Quyosh sistemasi
Quyosh, 8 ta yirik sayyora va ulaming yo‘ldoshlari, o‘n minglab mitti sayyora, ya’ni
asteroidlar, son-sanoqsiz dumli yulduz (kometa)lar va juda ko‘p meteorlardan
iborat osmon jismlari sistemasiga Quyosh sistemasi deyiladi.
Quyosh shu sistemaning markazida joylashgan. Quyoshning massasi Quyosh
sistemasidagi barcha osmon jismlarining umumiy massasidan taxminan 750 baravar
katta. Quyosh sistemasidagi barcha jismlar Quyoshning tortish kuchi tufayli
harakatlanadi. Barcha yirik sayyoralar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter,
Saturn, Uran va Neptun Quyosh atrofida bir xil yo‘na- lishda
harakatlanadi. Ular ayni vaqtda o‘z o‘qlari atrofida ham aylanadilar.
Quyosh
sistemasidagi sayyoralar juda tarqoq joylashgan. Bu sayyoralaming kattaligini
va ular orasidagi masofalarni tasawur etish uchun 1:15000000000 (ya’ni 1
millimetrda 15000 kilometr) masshtab bilan ifodalashga urinib ko‘ramiz.
Shu
masshtabda olganda Yerning diametri 1 millimetrga yaqinlashadi, Oyning diametri
— 0,25 millimetr, Quyoshning diametri esa 10 santimetrga tenglashadi.
Quyosh
sistemasini qog‘ozda chizma tarzida tasvirlaydigan bo‘lsak, Quyosh bilan Yeming
oralig‘i 10 metr, Yer bilan Oyning oralig‘i esa 3 santimetr bo‘ladi. Quyosh
sistemasida jismlarga, moddalarga nisbatan bo‘sh joylar ko‘proq ekanligi
chizmadan ko‘rinib turadi. Yer bilan Quyosh oralig‘ida harakatlanadigan
Merkuriy sayyorasi Quyoshdan 4 metr uzoqda bo‘lib, diametri mazkur masshtab
bo‘yicha 0,33 millimetrga teng. Diametri 1 millimetrcha keladigan Venera
sayyorasi esa
Quyoshdan 7 metr uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Marsning diametri chizmada 0,5
millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 15 metr. Marsning Yerga har 15
yilda bir marta yaqinlashish masofasini chizmada 4 metr bilan ifodalash mumkin.
Sayyoralaming
eng ulkani — Yupiteming diametri chizmada 1 santimetr, Quyoshdan uzoqligi
mazkur masshtabda 52 metmi, Satumning diametri 8 millimetrni, Quyoshdan uzoqligi
100 metrni tashkil etadi.
Quyosh
sistemasining yettinchi sayyorasi Uranni chizmamizda 3 millimetr kattalikda
tasvirlash, Quyoshdan uzoqligini 196 metr qilib ko‘rsatish mumkin. Neptun
sayyorasining diametri chizmada 3 millimetr bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 300
metr.
Quyosh sistemasining eng chekka sayyorasi Pluton chizmada Yerdan biroz kichikroq bo‘lib, Quyoshdan uzoqligi 400 metmi tashkil etadi. Garchi Pluton Quyosh sistemasining chekka sayyorasi bo‘lsa-da, uning orbitasi chizmaning chegarasi bo‘la olmaydi. Chunki Quyosh sistemasida sayyoralardan tashqari kometalar ham uchraydi. Ayrim kometalaming orbitalari Quyoshga nisbatan yaqin (chizmamizda 12 millimetr masofada), ayrimlari uzoq joylashgan (chizmada 1700 metrni tashkil etadi).
1:15000000000
masshtabli chizmada Quyosh sistemasining eni (kengligi) 3,5 kilometrni va
maydoni 9 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Shunchalik katta maydonda bizning
sayyoramiz, ya’ni Yer atigi 1 millimetr joyni egallaydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.