh koinotga har sekundda 4 x 1033 erg energiya chiqaradi. Bu energiyaning faqat 2200 miUiondan bir qismigina Yerga tushadi. Yer yuzasiga yetib kela oladigan energiya 231 trilliard ot kuchiga teng bo‘lgan dvi- gatelni harakatlantira oladi. Boshqacha qilib aytganda, har biri 400 ot kuchiga ega bo‘lgan 543 milliard bug‘ mashinasini harakatlantirishga yetadi.

Quyosh — bitmas-tuganmas energiya manbayi. Yeming bir necha kunda Quyoshdan oladigan energiyasi yer bag‘ridagi jami yoqilg‘i zaxirasi energiyasidan ham ko‘p.

Toshkent shahri hududiga bir yil mobaynida Quyoshdan keladigan issiqlik 37 million tonna ko‘mir yoqilganda chiqadigan issiqlikka teng. 0‘zbekiston hududiga bir yil mobaynida tushadigan Quyosh energiyasi esa shunday hududdagi yarim metr qalinlikdagi ko‘mir energiyasiga teng.

0‘zbekiston haqiqatan ham serquyosh o‘lka. Sankt-Peter­burgda Quyosh nur sochib turadigan davr yiliga 1563 soatni, Moskvada 1651 soatni tashkil etadi. 0‘zbekiston hududida esa o‘rta hisobda 3000 soatdan ham ortiq.

Kishilar Quyosh energiyasidan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishga qadimdan urinib kelganlar. Hozirgi vaqtda Quyosh energiyasidan xalq xo‘jaligining ba’zi sohalarida samarali foydalanilmoqda. Masalan, ko‘pchilik parniklar, teplitsalar Quyosh nurlari bilan isitiladi; Quyosh energiyasidan foydalanib uylami issiq suv bilan isitadigan moslamalar qurilgan. Quyosh energiyasi bilan isitiladigan uylar Toshkentda ham bor. Sho‘r suvni chuchitadigan qurilmalarda ham Quyosh ener­giyasidan foydalaniladi. Toshkentda Quyosh energiyasi bilan ishlaydigan nasos qurilgan. Bu nasos bir sutkada uzluksiz ravishda 14 soat ishlab, suvni 11 metr balandlikka chiqarib beradi. «Quyosh muzlatkichi» esa 8 soatda 300 kilogramm muz ishlab chiqara oladi.

Quyosh energiyasidan bemorlarni davolashda, kishilar sog‘ligini mustahkamlashda ham samarali foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda Yer sun’iy yo‘ldoshlari, kosmik kemalarga oTnatilgan batareyalar Quyosh energiyasi bilan ishlaydi. Yaqin kelajakda elektr stansiyalar ham Quyosh issiqligi bilan ishlay­digan bo‘ladi.

Tekin Quyosh energiyasidan yanada ko‘proq foydalanish yo‘llarini topish uchun olimlarimiz tinmay tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Yerdan quyoshgacha bo‘lgan masofa 149,5 million kilometmi tashkil etishi bizga ma’lum. Ammo bu oraliq yil davo­mida o‘zgarib turadi. Yeming Quyosh atrofida aylanadigan yo‘li - orbitasi ellips shaklida bo‘lganligi uchun Yer yil davo­mida Quyoshga goh yaqinlashib, goh undan uzoqlashadi. 3-yanvarda Yer Quyoshga eng yaqin keladi. Bu vaqtda o‘rtadagi masofa 147000000 kilometrni tashkil etadi. Keyin Qu­yoshdan uzoqlasha boshlaydi — 5-iyulda Yer Quyoshdan eng uzoqda — 152000000 kilometr masofada bo‘ladi.

Yer sutka davomida ham Quyoshga goh yaqinlashib, goh uzoqlashib turadi. Yanvardan iyulgacha biz Quyoshga tush paytida yaqinroq bo‘lsak, iyuldan yanvargacha kechqurun yaqinroq bo‘lamiz.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash