U - harfiga oid izohli lug`atlar
Uval- yokbarri siya, bora-bora
tevarak-agrofdagi tekislikka qo`shilib
ketadigan yassi qirlar. Uvalning
nisbiy balandligi 200 metrdan oshmaydi.
Uzilma- yer po`sti ayrim qismlarining vertikal yoki qiya yoriq bo`ylab yuqoriga ko`tarilib
qolishi yoki cho`kishi.
Unguz -
qoldiq daryo vodiysi, qoldiq o`zan. Turkmanistonda, xususan, Qoraqumda ko`p
uchraydigan qoldiq quruq o`zanlar shu atama bilan yuritiladi.
Ungur –
g`or, tog` qoyalari orasidagi yoriqlar.
Turkiston, Nurota, Chotqol tog`larida keng kalta g`orlar ungur deyiladi.
Undiruvchi
sanoat - xilma-xil xom ashyo va yoqilg`i undirish, qazib chiqarish
bilan shug`ullanadigan ishlab chiqarish sohasi. Kon sanoati, yog`och
tayyorlash, baliq ovlash, ovchilik va boshqalar undiruvchi sanoatning asosiy tarmoqlaridir.
Unitar
davlat (fransuzcha unitayre-yagona)
- o`zini-o`zi idora qiladigan qismlarga
bo`linmagan, yagona qonunlari va yagona markaziy hokimiyat organlariga ega
bo`lgan yaxlit davlat.
Uran
rudalari - tarkibida ajratib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiq miqdorda uran bo`lgan mineral birikmalar. Tabiatda 100 dan ortiq uranli
mineral ma’lum, shulardan 12 tasi amaliy ahamiyatga ega. Bulardan eng muhimi -
uraninit. Konlari: AQSh, Kanada, JAR, Xitoy, Avstraliya va Fransiya.
Urbanizatsiya (lotincha
urbs - shahar)-shaharlarning ko`payishi
va o`sishi hamda aksari iqtisodiy hududlar yadrosiga aylanishi. Urbanizatsiya fan-texnika
inqilobi davrida keskin avj olgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo`lib, shaharlarning
o`sishi, shaharlarda, xususan yirik shaharlarda aholining ko`payishi, barcha aholi
punktlarida shahar turmush tarzining tarqalishi, iqtisodiyotning asosan shaharlarga
xizmat qilishida o`z aksini topadi.
Urochishe- tabiiy landshaftning morfologik birligi. Urochishe o`z
navbatida, eng kichik morfologik birlik bo`lmish fatsiyalardan tashkil topadi.
Urochishelar landshaft fonida biror muhim tabiiy belgisi bilan alohida ajralib
turadi. Masalan, dasht yoki cho`l landshaftlaridagi botiq, jar, daryo
vodiysidagi daraxtzor yoki bo`tazor va h.k.
Ustyurt (ustirt) - qozoq va qoraqalpoqlarda atrofdagi joylardan
baland usti tekis yerlar, yassi qirlar. Ustyurt nomi ham shu atamadan olingan.
Uchma– tog` yo`li, jar yoqasi, qulab
tushadigan chuqur jarlik.
Ushuk
sovuq - kuzda, erta bahorda bo`lib turadigan sovuq. Ushuk
sovuq ekinlarga ko`pincha zarar
keltiradi. Bunday sovuq urishi ushuk urish deb ham yuritiladi.
Uzboy - qurib qolgan o`zan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.