25-fevral Hindistonda Vidjay Ekadashi bayrami
Yovuz Ravan yonayotgan Lankida halok bo‘ladi. Hindistonda har bir inson bolaligidan "Ramayana” tarixini biladi, unda Ram va Sitaning ilohiy sevgisi haqida hikoya qilinadi. A.S.Pushkin o‘zining mashhur "Ruslan va Lyudmila” asarini qadimiy "Ramayana” asosida yaratgan. Farqi faqat shundaki, donishmand Valmiki yaratgan "Ramayana” – zamonaviy tushuncha bo‘yicha ertak hisoblanmaydi. A.S.Pushkin zamonasidayoq afsona-voqelik buzib ko‘rsatish emas, balki voqelikdan ketish, deb tushunilgan: "Ertak-yolg‘on...”. Biroq afsona – bu bayon, voqelik bo‘lib, uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan kishilar aytib berishgan. Shunday "Ramayana” hikoya qilingan va Valmiki yozib olgan, Shri Ram Sitani saroydan quvib yuborgandan so‘ng, u Sitaga boshpana bergan. "Ramayana” tarixi – bu ertak emas, ilohiy muhabbatning haqiqiy namunasi, ayriliq kuchaytirilgan. Vidjay Ekadashi bayrami qadimdan aynan shu Lakshman, Ram va Sita voqealari bilan bog‘liq. Skanda Puranalik Braxma va Narada Muni hikoyalaridan Vidjay Ekadashi mashhurligi haqida bizga ma’lum. "Vidjay” "g‘alaba” degani. Shri Ram 14 yil o‘rmonda o‘z rafiqasi Sita va ukasi Lakshman bilan surgunda yurgan. Bir kuni Sita o‘g‘irlanadi. Shri Ram o‘z sevgilisini izlab yurib, qirg‘iylar qirolini, halok bo‘layotgan Jatayuni uchratadi. Jatayu Sitani qutqarmoqchi bo‘lib, jangda og‘ir jarohatlar oladi, lekin o‘layotib u Shri Ramga Sitani yovuz Ravan o‘g‘irlaganini aytadi. Keyinroq Shri Ram maymunlar shohi – Sugriva bilan do‘stlashib, ular birgalikda maymunlar va ayiqlardan tashkil topgan katta qo‘shin tuzishib, ularni Lankidan ajratib turuvchi Hind okeani sohillariga yetib borishadi. Ram va unga sodiq bo‘lgan Xanuman, Lakshmanlar shu yerdan 4 milya narida muqaddas Bakadalbxya yashaydi: "Keling undan qanday qilib o‘z maqsadimizga erishishimiz mumkin deb so‘raymiz”,-deydi. Shunday qilib, Shri Ram va Shri Lakshman tengsiz Bakadalbxya Munining kamtarona uyiga kelishadi. Unga yaqinlashib, xuddi Xudoning oldiga kelishganday, unga o‘zlarining hurmat ehtiromlarini bildiradilar, biroq, Bakadalbxya Shri Ramning aslida Xudoning oliy odami ekanligini va u o‘z xohishi bilan Yerga inson qiyofasida kelganini tushunadi. Donishmand eng yovuz dushmanni ham yengadigan buyuk ro‘za haqida ularga so‘zlab beradi. Donishmandning o‘gitlariga amal qilib, Shri Ram g‘alaba qozonadi. Har bir inson Vidjiy Ekadashiga rioya qilsa, g‘alabaga albatta erishadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.