loading...

1918-yil 24-fevral – Estoniya Mustaqilligi kuni. 

1739

 
Estoniya – Sharqiy Yevropada, Boltiq dengizi bo‘yidagi davlat. Maydoni 45,2 ming km.kv. Poytaxti – Тallin shahri. Ma’muriy jihatdan 15 uezdga bo‘linadi. Estoniya hududi Sharqiy Yevropa tekisligining shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan. Estoniya qirg‘oq chizig‘ining uzunligi 3780 km. Qirg‘oqlari, ayniqsа, g‘arbiy va shimoliy-g‘arbi ko‘p parchalangan, qo‘ltiq va qo‘ltiqchalar ko‘p. Estoniya hududida 1500 dan ortiq orol va orolcha bor. Yer yuzasining katta qismi pasttekislik. G‘arbiy qismi va G‘arbiy Estoniya arxipelagi orollari hamda sharqiy chekkasining aksariyat qismi pasttekislik. Estoniyaning shimoliy va markaziy  qismi balandligi 160 m gacha bo‘lgan to‘lqinsimon tekislik. Virts’yarv ko‘lidan janubiy-sharqda Estoniya hududining eng baland qismi – Xaanya (balandligi 318 m), Otepya qirlari, ulardan g‘arbda Sakala qiri bor. Asosiy qazilma boyliklari: yonuvchi slanes, fosforit, qurilish materiallari, torf, sapropel, shifobaxsh balchiqlar. Iqlimi dengiz iqlimidan kontinentallikka o‘tuvchi oraliq iqlim, sharqi va janubiy-sharqida kontinentallik ortib boradi. Estoniya aralash o‘rmonlar zonasida joylashgan. Hududining 40% o‘rmon; uning 2/3 qismi igna bargli daraxtlar. Shimoliy-g‘arbiy qismi va orollarda keng o‘tloqlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil: sut emizuvchilardan los, yelik, kobon, malla quyon, oq quyon, bo‘ri, tulki; qushlardan qur, kaklik, karqur, bulduruq, ivolga va boshqalar yashaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash