loading...

1992-yil 2-mart O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zosigiga qabul qilindi. 

19547

Birinchi jahon urushidan keyin tez orada davlatlar orasidagi mojarolarni bartaraf etish maqsadlarida Millatlar Ligasi ta'sis etildi. Ammo u muvaffaaqiyatli faoliyat yurita olmadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Liga o‘z o‘rnini boshqa xalqaro tashkilotlarga bo‘shatib berdi. 1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga asos solindi. Uning assambleyalarida turli davlatlarning vakillari xalqaro masalalarni muhokama qiladilar. Uning asosiy vazifasi — jahondagi keskinlikni yumshatish va yangi urush chiqish xavfini kamaytirish. BMTga besh yillik muddatga saylanadigan Bosh kotib rahbarlik qiladi. BMTning Bosh Assambleyasida mazkur tashkilotga a'zo bo‘lgan barcha davlatlarning a'zolari ishtirok etadilar. Agar Assambleya ishtirokchilarining ko‘pchilik qismi biror bir mamlakatning tutgan yo‘liga norozilik bildirsalar, BMT unga u yoki bu tarzda ta'sir qilish huquqiga ega. Masalan, 1956-yilda BMT Fransiya va Buyuk Britaniyaning Suets tanazzuli davrida Misrga bostirib kirishini qattiq qoraladi va uning talablari asosida bu urushga barham berildi. BMTning Xavfsizlik Kengashiga 15 davlat a'zodir. Shulardan 5 tasi, ya'ni — AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy — doimiy a'zo davlatlardir. Ushbu Kengash kengash a'zolaridan bo‘lgan biror bir mamlakatga qarshi ovoz berish huquqiga yoki xavfli nuqtalarga, tinchlikni qaror toptirish uchun qo‘shinlarni yo‘llash huquqiga egadir. Biroq BMTning barcha harakatlari ham muvaffaqiyat qozonavermaydi. U odatda Buyuk davlatlar manfaatlariga aloqador mojarolarni tartibga solishga ojizdir. Gap shundaki, Xavfsizlik Kengashining qarori bir ovozdan qabul qilinishi kerak. Har bir a'zo u yoki bu masalani hal etish jarayonida betaraf qolish huquqiga ham egadir. 1992-yil 2-mart -  O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar (BMT) a’zosigiga qabul qilindi.

2-mart Namangan viloyati tashkil topgan kun
Namangan viloyati mamlakatimizning ko'p asrlik va ming yilliklar tarixiga ega bo'lgan o'lkalardan biridir. Chunki, bu o'lkada ko'plab qadimiy ajdodlarimiz yashagan manzilgoxlar bo'lib, ular juda qadimiy moziydan yoki eramizdan avvalgi ming yilliklardan darak beradi. Shu boisdan bu o'lka tarixini o'rganish ko'plab arxeolog-tadqiqotchilar e'tiborini tortib keladi. Namanganviloyatini arxeologik jihatdan o'rganish XIX-asrning oxirlarida N.Veselovskiy tomonidan Axsikent xarobalarini o'rganish bilan boshlanadi. So'ngra N.Sherbina tomonidan Koson arxeologiyasi ustida ish olib boriladi. 1930-35-yillarda Norin va qoradaryo oraligidagi so'nggi bronza va temir davriga oid Eylaton shahri bo'yicha tadqiqotni A.Latinin tashkil etadi. 40-yillarda Katta Farg'ona va Shimoliy Farg'ona kanallarini qurilishi davrida M.Masson, Ya.G’ulomov, T.Obuldiyeva, V.Jukovlar boshchiligida Namanganning qadimiy madaniyati va san'ati bo'yicha katta tadqiqot va kuzatish ishlari o'tkaziladi. 1946-yildan A.Bernshtam boshchiligida katta guruh tadqiqotchilar Koson shahrining qadimiy manzilgoxlarini o'rganib chiqadilar. Shu yillarda Chust, Pop, Axsikeit va viloyatning ko'plab qishloqlarida tekshiruv ishlari o'tkaziladi. Bu tadqiqotlar natijasida Koson, Chust, Pop, Eylaton, Axsikent shaxarlari va ularga qarashli bo'lgan ko'plab qishloqlarning eng qadimiy san'ati va madaniyatiga oid ashyoviy dalillar topilib, o'lkamizda eradan avvalgi ming yilliklarda ham o'troqlashgan qabilalar, xalqlar, davlatlar bo'lganligi va ularning san'ati va madaniyati ancha yuksak ekanligi haqida ilmiy xulosalar berildi. 1992-yil 2-mart Namangan tumani "Zarbdor” jamoa  xo’jaligiga qarshi Mingbuloqda kuchli neft favvorasi otilib chiqdi.

2-mart Fransiyada Milliy buvijonlar kuni
2-mart har yili mart oyining ilk yakshanba kuni Fransiyada Milliy buvijonlar kuni nishonlanadi. (Fоte des grands-mоres). Bu kuni buvilarga va 55 yoshdan oshgan barcha ayollarga xurmat va extirom ko’rsatiladi. Fransiyada taxminan minglab 65 yoshdan oshgan qariyalardan so’rovnoma o’tkazilgan. Ma'lum bo’lishicha, so’ralganlarlaning 67,3 %  oilani  muqaddas, o’z sog’ligidan va siyosiy muxitdan muximroq,  deb biladilar. 82,8% - nevaralar xayotlarining mazmuni bo’lganini ta'kidladilar. Qiziqarlisi, 48,2% kunda o’z nabiralariga uy vazifalarini bajarib berishligini ta'kidladilar. Mehribon va g’amxo’r fransuz buvijonlari shu kuni e'tibor va extiromga sazovor bo’lib, sovg’alar oladilar. Fransiya buvijonlari -yarimi 50 yoshdan oshgan bo’lishiga qaramay,  yildan yilga yasharib, faol ishlab kelmoqda. Balki, aynan shuning uchun xam , "buvijonlar kuni”  yakshanba kunida nishonlanadi.  Fransuz buvijonlari xaftada bir marta, ayrimlari, bo’sh vaqtini yarimini nevaralarga bag’ishlagan bo’lsalar xam, "buvijonlar kuni”ni sabrsizlik bilan kutadilar, chunki shu kuni barcha  farzandlari, nevaralariqurshovida bo’ladilar. Sevimli farzandlari va nevaralari sovg’alar, gullar taqdim etadilar.  Sayyoxlik firmalari bayram kunida buvijonlar va nabiralarga avtobusda tekin  sayoxatlar,  restoranlarda alohida menyu tashkil qilib, do’konlarda alohida bo’limlar, faqat buvijonlarga chegirma asosida xarid  qilish imkoni yaratiladi.

2-mart Xalqaro narkomaniya va narkobiznesga qarshi kurash kuni
Narkomaniya va narkobiznesga qarshi kurash kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti qaroriga asosan butun dunyo bo'ylab ishonlanadi. Ensiklopediyada narkomaniya quyidagi ko'rinishda tasvirlanadi: Narkomaniya - qisqa muddatli eyforiya hissini uyg'otuvchi narkotikka bog'lanib qolish kasalligidir. Qayta iste'mol qilish orqali shaxsning narkotikka bog'lanib qolishi va narkotik moddaning ko'paytirib borilishi narkomanga aylanishiga asosiy sabab bo'ladi. Butunjaxon sog'likni saqlash tashkilotining rasmiy ma'lumotiga ko'ra, sayyoradagi 8 million narkomandan 2 milliontasi Rossiya hududida yashaydi. Ammo Rossiya Sog'likni saqlash vazirligining rasmiy ma'lumot berishicha, Rossiya davlatida 200 ming kishi narkoman sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Narkomanlar soni bo'yicha Uzoq Sharq 25% ko'rsatkich bilan yetakchilik qiladi (100 ming aholi). Norasmiy statistika esa xavotirli ma'lumotlarni takdim etadi: xech bo'lmaganda bir marta narkotik iste'mol qilgan kishilar umumiy aholining uchdan bir qismini tashkil etadi. Medisina xodimlarining so'zlariga ko'ra, rossiyalik narkomanlarning 60% 18-30 yoshdagilar bo'lsa, 20% esa maktab o'quvchilaridan iborat. Birinchi marta narkotikni iste'mol qilish 11-13 yoshga tug'ri keladi, xattoki 4-6 yoshli narkomanlar ham uchrab turadi. Shuning uchun bugungi kunda narkotik sababli xayotdan ko'z yumish holatlari birmuncha "yoshardi": oxirgi 10 yilda yosh narkotik iste'mol qiluvchilarning soni 42 marta ko'paydi. Narkotik tarqatishga qarshi kurash buyicha Federal xizmatining rasmiy ma'lumotiga ko'ra, Rossiyada har kuni 80 kishi narkotik sababli hayotdan ko'z yumsa, 250 dan ortik kishi narkomanga aylanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash