16-noyabr YUNESKO tashkil topgan kun
YUNESKO (ing. Unesko, United Nations Educational, Scientifik and Cultural Organisation), Birlashgan millatlar Tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti-xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi.Dalatlar o‘rtasida ma'orif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘li bilan tinchlikka va xalqaro xavsizlikka ko‘maklashish maqsadida 16 noyabr 1945-yilda tuzilgan. 188 mamlakat ( shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 1993-yil 26-oktyabrdan) a'zo (2004). YUNESKO Ustaviga ko‘ra, "... irqi, jinsiy tili va dinidan qat'iy nazar, barcha xalqlar uchun adolatga , qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni ta'minlash maqsadida ta'lim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga” ko‘maklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamg‘armalar, xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi. YUNESKO byudjeti a'zo-mamlakatlar badallaridan tashkil topadi. Tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlarni tayyorlashni rivojlantirish, miliy madaniyatlarni o‘rganish va tarqatish, atrof-muhitni va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, okeanografiya, geologiya, gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiyalar va boshqa sohalarda global ilmiy muammolarni hal qilishda hamkorlik qilishdan iborat. Axborot va informatika-kommunikatsiya masalalari uning faoliyatida katta o‘rin egallaydi. Tashkilotga a'zo mamlakatlarda YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalar tuzilgan. YUNESKO ana shu komissiyalarga tayanib ish olib boradi. O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi 1994-yil 29-dekabrda tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Bosh konferensiya YUNESKOning oliy organi hisoblanadi. 2 yilda 1 marta uning sessiyalari o‘tkaziladi.YUNESKO O‘zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishiga bevosita yordam ko‘rsatish maqsadida bir qator oliy o‘quv yurtlarida YUNESKO kafedralari, shuningdek, YUNESKO maktablari tashkil etilgan. YUNESKO doirasida Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali Ibn Sino (1980) tavalludining ming yillik, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik (1994), Amir Temurning 660 yillik (1996) tantanalari nishonlandi.
16-noyabr Quvayt Davlatiga asos solingan kun
Quvayt, Quvayt Davlati (Davlat al-Quvayt) – Arabiston yarim orolida, Fors qo'ltig'inning shim-g'arbiy sohilidagi davlat. Mayd. 17,8 ming km.kv. Poytaxti–Quvayt shahri. Ma'muriy jihatdan 3 viloyatga bo'linadi. Davlat tuzumi. Quvayt – konstitusiyali monarxiya. Amaldagi konstitusiyasi 1962 yil 16 noyabrda qabul qilingan. Davlat boshlig'i – amir (1977 yildan shayx Jobir al-Ahmad al-Jobir as-Saboh). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va parlament - Milliy majlis, ijroiya hokimiyatni amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.