N - harfiga oid izohli lug`atlar
Navigatsiya (lotincha navigo - kemada suzaman)
- 1) mahalliy iqlim sharoitiga qarab, dengiz, daryo va ko`llarda kema qatnay
oladigan mavsum; 2) dengizda suzish, kema qatnovi; 3) dengizda va kosmosda
kemalarni boshqarishning nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqadigan
fan.
Nasos stantsiyasi – suvni yuqoriga ko`tarib berish uchun mo`ljallangan qurulma.
Nazariy
geografiya - geografiyaning yo`nalishlaridan biri. U barcha
geografik fanlar natijalari va xulosalarini umumlashtirish, barcha geografik fanlar
uchun umumiy bo`lgan qonuniyatlarini aniqlash, umuman, bir butun geografiyaning
asosiy nazariy masalalarini bayon qilish bilan shug`ullanadi.
Nayzatosh- tog`larning o`tkir uchli cho`qqisi, o`tkir uchli qoya.
Namlanish- biron hududdagi yog`inlar miqdorining shu joydagi
mumkin bo`lgan (potensial) bug`lanishga nisbati. Mumkin bo`lgan bug`lanish miqdoridan
yog`inlar miqdori katta bo`lsa,
bunday joylar ortiqcha (o`ta) namlikka ega bo`ladi (Masalan, o`rmon zonasi).
Aksincha, yog`inlar miqdoridan mumkin bo`lgan bug`lanish katta bo`lgan yerlar qurg`oqchil
bo`ladi. (Masalan, chala cho`llar, cho`llar va h.k.) Namlanishni miqdoriy ifodalash
uchun aridlik va gumidlik indekslari hamda namlanish koeffitsiyenti
formulalaridan foydalaniladi.
Nam o`rmonlar – yiliga 2000-7000 mm yog`in tushadigan yerlarda o`sadigan o`rmonlar.
NATO -
Shimoliy Atlantika Harbiy Tashkiloti (inglizcha nomining birinchi harflaridan
tuzilgan; rasmiy nomi Shimoliy Atlantika pakti tashkiloti), 1949-yili tuzilgan harbiy-siyosiy
blok. Dastlab bu blokka AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada,
Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Daniya, Islandiya, Norvegiya va
Portugaliya kirgan. 1952-yilda unga Gretsiya va Turkiya, 1955-yilda GFR
kirgan. 1966-yili NATO harbiy tashkilotidan Fransiya, 1974-yilda Gretsiya chiqib
ketgan.
Natursotsiologiya,
geodemologiya, noologiya -
kishilik jamiyati bilan geografik muhit o`rtasidagi aloqalarni tadqiq qiluvchi
fanning turli olimlar tomonidan tavsiya etilgan nomlari. Natursotsiologiyaning
asosiy maqsadi bu aloqalarning oqilona yo`llarini topish, ulardan to`g`ri
foydalanishdir.
Natsionalizatsiya - ishlab chiqarish
vositalari: yer, fabrika, zavod, banklar, transport vositalari va boshqalarning
xususiy mulkdan davlat mulkiga aylantirilishi.
Nahr (arabcha, ko`pligi avhor) - ariq, kanal. Joy nomlari tarkibida uchraydi. Masalan, Toshkentdagi Anhor, Farg`ona viloyatidagi Ulug`nor (Ulug`nahr) kanallari.
Neokolonializm (yunoncha neo - yangi, kolonializm so`zining o`zagi kolo - obod qilaman, joylashaman) - mustamlakachilik tizimi parchalanib borayotgan sharoitda davlatlarning mustaqillikka erishgai sobiq mustamlakalarni bo`ysindirish va ezish uchun qilayotgan yangicha, yashirin harakatlari.
Neotektonika, eng yangi tektonika - tektonikaning bir bo`limi, neogen va antropogen davrlarida ro`y bergan va davom etayotgan tektonik harakatlarni hamda bu harakatlar oqibatida vujudga kelgan strukturalar bilan reylef shakllarini o`rganadi.
Nefelin (yunoncha nefele- bulut; o`tkir kislotalarda nefelin parchalanib, bulutga o`xshab ketadi) - tarkibida alyuminiy bo`lgan, rangsiz, kul rang, yashil, pushti va b. ranglardagi mineral. Bir qancha otqindi jinslar tarkibida uchraydi. Alyuminiy rudasi sifatida, shisha, sement va kimyo sanoatida ishlatiladi. Kola yarim oroli (Xibin tog`lari), Ural (Ilmen tog`i), Krasnoyarsk o`lkasida nefelin konlari bor.
Neft suvlari – neft va gaz gorizontallarida uchraydiga yer osti suvlari.

Nekton– dengiz va okean suvlarida faol harakat qilib uzoq masofalarga suzib yuruvchi tirik organizmlar.
Nefteprovod, neft quvuri - neft va neft mahsulotlari yuboriladigan
inshootlar (yer osti va suv osti quvurlari, nasos stansiyalari, neft saqlanadigan
joylar, har xil surilmalar). Nefteprovod orqali neft yuborish transportning boshqa
turlariga nisbatan qulay va arzon bo`lib, isrofgarchilikni kamaytiradi. Hozirgi
kunda 50 ming km dan ortiq nefteprovod bor.
Neft, qoramoy - yonuvchi moysimon suyuqlik. Rangi odatda, to`q qo`ngir yoki ko`kish – qo`ng`ir. Yonganda 10400-11000 kkal/kg issiqlik beradi. Tarkibiga ko`ra neft parafinli, naftenli bo`ladi va ba’zan aromatik uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat. Neftda aralashma holida kislorodli birikmalar (asosan naftenli kislotalar), oltingugurt va azot, smolali va asfaltli moddalar bo`ladi. Neftda 84-85% ga yaqin uglerod, 12-14% vodorod bor. Neft tog` jinslari (qum, qumtosh, ohaktosh) orasida yotadi. Neftdan haydash yo`li bilan benzin, kerosin, surkov moylari, mazut, gudron, vazelin, parafin va boshqalar olinadi. Neftning asosiy konlari: Sibir (Tyumen), Volga bilan Ural oralig`I, Apsheron yarim oroli (Boku), Shimoliy Kavkaz (Maykop, Grozniy), Emba hududi, G`arbiy Ukraina, Saxalin, AQSH, Venesuela, Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari.
Nival iqlim (lotincha nivalis - qorli, sovuq) - qishda yoqqan qor qor yoz bo`yi erib ulgurmaydigan iqlim. Nival iqlim qutbiy o`lkalarda va baland tog` tepalarida mavjud. Nival iqlim - qor erib ulgurmaydigan iqlim. Nival iqlimli joylarda havo haroratining pastligi qorning bug`lanib va erib ketishiga imkon bermaydi, natijada ko`p yillik qor muzliklarga aylana boshlaydi. Nival iqlim qutbiy o`lkalar va baland tog`lar tepasida qaror topadi.

Nival zona – tog`larning baland qismida qor va muzliklardan tarkib topgan hudud.
Nival mintaqa - baland tog`larda qor chizig`idan yuqorida joylashgan nival iqlimli balandlik mintaqasi. Unda doimiy qor va muzliklar katta maydonni egallaydi. Organik hayot yaxshi rivojlana olmaydi. O`simliklardan lishayniklar va yo`sinlar, hayvonlardan qushlar xarakterli. Nival mintaqaning pastki chegarasi qutbiy o`lkalarda ancha pastdan (hatto dengiz sathidan), arid iqlimli o`lkalarda (chunonchi, cho`l zonasidagi tog`larda) ancha balanddan o`tadi.
Nivatsiya - qor suvlari ta’sirida reylef hosil bo`lish jarayoni.
Nivelir (fransuzcha niveler - tekislamoq) - joyning nisbiy balandligi, ya’ni bir nuqtaning ikkinchi nuqtadan qancha balandligini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob. Oddiy nivelir uchiga ko`ndalang taxtacha o`rnatilgan yog`och tayoqdan iborat. Taxtacha o`rtasida mix bo`lib, nivelirni tik (vertikal) o`rnatish uchun unga shoqul bog`langan. Nivelirlashda ancha murakkab nivelirlar ishlatiladi. Nivelir – gorizontal yo`nalishni aniqlash uchun ishlatiladigan geodezik asbob. Yer sirtidagi biror nuqtani dengiz sathiga yoki ikkinchi nuqtaga nisbatini aniqlash.
Nikel rudalari - tarkibida nikel bo`lgan mineral birikmalar. Odatda tarkibida 1--2% nikel bo`lgan nikel ruda konlari qazib olinadi. Nikel havoda oksidlanmaydi va yaxshi silliqlanadi, shuning uchun ham metall buyumlar nikellanadi. Nikel qo`shilsa po`lat juda elastik bo`ladi. Sof nikel kimyo sanoati va mashinasozlikda (apparatlar tayyorlashda) ishlatiladi. Nikel rudasi konlari: Kola yarim oroli, Sharqiy Sibir, Ural, Qozog`oston, Kanada, Yangi Kaledoniya, Kuba, Braziliya.
Nisbiy balandlik - biron joyning ikkinchi bir joyga nisbatan tik balandligi. Masalan, tog` yoki tepalikning etagidan tepasigacha tik chiziq bo`ylab balandligi.
Nisbiy namlik - muayyan haroratdagi havoda mavjud bo`lgan suv bug`i miqdorining (ye) shu haroratdagi to`yinish holatidagi miqdoriga (Ye) nisbati. Mutloq quruq havoda nisbiy namlik no`lga teng, to`yingan havoda esa 100% bo`ladi.
Nishab, daryo nishabi - oqar suvlarning, daryolarning boshlanish yeri bilan quyar joyi orasidagi yoki ayrim qismlari orasidagi balandlikning daryo uzunligiga yoki o`sha qismi uzunligiga nisbati; masalan, daryo boshlanish joyi dengiz sathidan 300 m balandda, quyar joyi 0 m, daryo uzunligi 70 km bo`lsa, daryoning nishabi 300 m: 70 km=4,28 m/km. Tekislik daryolari nishabi kichik tog` daryolariniki katta bo`ladi.
Nishab– oqar suvlarning, daryolarning boshlanish joyi bilan quyar joyi orasidagi balandlikning daryo uzunligiga nisbati.
Nov - 1) suv o`tkazish maqsadida quriladigan maxsus qurilma; ko`pincha chuqurliklar ustidan ariq o`tkazish uchun quriladi (akveduk); 2) okeanlar ostidagi ko`pincha uzun cho`zilgan chuqur botiqlar. Masalan, Mariana novi, Yava novi va h.k.
Nodir landshaftlar - nisbatan kam saqlanib qolgan, ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo`lgan, tugab borayotgan o`simlik yoki hayvon turlari tarqalgan landshaftlar. Nodir landshaftlarda ko`pincha qo`riqxona va buyurtmalar tashkil etiladi. Ba’zan ulardan istirohat joylari sifatida foydalaniladi.
Nordon jinslar – tarkibida 65-70% kremnezyom bo`lgan magmatik tog` jinslari.
Noruda foydali qazilmalar – tarkibida metal bo`lmagan tog` jinslari va minerallar.
Nord (nemischa) - shimol; N harfi bilan qisqartirib yoziladi.
Nura – yonbag`irlari tik tushgan soy. Geografik nomlar tarkibida ham uchraydi: Qizilnura (Chotqolda), Qoranura (Qozog`istonda).
Nurash - haroratning o`zgarib turishi, atmosferaning fizik-kimyoviy ta’siri, yer osti va yer usti suvlari hamda organizmlar ta’sirida yer yuzidagi tog` jinslari va minerallariing buzilish va yemirilish jarayoni. Nurashning fizik, kimyoviy va biologik turlari bo`ladi. Fizik urash haroratning keskin o`zgarib turishi va tog` jinslarining quyosh nuridan turlicha qizishi sababli katta-kichik bo`laklarga bo`linishi. Kimyoviy nurash tog` jinsi bilan havo (kislorod, karbonat angidrid va b.) ning bir-biriga ta’siri va turli suvli eritmalarning ta’sirida ro`y beradi; bunda jinslarning mineralogik tarkibi o`zgaradi; Masalan, dala shpati kaolinga aylanishi mumkin. Biologik nurash o`simlik va organizmlarning tog` jinslariga ta’siri natijasida sodir bo`ladi. Bu organizmlar tog` jinslari va minerallarning tarkibiga ta’sir etadigan eritmalar ajratib chiqarib, ularni yemiradi.

Nurash– atmosferaning fizik – kimyoviy, yer osti va yer usti suvlari hamda organizmlar ta`sirida yer yuzasidagi tog` jinslari va metallarning buzilishi va yemirilish jarayoni.
Nunutaklar - Antarktidadagi tog`larning muzlardan chiqib turgan cho`qqilari.
Mo`tadil mintaqa - geografik qobiqning eng katta zonal bo`linishlaridan biri. Shimoliy mo`tadil mintaqa 40- va 65-daraja shimoliy kengliklar, janubiy mo`tadil mintaqa 42- va 58-daraja janubiy kengliklar orasida joylashgan. Iqlimining aniq mavsumiyligi, iqlimlari kontinentalligining kattaligi, qishining qattiq sovuqligi bilan ajralib turadi. Quruqlikda tayga, aralash o`rmonlar, keng bargli o`rmonlar, mo`tadil mintaqa o`rmonli dashtlari, dashtlari, chala cho`llari va cho`llari landshaft zonalarini o`z ichiga oladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.