loading...

Platina nima? 

6906

 Platina — noyob xossalarga ega metall. Uning bunday nomlanishi ispancha «plata», ya'ni «mitti kumush» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, uning qo’rg’oshinsimon-oq tusli bo’lganligi shunday atalishiga olib kelgan. Platina xuddi oltin singari qayishqoq, ishlovga o’ng’ay metalldir.
 Platina — noyob xossalarga ega metall. Uning bunday nomlanishi ispancha «plata», ya'ni «mitti kumush» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, uning qo’rg’oshinsimon-oq tusli bo’lganligi shunday atalishiga olib kelgan. Platina xuddi oltin singari qayishqoq, ishlovga o’ng’ay metalldir. Tabiatda platinani rudalar tarkibidagi ruten, palladiy, radiy, iridiy va osmiy sin-gari boshqa metallar bilan birgalikda uchratadilar. Bu elementlar platinali metallar deb ataladi. Ayrim hollarda palatina yer bag’ridagi oltin, kumush, mis, temir, xrom va nikel kabi metallar bilan birga mavjuddir. Uni donador mayda zarralar, boshqa metallar tarkibida orasira uchraydigan zarralar va sof, yaxlit holda ham topishadi. Platinaning yirik konlari birinchi marta XVIII asrda Janubiy Amerikada topilgan. Uzoq davr bu metall turmushda tuzuk-quruq ishlatilmagani sababli yuqori baholanmay kelindi. Keyinchalik odamlar uning noyob sifatlaridan foydalanishni bilishgan, uning qimmati birdan oshib ketdi. Buning ustiga, platina zaxirasi dunyo bo’yicha yer qobig’ida kam ekanligi ma'lum bo’lgach, uning jahon bozoridagi qiymati oltinnikidan ham ko’tarildi. Platinaning oksidlantiruvchilarga (masalan, kislorodga), kislotaga va qizdirishga chidamliligi uning alohida xossasidir. Platina  1843 darajada da eriydi va faqat azot va tuzli kislotalar bilan bilangina aralashma holiga keladi. Odatda platina platinali metallar, kumush, oltin, mis, nikel va qalayi bilan qotishmalar tayyorlashda qo’llaniladi. Platinadan asosan zargarlik sanoatida foydalaniladi, lekin, shu bilan birga, undan elektr asbob-uskunalarning kontaktlari, ilmiy laboratoriyalardagi tajriba tarozilari va boshqa jihozlar, haroratni aniq o’lchash uchun ishlatiladigan priborlar ham tayyorlanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash