loading...

8-fevral – Rossiya ilm - fan kuni bayrami 

2106

Har yili 8-fevral  kuni  Rossiyada  Ilm - fan kuni  bayrami nishonlanadi. 1724-yil 8-fevral kuni Rossiyada Pyotr I boshchiligida Fanlar Akademiyasi tashkil etilgan. 1999-yil 7-iyunda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoni asosida  8-fevral - Rossiya  ilm- fan kuni bayrami joriy qilindi. M.V.Lomonosov, I.P.Pavlov, D.I.Mendeleyev, K.E.Siolkovskiy, P.L.Kapisa, L.D.Landau, I.V.Kurchatov, P.S.Aleksandrov, S.P.Korolev -   rus olimlari, dunyo ilm-fannini rivojlantirishga hissa qo‘shganlar. Rossiyada birinchi bo‘lib biosfera ilmi ishlab chiqildi, dunyoda birinchi bo‘lib kosmosga Yerning sun’iy yo‘ldoshi uchirildi, dunyoda birinchi atom stansiyasi ishlab chiqildi. Bir qancha rus olimlari Nobel mukofotlariga sazovor bo‘lganlar.  Birinchi bo‘lib  sazovor bo‘lgan olim - 1904-yilda  akademik Ivan Pavlov  ovqat xazm qilish fiziologiyasi bo‘yicha ishlari uchun, keyinroq 1908-yilda Ilya Mechnikov immunitet bo‘yicha mehnatlari uchun 1978-yilda fizik Pyotr Kapisa suyuq geliy ixtirosi uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar. Oxirgi rossiyalik laureat fizik K.S.Novosyolov, 2010-yilda grafen materialini tekshirish bo‘yicha novatorlik tajribalariga Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Hozirgi kunda Rossiya Fanlar Akademiyasi tarkibida  fan  sohalari va yo‘nalishlari bo‘yicha 9 ta bo‘lim va 3 ta hududiy bo‘lim, hamda 15 ta hududiy ilmiy markazlari  mavjud.


 8-fevral Semyuel Morze birinchi bo‘lib elektromagnit telegraf tizimini ishlashini ko‘rsatgan kun
1838-yil 8-fevralda Semyuel Morze ommaga birinchi bo‘lib elektromagnit telegraf tizimini ishlashini ko‘rsatib berdi.
 Morze Semyuel Finli Briz (1791.27.4, Charlotaun – 1872.2.4, Nyu-York) – amerika rassomi va telegrafiya sohasidagi ixtirochisi. Tarixiy kompoziyiyalar va portretlar muallifi. Milliy rassomlik akademiyasi (Nyu-York) asoschisi va birinchi prezidenti (1826-45). Morze 1837-yil elektromagnit telegraf apparatini ixtiro qilgan, 1838-yil shu apparati uchun Morze kodi (telegraf kodi)ni ishlab chiqqan. Amalda ishlatish uchun yaroqli apparatni 1844-yil yaratdi. Morze apparati birinchi marta Vashingtong – Baltimor telegraf liniyasida ishlatilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash