loading...

1-yanvar xalqaro tinchlik kuni 

2914

1-yanvar xalqaro tinchlik kuni
1-yanvar tinchlik, xalqaro tinchlik kuni – xalqlar va davlatlar o‘rtasida zo‘rlik ishlatmasdan tashqi siyosat olib borishgan, o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga va odatda, xalqaro shartnomalarda mustahkamlab qo‘yilgan majburiyatlarga rioya etishga asoslanadigan munosabatlar: davlatlar o‘rtasida uyushtirilgan qurolli kurash (ya’ni urush)ning yo‘qligi. Dunyo, jamiyat rivojlanib borgan sari xalqaro munosabatlarning sub’ektlari o‘rtasida vujudga keladigan mojarolar, nizolar, kelishmovchiliklarni hal qilishning zamonaviy yo‘llari, usullari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagi holatlar hisobga olinmoqda: XXI asr boshlarida mojarolarning sabablari va manbalari; mojarolarning ishtirokchilari; mojarolarning xarakteri va mazmuni; bu mojarolarni hal etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati o‘zgarayotganligi. Tinchlikni saqlash uchun mojarolarning oldini olish, ularni tugatishda diplomatik metodlarning roli ma’lum darajada kamayib, iqtisodiy va moliyaviy vositalarning kuchayib borishi kuzatilmoqda. Shuningdek, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishda gumanitar operatsiyalar sezilarli rol o‘ynamoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon jahonda va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlik zarurligidan kelib chiqib o‘z tashqi siyosatini amalga oshirmoqda. Mamlakatimiz dunyoda Tinchlikni saqlashning barcha xalqaro xuquqiy me’yorlariga amal qiladi va ularga sodiq qoladi. 


 
1-yanvar Yaponiyada "Gandzisu” milliy bayram kuni
1-yanvardan Yaponiya uchun eng muhim bo‘lgan bayramlar mavsumi boshlanadi. Yaponiyaliklar bu davrni  "syo: gasu yoki o-syo: gasu” deb atashadi. U 1-3gacha, 1-7gacha yoki 1-20 yanvargacha davom etishi mumkin. Tarixda "syo: gasu” yanvar nomini anglatgan. 1-yanvar - "gandzisu” milliy bayram kunidir. Bayram kuni davomida ibodatxonalariga poklanish marosimida ishtirok etish uchun  qatnovchilar kelishadi, ular yangi yilda o‘zlari va yaqinlariga tinchlik, eson-omonlik tilab ibodat qiladilar. Ayollar va qizlar bu marosimda o‘zlarining eng yaxshi yukatalarini kiyadilar. Ko‘pchilik aholi ibodatxonadan tashqari biror-bir manzarali joyga borib, yangi yilning birinchi tong otishini tomosha qiladilar. Shu kuni Yaponiya pochtasi orqali ko‘plab tabrik otkritkalari  yuboriladi, eng ko‘p tabriklarni yapon oilalari do‘stlari va yaqin odamlariga yuborishadi. Bu marosim 1874-yildan, pochtaning ish boshlashi paytidan boshlangan. Bayramga an’anaviy bezaklar tayyorlanadi, u "kadomasu”ni o‘z ichiga oladi. Uy ichida 3ta novda: bambuk novdasi (bolalarning tez o‘sishi uchun), olxo‘ri (uy egalarining yordamchilari mustahkam bo‘lishlari uchun), qarag‘ay (oila a’zolarining hammasi uzoq umr ko‘rishi uchun). Oilalar maxsus yangi yil taomini  - oseti ryorini tanovul qiladilar, bu taom  yangi yil kunlarida taom tayyorlashdan halos bo‘lish uchun dekabr oyining oxirgi kunlarida tayyorlanadi. Uy-joylarni tozalash ham bayramga tayyorgarlikning bir alomati hisoblanadi. 

1-yanvar Toshkent pochta idorasi mijozlardan telegrammalar qabul qilishni boshlagan kun
1885-yil 1-yanvar -  Toshkent pochta idorasi mijozlardan telegrammalar qabul qilishni boshlagan kun. 1885-yil 1-yanvardan Toshkent pochta idorasi mijozlardan telegrammalar qabul qilishni boshladi. 1913 yilda hozir O‘zbekistonda 3 telegraf bo‘limi va 2 telegraf idorasi ishladi. 1932 yil Toshkentda Markaziy telegraf ishlay boshladi. 1940-yilga kelib respublikada umumiy foydalaniladigan telegraf tarmoqlari shakllandi, so‘ngra abonent va fototelegraf rivojlandi.

Telegramma – telegraf orqali uzatiladigan hujjatli xabar. Ichki (mamlakat doirasida) va xalqaro (mamlakatlararo) telegrammalar farqlanadi. Ichki telegrammalar o‘z navbatida, shaharlararo va mahalliy, shoshilinch va oddiy xillarga bo‘linadi. Telegrammaning bir yo‘la bir necha manzilga uzatiladigan, xat-telegramma, faksimil-telegramma (foto-telegramma) va boshqa turlari bor.

1-yanvar O‘zbekiston Respublikasida yangi pasport joriy etilgan kun.
1995-yil 1-yanvar – O‘zbekiston Respublikasida yangi pasport joriy etilgan kun. 1995-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida yangi pasport joriy etildi. "O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risida Nizom”ga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi va uning egasi shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lgan barcha fuqarolarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti bo‘lishi shart.

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hujjatlar asosida yashaydilar. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi. O‘zbekiston Respublikasining xorijda doim yashaydigan fuqarolariga, shuningdek "O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga o‘tgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi berishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti butun O‘zbekiston Respublikasida yagona namunada o‘zbek, rus, ingliz tillarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun esa, qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘lib, 32 betdan iborat. Pasportda o‘zbek, rus, ingliz tillarida fuqaroning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi; tug‘ilgan kuni, oyi, yili; tug‘ilgan joyi; millati; jinsi; identifikatsiya raqami yoziladi.

1-yanvar Yevro muomalaga chiqarilgan kun
Yevro (Euro) - Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyati a’zolari (Avstriya, Belgiya, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya va Fransiya)ning pul birligi. Xalqaro ifodasi EUR. 1999-yil 1yanvardan muomalaga chiqarilgan. 1E=100sent. 1999-yil 1-yanvardan 2002-yil 1-yanvarga qadar  Yevro naqd pulsiz to’lovlarda ishlatildi, Yevro bilan bir qatorda bu mamlakatlarning milliy pul birliklari ham muomalada yurdi. Yevro muomalaga kiritilishi bilan ilgari shu mamlakatlar o’rtasida xalqaro to’lovlarda foydalanilgan ekyu muomaladan chiqarildi va ular ekyuning so’nggi qiymati (1998-yil 31-yanvar holati) bo’yicha Evroga tengma-teng almashtirildi. Ayni paytda milliy pul birliklarining Evroga nisbatan valyuta kurslari ham belgilandi (mas., 1E=1,95583 nemis markasi; 1E=1936,27 italyan lirasi; 1E=200,482 portugal eskudosi va boshqa; 1998-yil 31-dekabr). 2002-yil 1-yanvardan 5,10, 20, 50, 100, 200, 500 Evro qog’oz banknotlari, 1,2 Yevro va 1, 2, 5, 10, 20, 50 sentli tangalar muomalaga kiritildi (Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga a’zo mamlakatlarning eski milliy pul birliklari muomalasi to’xtatildi).

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash